International school of finance technology and science


Tabiatni, atrof – muhitni muhofaza qilish va asrash dastlab uni har tomonlama chuqur va ongli ravishda bilishdan boshlanadi



Yüklə 3,06 Mb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü3,06 Mb.
#137195
1   2   3   4   5
Atrof muhitning ekologik muammolari

Tabiatni, atrof – muhitni muhofaza qilish va asrash dastlab uni har tomonlama chuqur va ongli ravishda bilishdan boshlanadi.
Hozirgi paytda planetamizda 670 mingga yaqin o’simlik va 1,5 mln. dan ortiq hayvon turlari mavjud. Lekin ularning turlarining yuqolib ketishi xavfi tezlashib bormoqda. SHu bois o’simlik va hayvonot olami muhofaza qilish va biologik xilma – xillikni asrab qolish muhim muammolardan hisoblanadi. Mutaxassislarning ma’lumotiga qaraganda har yili bitta o’simlik va bittadan 10 tagacha hayvon turi nobud bo’lib ketmoqda.
Bu muammo jahon miqyosida zarur chora – tadbirlarni ilmiy asosda ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug’dirmoqda. Hozirgi kunda O’zbekistonda o’simlik va hayvonot turlari soni 27 mingdan ortiq bo’lib, ulardan hayvon turlari 15 mingtani, o’simliklar turlari esa 11 mingni tashkil etadi. Respublika hududida 4500 ga yaqin gulli o’simlik turlari bo’lib, ulardan 400 tasi jiddiy muhofazaga muxtojdir. O’zbekistonning 305 dan ortiq o’simlik va 184 ga yaqin turli hayvonlar turi yangi «Qizil kitob» ga kiritilgan.
2050 yilga kelib Yer yuzi aholisi 8 mlrd. ga ko’payishi kutilmoqda. Ob – havoning global o’sib ketishi natijasida tabiatda turli xil xavf – xatarlar, qurg’oqchilik yuz berishi mumkin. Ilm – fan shuni tan oladiki, agar kelajakda oziq – ovqat mahsulotlari, ayrim tugaydigan tabiiy resuslar va boshqa narsalar yetishmasa, ular o’rnini boshqa usullar bilan yaratilgan mahsulotlar bosishi mumkin, lekin suvning o’rnini boshqa biror bir narsa bosaolmaydi. SHu bois, sayyoramizda ichimlik suvining kamayib borayotganligi o’ta og’ir xavflarni tug’diradi. Bu esa ichimlik suvining yer osti, yer ustidagi daryo va ko’llar suvning turli xil ximikatlar bilan ifloslanishi natijasida kelib chiqmoqda. Sayyoramizdagi suv zaxiralaridan faqatgina 2,5 foizigina ichish uchun yaroqli ekan. SHundan 0,5 foizidan insoniyat o’z manfaati yo’lida foydalanmoqda.
Ichimlik suvidan foydalanish darajasi aholi miqdorining ko’payish darajasi bilan bevosita bog’liq jarayon. Lekin shu bilan birga, aholining miqdori sarf qilinadigan suvning miqdoriga doimo mutanosib bo’lavermaydi.

Yüklə 3,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə