Investitsion faoliyating iqtisodiy mohiyati va uning o’zbekiston iqtisodiyotida tutgan o’rni



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix07.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#126002
1   2   3   4
investitsion-faoliyating-iqtisodiy-mohiyati-va-uning-o-zbekiston-iqtisodiyotida-tutgan-o-rni

Investitsiyalar
– bo’sh turgan 
kapitalni iqtisodiy-ijtimoiy samara olish maqsadida harakatga keltirishdir” 
Bizga ma’lumki, iqtisodiy o’sish investitsiya resurslarisiz bo’lishi mumkin 
emas, bu resurslar o’z mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan 
mablag’dir. Pul mablag’lari shaklidagi investitsiyalar nominal investitsiyalardir. Bu 
investitsiyalar moddiylashib, amalda ishlab chiqarishga jalb etilgandan so’ng real 
investitsiyalarga aylanadi va iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi. 
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati tog’risida”gi qonunida 
investitsiyalar tayinlangan ob’yekti bo’yicha tabaqalashtirilgan. Shunga muvofiq 
investitsiyalar quyidagi turlarga ajratilgan. (1-rasm)
1-rasm. Investitsiyalarning tasniflanishi

 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
51
www.openscience.uz


 Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi: 

Birlamchi (avaylangan) jamg’arilgan kapitalni ko’paytirish maqsadida 
kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish; 

Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati 
ishtirokchilari o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar. 
Investitsiyalar
– bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga 
qo’yilgan kapital. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida 
xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, u 
yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob 
uskunalarga hamda shu bilan bog’liq bo`lgan aylanma kapitalning o`zgarishiga 
ketgan harajatlardir. Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat 
ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho 
qog’ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo’yilishi mumkin. 
Investitsiya jarayoni 
– bo’sh sarmoyaga ega bo’lganlar bilan sarmoya talab 
qilayotganlarning uchrashish jarayoni. Ikkala tomon, odatda, moliyaviy institutlarda 
yoki moliyaviy bozorda uchrashadilar. Ayrim vaqtda, xususan, mulkiy qiymatlar 
(masalan, ko’chmas mulk) bilan bitim imzolanganda sotuvchi va xaridorlar bevosita 
muomalaga kirishadilar. 
Investitsiya ob’yekti
deyilganda, mablag’larni, yaniy qonun doirasidagi barcha 
boyliklar safarbar qilinayotgan ob’yektlar tushiniladi, ular yangi korxonalar yoki 
amalda faoliyat yuritayotgan korxonalar, qimmatli qog’ozlar, bank depozitlari, 
intellektual mulk va boshqalar bo’lishi mumkin. 
Investitsiya subyektlari
– investitsiya 
faoliyatida ishtirok etuvchi mulkiy va intellektual boyliklarga ega bo’lgan jismoniy, 
huquqiy shaxslar va davlatdir. 
Odatda, har qanday investitsion faoliyat muayyan maqsadga yo’naltirilgan, 
mukammal darajada yaratilgan investitsiya g’oyasiga asoslanadi. Mukammal 
darajada shakllantirilgan va asoslangan investitsiya g’oyasi investitsiya loyihasining 
qaror topishiga olib keladi. 
Investitsiya loyihasi tushunchasini uning yo’naltirilgan maqsadini amalga 
oshirish uchun texnologik jarayonlarni, texnik va tashkiliy hujjatlashtirish jarayonini, 
ob’ektlarni barpo etish va ishga tushirish jarayonini, moddiy, moliyaviy, mehnat 
resurslarining harakatini, shuningdek, tegishli boshqaruv qarorlari va tadbirlarni 
o’zida mujassamlashtiruvchi tizim sifatida talqin qilish maqsadga muvofiqdir. 
Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida o’zgarishlar, 
tarkibiy islohatlar olib borilmoqda. Bunday islohotlarning olib borilishi bevosita 
mamlakatdagi investitsion jarayon, davlatning investitsion siyosati, uning ustuvor 
yo’nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bog’liq. 
Mustaqilligimizning qisqa davrida investitsion faollikni oshirish, uni kuchaytirish 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
52
www.openscience.uz


borasida qator amaliy chora-tadbirlar o’tkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib 
turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi va hayotga tadbiq qilinmoqda. 
Bu yo’lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. Chunki investitsiyalar 
iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni 
qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni rag’batlantiradi, mamlakat eksport va 
import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. Shu jihatdan O’zbekiston davlati o’z 
investitsiya siyosatini olib bormoqda. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə