Iqtisodiy bilim asoslari


-Modul. Bozor iqtisodiyoti nazariyasi



Yüklə 14,87 Mb.
səhifə29/254
tarix16.02.2023
ölçüsü14,87 Mb.
#100971
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   254
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi n

2-Modul. Bozor iqtisodiyoti nazariyasi.


3-mavzu. Tovar-pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining asosidir.
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi.
Reja:.
  1. Ijtimoiy xo‘jalik shakllari. Tovar va uning xususiyatlari.

  2. Tovar qiymatining miqdori. Qiymat va baho.

  3. Pulning kelib chiqishi va mazmuni. Pulning asosiy vazifalari.

  4. Hozirgi zamon pulining tabiati va mazmuni. O‘zbekistonda milliy pul-so‘mning muomalaga kiritilishi va uning ahamiyati.


5.Bozor iqtisodiyoti: sub’ektlari va asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.

Тayanch iboralar: natural ishlab chiqarish, tovar ishlab chiqarish, tovar, naflilik, almashuv qiymati, aniq mehnat, abstrakt (mavhum) mehnat, mehnat unumdorligi, mehnat intensivligi (jadalligi), pul.

1.Ijtimoiy xo‘jalik shakllari. Tovar va uning xususiyatlari.

Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo‘jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo‘jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo‘jalik ichki ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Iste’mol hajmi va tarkibi ko‘pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog’lanishi bir xo‘jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo hamma zarur narsani o‘zi uchun tayyorlagan ibtidoiy jamoada hukm surgan. Patriarxal dehqon xo‘jaligi va feodallik asosan natural xo‘jalik bo‘lgan.


Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo‘jalik doirasida qat’iy cheklab qo‘yadi, tashqi aloqalar uchun yul ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo‘jalikka juda qattiq biriktirib qo‘yiladi va ko‘chib yurish imkonidan muhrum bo‘ladi. Natural xo‘jalik shakllarining xuddi shu ko‘rsatkichlari qishloq xo‘jalik jamoalari ming yillar davomida barqaror yashovchi bo‘lib qolganligining «siri»ni ochib beradi. Natural xo‘jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyat cheklab qo‘yadi, ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam xil bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga bo‘ysungan. Shuning uchun ham jamiyat asta-sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga o‘tadi.
Тovar ishlab chiqarish natural xo‘jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o‘sishi natijasida paydo bo‘ldi.

Yüklə 14,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə