Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov



Yüklə 2,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/100
tarix18.09.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#122276
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
sifat menejmenti (1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“MENEJMENT” KAFEDRASI 
 
 
 
R.ISMATOV, O.AHMEDOV
 
SIFAT MENEJMENTI 
 
FANI BO’YICHA
O’QUV-USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Namangan



MUNDARIJA 
 

SHAROITLARIDA SIFAT VA RAQOBATBARDOSHLIK 
 

SIFAT KATEGORIYASI VA 
SERTİFİKATLASHTİRİSHNİNG TARIXI 
 

SIFATNI BOSHQARISH NAZARIYASINING 
RIVOJLANISH BOSQICHLARI 
 

SIFATNI BOSHQARISHNING XALQARO 
STANDARTLARINI JORIY ETISH 
 

MAHSULOT SIFATI VA SIFATNI BOSHQARISH 
SISTEMASI 
 

STANDARTLASHTIRISH VA MAHSULOT SIFATI 
 

MAHSULOTNI SERTIFIKATSIYALASH 
 

O’ZBEKISTONDA STANDARTLASHTIRISH 
OB’EKTLARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR VA 
TOVARLARNI SHTRIXLI KODLASH 
 

O’ZBEKISTONDA SERTIFIKATLASHTIRISH TIZIMI VA 
SERTIFIKATLASHTIRISH TARTIBI 
 
10 
O’ZBEKISTONDA SERTIFIKATLASHTIRISHNING
TASHKILIY TUZILMASI VA 
SERTIFIKATLASHTIRISHNING ASOSIY BOSQICHLARI 
 
11 
METROLOGIYA XIZMAT.O’LCHOVLARGA BO’LGAN 
EHTIYOJNING PAYDO BO’LISHI 
 
12 
ISTE’MOLCHILARNING 
HUQUQLARINI 
HIMOYA 
QILISH 
 
 
 



 
1 – MAVZU. BOZOR SHAROITLARIDA SIFAT VA RAQOBATBARDOSHLIK 
1.1. “Sifat – XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni 
1.2. Sifatni boshqarishga ma’muriy va iqtisodiy yondashuvlar 
1.3. Texnologiyalar evolyutsiyasi va sifat tushunchasi 
1.4. 100% lik yangi sifat siyosati 
 
1.1. Sifat – XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni. 
Sifat narxdan muhimroq 
Raqobatbardoshlikni ta’minlashda XX asrning 80 – yillarida sifatga talablar hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Jahon bozorida mahsulotlarni xarid qilayotgan 
iste’molchilarning 80% dan ortig’i sifatni narxdan ustun qo’ymoqda. Ma’lumotlar sifat 
harajatlarining umumiy ishlab chiqarish harajatlarining 15 – 25% dan kam bo’lmagan 
qismini tashkil qilganini ko’rsatadi.
Mazkur sertifikat mahsulot sifatining Xalqaro standartlashtirish tashkiloti – ISO 
standartlaridagi talablarga javob berishini tasdiqlaydi. Boshqa sertifikatlashtirilmagan 
mahsulotlarning ikki barobar arzonga sotilishi shart qilib qo’yilgan. 
Sifatga bog’liq tashkiliy – iqtisodiy va texnik muammolar allaqachon tadqiqot 
predmetiga, ularni hal qilish yo’llari fan tarmog’iga aylangan. 
Global iqtisodiyotda ikkinchi jahon urushidan so’ng AQSH ning yetakchiligi 
mustahkamlandi. Butun dunyoda Amerika tajribasi o’rganildi va amaliyotda qo’llanildi. 
1953 yilda ingliz mutaxassislari AQSH da ishlab chiqarishni tashkil qilish yuzasidan 
keng qamrovli islohotlarni o’tkazishgan. Biroq sifatni boshqarish sohasida ular oqilona 
statistik nazoratdan foydalanilayotganini qayd etdilar, xolos. Amerika korxonalari 
tanlanma kirish nazoratidan foydalanishgan va unga ko’ra mahsulotlarning 98%i yaroqli 
deb topilgan. Yaroqsiz mahsulotlar iste’molchi talablariga ko’ra bepul almashtirib 
berilgan. 
Ilmiy – texnik taraqqiyot va Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotining yuksalishi, 
“yapon mo’’jizasi” ning yuzaga kelishi natijasida ushbu mamlakatlardagi ilg’or 
korxonalar nuqsoni bor mahsulotlarni ro’yxatga olish va almashtirish bilan kifoyalanib 
qolmadilar. Sifatni boshqarishning murakkab tizimlari shakllantirila boshlandi. Bu 
tizimlar tarqala boshlaganda bozor 
sifatning narxdan muhimligi
ni angladi. Natijada 
Amerika biznesi 70 – va 80 – yillarda yuqori sifatli mahsulotlarni past narxlarda bozorga 
taklif qilgan Yaponiya va Yevropa firmalari tomonidan kuchli raqobatga duch keldilar. 
1987 yilda sifat bo’yicha mashhur Amerika mutaxassislaridan D. X. Xarrington bu 
davr haqida yozadi: “80 – yillarning yirik urushi harbiy harakatlardan emas, balki sanoat 
urushidan iborat va butun dunyodagi iste’molchilar bu urushning o’ljasi hisoblanadi. 
Amerika sanoatiga nafaqat Yaponiya, balki Osiyo va Yevropa tomonidan ham hujum 
uyushtirilmoqda. Qo’shma SHtatlarda ko’plab mahsulot turlarining takomillashuv 
darajasi aniqlanmaydi. 
Prezident R. Reygan “Xьyulett – Pakkard” kompaniyasining prezidenti J. A. 
Yangga ham ichki, ham tashqi bozorda Amerika sanoatining raqobatbardoshligini 
oshirish yo’llarini izlash bilan shug’illanuvchi guruhni boshqarishni taklif qildi. Bunga 
Yang javoban quyidagicha ta’kidladi: “So’nggi yigirma yilda xalqaro bozorda Amerika 
sanoatining raqobatbardoshligi pasayib ketgan. Tashqi savdo taqchilligining rekord 
darajasiga yetishi, yuqori texnologik sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan 



mahsulotlar savdosida jahon bozori ulushining qisqarishi, bizning ishlab chiqarish 
sektorimiz daromadlarining pasayishi, mehnat unumdorligining sust o’sishi va real ish 
haqi o’sishining mavjud emasligi tushkunlikdan dalolat beradi
1
”. 
Rossiyada sifat sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar keng ko’lamda muvaffaqiyatli 
olib borilgan. Ular alohida yo’nalishlarda hatto jahon darajasidan bir necha o’n yilga 
ilgarilab ketdi. Lekin amaliyotda sifatni boshqarishning samarali tizimlari faqat harbiy – 
sanoat komplekslarida (HSK) yaratilgan va tatbiq etilgan. 
HSK o’z vaqtida sanoatning asosiy tarmoqlarini o’z ichiga olgan. HSK tarmoqlari, 
korxonalarida fuqarolik maqsadlaridagi mahsulotlar ham ishlab chiqarilgan, lekin bu 
ishlar qoloq texnik negizda amalga oshirilgan. Ko’p hollarda iste’mol bozori uchun 
mahsulotlar harbiy ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash yo’li bilan tayyorlangan. 
HSK da sifatni boshqarish sohasidagi yutuqlar yangi mahsulotni yaratish bo’yicha 
tadqiqotlar va ishlanmalar bosqichida qo’llaniladigan sifatni texnologik ta’minlash 
usullari, nazorat kartalari orqali sifatni statistik tartibga solish (shu jumladan, 
avtomatlashtirilgan, maxsus davlat va tarmoq standartlari) ni o’z ichiga oladi. Bunday 
yutuqlarga mahsulot sifatini boshqarishning birlashgan tizimlari – MSBBT, korxonalar 
va alohida bo’linmalar faoliyatini boshqarishning kompleks tizimlari (KABFBKT), 
ta’minotchilar bilan ishlashning shakllari va usullarini kiritish mumkin. Ushbu 
ishlanmalarning katta qismi amaliyotda dastlab Yaponiya yoki AQSH da emas, balki 
Rossiya va MDH davlatlarining HSK tarmoqlarida qo’llanilgan. 
SHubhasizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida sifatni boshqarishning tashkiliy – 
iqtisodiy masalalari ko’p hollarda yangicha yondashuvlar asosida hal qilinadi. Biroq 
orttirilgan tajriba va milliy fan salohiyatidan bu sohada foydalanish nihoyatda foydali. 

Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə