Inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi


Birinchidan, individual ongning soxibi, sub’ekti aloxida olingan individbo`lsa, ijtimoiy ongning sub’ekti jamiyatdir. Ikkinchidan



Yüklə 66,51 Kb.
səhifə7/30
tarix08.05.2023
ölçüsü66,51 Kb.
#108971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
5 Mavzu Inson psixikasini ontoginezda rivojlanishi Psixik jarayonlar

Birinchidan, individual ongning soxibi, sub’ekti aloxida olingan individbo`lsa, ijtimoiy ongning sub’ekti jamiyatdir.
Ikkinchidan, ularning farqi shakllanish shart-sharoitlarida ko`rinadi. Zero,
ijtimoiy ong ijtimoiy vokelikning in’kosi bo`lsa, individual ong taraqqiyotiga
ijtimoiy ong bilan bir qatorda shu shaxsgagina xos bo`lgan temperament, harakter
kabi xususiyatlar, uning moddiy axvoli, oilaviy, diniy, milliy-madaniy mansubligi
kabi omillar, hamda u bevosita tortilgan ijtimoiy munosabatlarning harakteri ham
muayyan darajada ta’sir ko`rsatadi. Boshqacha aytganda, ijtimoiy ongga qulamlilik, keng qamrovlilik, individual ongga esa o`ziga xoslik, betakrorlik xosdir.
Uchinchidan, ijtimoiy ong ijtimoiy vokelikni aks ettirganligi uchun muayyan qonuniyatlarga buysunadi, ular asosida rivojlanadi. Individual ong esa, ayrim individning tug`ilishi bilan shakllanib, taraqqiy qilib borib, uning vafoti bilan barham topadi. Ammo bu individ ongining butunlay barham topishini hamma vaqt ham anglatavermaydi. Chunki individ ongi u yaratgan asarlar, kashfiyotlar shaklini olib, keyingi avlodlar tomonidan meros sifatida kabo`l qilib olinishi mumkin. Masalan, Gippokrat va ibn Sino ta’limotlari, Aflotun va Beruniyning G`oyalari, Navoiy va Gandining gumanizmi kishilar uchun hamon katta ahamiyatga ega bo`lib qolmokda.
Тurtinchidan, individual ong ayrim soxalarda ijtimoiy ongdan o`zib ketishi
yoki orqada qolishi mumkin. Fan tarixida keskin burilishlar yasagan olimlarning,
jamiyat taraqqiyotining istiqbollarini oldindan aytib bergan mutafakkirlarning qarashlari individual ong ba’zan ijtimoiy ongdan necho Klik ilgarilab ketishi mumkinligiga yorkin misol bo`la oladi.
Ijtimoiy ongning strukturasi ijtimoiy munosabatlar va kishilar faoliyatining turlari bilan belgilanadi. Odamlar faoliyati kanchalik xilma-xil, ularning ijtimoiy munosabatlari kanchalik boy bo`lsa, ijtimoiy ong ham shunchalik boy va murakkab bo`ladi. Vokelikni aks ettirish darajasiga ko`ra, ijtimoiy ong odatiy va nazariy onggabo`linadi.

Yüklə 66,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə