Investitsiya va innovatsiyalar


P – rejalashtirilgan davrdagi yillik foyda; K



Yüklə 70,78 Kb.
səhifə10/10
tarix23.03.2023
ölçüsü70,78 Kb.
#102948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
asatov xasan investitisiya

P – rejalashtirilgan davrdagi yillik foyda; K – ob’ekt qurilishga kapital qo’yilmalar (qurilayotgan ob’ektning smeta qiymati); Ts – loyiha bo’yicha bir yilda ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati (ulgurji narxlarda, soliqsiz); S – mahsulot ishlab chiqarishning yillik tannarxi; N – savdo ustamalari summasi (chegirma va ustamalar); I – muomala xarajatlari summasi.



  1. Kapital qo’yilmalarning qoplash muddati (Tkp). Mazkur ko’rsatkich kapital qo’yilmalar hajmining foydaga nisbati bilan aniqlanadi va quyidagi formula ko’rinishiga ega:




Tkp (barcha korxonalar uchun umumiy)

=

K

(6.5),

P




Tkp (ishlab chiqarishda)

=

K

(6.6),

Ts – S




Ekp (savdoda)

=

K

(6.7)

N – I

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi munosabati bilan yuqorida ta’kidlangan uslubiyot ma’naviy jihatdan eskirdi va amaliyotda undan keng foydalanish mumkin emas. Avvalo, buning sababini ko’rsatishdan oldin, nima uchun ushbu uslubiyot ma’naviy jihatdan eskirganligining mohiyatini oydinlashtirish zarur bo’ladi. Xususan, kapital qo’yilmalarning yuqorida ta’kidlangan uslubiyotida vaqt omili hisobga olinmas edi, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi, foyda va rentabellik darajalari vaqt omilini hisobga olgan holda hisob-kitob qilinmas edi.


Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kapital qo’yilmalarning samaradorligini baholashda vaqt omilini hisobga olishi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi, foyda va rentabellik darajalarining vaqt mobaynida o’zgarishini baholashi lozimdir. Bunday operatsiya diskontlashtirish deb nomlandi.
Kapital qurilish ishlarining yuqori sifat darajasiga erishishda qurilish sifati yuzasidan olib boriladigan nazorat muhim o’rin egallaydi. Qurilish sifati yuzasidan nazorat qurilish-montaj ishlarining, shuningdek, qurilish materiallari va buyumlarining muvofiqligini tekshirishni anglatadi. Qurilish-montaj ishlarining sifati bo’yicha nazoratni davlat muassasalari, buyurtmachilar va loyihaviy tashkilotlar (loyiha mualliflari) amalga oshiradilar. Bunda ichki va tashqi nazorat farqlanadi. Qurilish sifati bo’yicha davlat nazoratini davlat hokimiyati organlari, tegishli qo’mitalar (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Davarxitekqurilish qo’mitasi) amalga oshiradilar. Ushbu muassasalar loiyhaviy hujjatlar bo’yicha bajarilgan ishlarning muvofiqligini tekshiradi. Qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.

1 Нешитой А.С. Инвестиции: Учебник. – 4-е изд. – М.: «Дашков и К0», 2006. – С. 13.

2 Беренц В., Хавранек П.М. Руководство по оценке эффективности инвестиций: Пер. с англ. перер. и дополн. Изд-во. – М.: «Интерэксперт», «Инфра-М», 1995. – С. 6.

3 Золотогоров В.А. Инвестиционное проектирование: Учеб.пос. – Мн.: «Экоперспектива», 1998. – С. 33.

Yüklə 70,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə