International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3


International Islamic Academy of Uzbekistan



Yüklə 52,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü52,85 Kb.
#140878
1   2   3   4   5
oila-diniy-e-tiqodni-shakllantiruvchi-maskan-sifatida

International Islamic Academy of Uzbekistan 
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Scientific-Theoretical and Practical Issues of 
Psychology of Religion in Uzbekistan 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-157-161 
 
 
 
 
 
158
 
May 21 
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
joiz. Zero, diniy iymon, e’tiqod inson psixologiyasida alohida barqaror ishonchning 
mavjud bo‘lishini taqozo etadi. F.Abdurahmonov va Z.Abdurahmonovalar diniy ong 
elementlariga: diniy psixologiya; diniy kechinma; diniy hissiyot; muhabbat
qo‘rqinch, shodlik hamda diniy mafkura; dogmatika; apologetika; diniy normalarlarni 
kiritadi.[4] 
Aytish joizki, ong darajasining yuqoriligi e’tiqod o‘rtasidagi iroda va 
ishonchning tafakkur bilan bog‘liq ehtiyojmandligini belgilaydi. Bu esa oila, mahalla, 
tarbiya maskanlari orqali yoshlarga singdiriladi hamda ularning o‘zaro uyg‘unligini 
talab etadi. Shuningdek, jamiyatimizning ma’naviy negizlarini yanada rivojlantirish, 
azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatimizda yuksak 
ma’naviy muhitni keng qaror toptirish, o‘zbek milliy mentalitetiga mutlaqo yot 
bo‘lgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli ta’sirlarga qarshi turishda oilaning 
o‘rni va ahamiyatini oshirishni taqozo etadi.
Demak, 
din 
ijtimoy-siyosiy, 
ma’naviy-madaniy sohalar, millatlararo 
munosabatlar bilan birga oilada ham muhim rol o‘ynaydi. Zero, din odamlar hayot 
tarzi, fikr va xatti-harakatlarini sanksiyalashtiradi, ularga olijanoblik baxsh etadi yoki 
gunoh sifatida qoralaydi. Shu tariqa, din oilaga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Umuman olganda, inson hayotining tom va mukammal ma’nosi oilada 
mujassamlanadi. Jamiyatimizda oila tushunchasi ulug‘lanadi va er-xotinlikning 
muqaddasligi himoya qilinadi. Xususan, oilani mustahkamlash va rivojlantirish, 
oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, jamiyatda eng ibratli oilaviy 
an’analarni saqlab qolish hamda targ‘ibot qilish masalalari bugungi kunda eng 
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 
O‘zbeklarda oilaviy munosabatlar islomiy va milliy qadriyatlarning chuqur 
tarixiy ildizlariga borib taqaladi. Islom dinida oilaga katta e’tibor berilib, uni qanday 
tashkil qilish, oila a’zolarining huquqlari, farzandlar tarbiyasi, oilada chiqadigan 
kelishmovchiliklarni muolaja qilish, umuman oilaviy hayotning barcha masalalariga 
javob topish mumkin. O‘z turmush rafiqasi bilan qanday muomala qilish, ota-onalar 
va farzandlar bilan qanday munosabat qilish, oila a’zolariga nisbatan hurmat-ehtirom 
zohir etish kabi oilaviy turmushning va er-xotin munosabatlarining barcha tomonlari 
islom dinining asosiy manbalari hisoblangan Qur’oni karim, hadislar va shar’iy 
qonunlarda yoritilgan.
Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladiki: “Uning alomatlaridan (yana 
biri) – sizlar (nafsni qondirish jihatidan) taskin topishingiz uchun 
o‘zlaringizdan juftlar yaratgani va o‘rtangizda inoqlik va 
mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan 



Yüklə 52,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə