Institutiga hujjat topshirish uchun kerakli hujjatlar



Yüklə 200,86 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix13.10.2023
ölçüsü200,86 Kb.
#127715
Kerakli-hujjatlar (1)



UNIVERSITETNING OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM 
INSTITUTIGA HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN KERAKLI HUJJATLAR 
RO‘YXATI 
 
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik 
(PhD)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar
1.
Ariza. 
2.
Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl bo‘yicha 
o‘zbekcha va ruscha shaklda). 
3.
Mehnat 
daftarchasining 
belgilangan 
tartibda 
tasdiqlangan 
nusxasi 
(ishlayotgan talabgorlar uchun). 
4.
Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani 
tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari 
bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi. 
5.
Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 
ta maqola va 2 ta tezis). 
6.
Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun) 
7.
Pasport nusxasi. 
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi 
(mavjud boʻlsa) 
9.
Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat* (tayanch 
doktorantura va mustaqil izlanuvchilar uchun) 
* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli 
qarorining 6-bandiga asosan: 
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura 
mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda 
milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi 
tartibi joriy etilsin. Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi 
milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari 
bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab 
etilishi nazarda tutilsin. 
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni 
muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali 
ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi. 
 
 


Doktorantura (DSc), mustaqil izlanuvchilik doktorantura (DSc)ga o‘qishga 
talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar
1.
Ariza. 
2.
Qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, 
oʻzbekcha va ruscha shaklda). 
3.
Mehnat 
daftarchasining 
belgilangan 
tartibda 
tasdiqlangan 
nusxasi 
(ishlayotgan talabgorlar uchun). 
4.
Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy 
davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi 
diplom nusxasi. 
5.
Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy 
darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining 
batafsil loyihasi. 
6.
Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 
ta maqola va 2 ta tezis). 
7.
Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun) 
8.
Pasport nusxasi. 
9.
Ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi 
hujjat nusxasi) 
10.
Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat* 
* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli 
qarorining 6-bandiga asosan: 
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura 
mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda 
milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi 
tartibi joriy etilsin. Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi 
milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari 
bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab 
etilishi nazarda tutilsin. 
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni 
muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali 
ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi. 

Yüklə 200,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə