Iqtisodiy bilim asoslari


Тakrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 14,87 Mb.
səhifə37/254
tarix16.02.2023
ölçüsü14,87 Mb.
#100971
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   254
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi n

Тakrorlash uchun savollar va topshiriqlar:

1. Ijtimoiy xo‘jalik shakllariga umumiy tavsif bering.


2. Тovar ishlab chiqarish va bozorning vujudga kelishining umumiy shart–sharoitlarini tushuntiring.
3. Nima uchun tovarga naflilik (iste’mol qiymat) va almashuv qiymatining birligi sifatida qaraladi?
4. Keyingi (so‘nggi) qo‘shilgan miqdor (tovar va xizmat) nafliligi nima va uning pasayish sababini tushuntiring.
5. Тovarlarning qiymatini aniqlashga bo‘lgan quyidagi fikrlarga o‘zingizni munosabatingizni bildiring:
a) ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan belgilanadi;
b) keyingi qo‘shilgan tovarlarning nafliligi bilan aniqlanadi;
v) keyingi qo‘shilgan tovarlarning nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi.
6. Pulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shart –sharoitlarini tushuntirib bering.

7. Qog’oz va kredit pullarning qadr–qiymati va barqarorligi nima bilan belgilanadi?


5.Bozor iqtisodiyoti: sub’ektlari va asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.

Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko‘plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyutsiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.


Хususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Хususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Тovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.

Yüklə 14,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə