Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarliklarini asoslari



Yüklə 22,06 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü22,06 Kb.
#139967
  1   2
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIKLARINI


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIKLARINI ASOSLARI
REJA
1. 0‘quvchilarda harakat faoliyatini shakllantirish va takomillashtirish
2. Maktab o‘quvchilariga gimnastika mashqlarini o‘rgatish uslubiyati

Maktabda jismoniy tarbiya turli vositalar orqafi amalga oshiriladi. Bu vositalarning eng muhimlaridan biri asosiy gimnastika hisob- lanadi. Asosiy gimnastikaga xos xususiyatlar shu bilan izohlanadiki, bu xususiyatlar gimnastikani hamma yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi uchun mos va samarali vositaga aylantiradi.


Asosiy gimnastika o'quvchilarning barcha organ va tarmoqlari kamolotga yetishiga, ularning sog‘lig‘ini yaxshilashga, hayotiy fao- liyatini oshirishga va maktab o'quvchilarida to‘g‘ri qomat hamda harakat funksiyalarini shakllantirishga qaratilgan.
0‘quvchilarda harakat faoliyatini shakllantirish va takomillashtirish
O'quvchilaming jismoniy tarbiyasi vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilish uchun ulardagi harakat faoliyatining rivojlanish sharoitini har tomonlama o'rganish zarur. Odamning harakat funksiyasi biologik va pedagogik omillar ta’sirida shaklianadi. Biologik omil bolalar va o‘smirlarning yosh xususiyatlari biian bog'liq bo‘lib, ularning harakat funksiyasiga ancha ta’sir ko'rsatadi.
Bolalarda harakat analizatori bir neclia yillar davomida tako- millashib boradi. Yetti yosh rivojlanishda burilish davri — erkin harakatlarning shakllana boshlash va markaziy asab tarniog'ida uyg‘unlashish mexanizmlarining takomillashish davri hisoblanadi.
Yetti yoshdan o‘n to'rt yoshgacha bo‘lgan bolalarda harakat analizatorining faol rivojlanishi sodir bo‘ladi. 13—14 yoshga kelib, harakat analizatori rivojlanishining eng yuqori darajasiga ko‘tariladi.
Fiziologik ma’lumotlar bolalarning yoshi ulg'ayishi bilan katta yarimsharlar qobig'ining funksiyasi va ayniqsa, differensiyali tormozlanish (to‘g‘ri harakatlararo o‘xshashIik va tafovutni ajrata olish qobiliyati) tez rivojlanishini tasdiqlaydi. Katta yarimsharlar qobig'ining funksiyasi 13—14 yoshdagi o‘smirlarda 8—9 va 10—12yoshdagi bolalarga nisbatan yaxshi rivojlangan bo’ladi. Markaziy asab tarmog‘i va asab-mushak apparatining funksional imkoniyatlari oshadi, mushaklarning og‘irligi va hajmi oshadi, nisbiy kuchning o‘ta oshishi kuzatiiadi.
Biologik yetuklik pasport yoshiga to‘g‘ri kelmaydi. Tengqur o’smirlar har xil jinsiy yetuklik darajasida bo‘lishi mumkin. Bu farq 1 — 1,5 yil bo‘lishi mumkin, jinsiy yetuklik esa 12 dan 15yosh- gacha davom etadi. Bu davr o'smirlarning harakat faoliyatiga ancha ta’sir qiladi, chunonchi, bunda harakat koordinatsiyasining buzi- lishi kuzatiiadi, mehnat qobiliyati sustlashadi.
Akseleratsiya ham harakat funksiyasining shakilanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Tana qismlarining tez o‘sishi jismoniy rivojlanishga va koordinatsiya faoliyatiga katta ta’sir ko'rsatadi.
Bolalar va o’smirlar harakat funksiyalarini shakllantirishda bio­logik omillarni hisobga olish zarur. Biroq harakat yetukligi yoshga bog'iiq tarzda o‘z-o‘zidan paydo bo'lmaydi. U atrof-muhit ta’siri hamda harakat faoliyatining rejimi bilan o‘zaro chambarchas aloqada rivojlanadi va takomillashadi.
Demak, harakat faoliyatini shakllantirish va takomillashtirishga pedagogik omilning asosiy tonionlarini amalga oshirish orqali erishish mumkin.
Pedagogik omilning birinchi tarkibiy qismi harakat faoliyatiga o‘rgatishdir. Boialar va o‘smirlarning harakat funksiyasi harakat faoliyati orqali sodir bo‘ladi, harakat faoliyati esa, harakatlarni bajarish bilan, shartii reflektor bog'lanishlaming zaxirasi Gamg’ar- ma)ga bog‘liq bofladi. Odatda, shartii reflektor bogflanishlari qan- chalik ko‘p bo‘lsa, bu bog‘lanishlar qanchalik turli-tuman boMsa, unda yangi harakat turlari shunchalik tez va oson shakllanadi. 0‘quv- chilarni asosiy gimnastikaning turli-tuman mashqlaridan foyda- lanib, yanada kengroq dastur orqali oTgatish harakat funksiyasining shakilanishiga yordam beradi.
Ikkinchi tarkibiy qismi — jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi. Jismoniy sifatlar qanchalik yaxshi rivojlangan bo‘lsa, harakat malakasi, shunga ko‘ra harakat funksiyasi shunchalik muvaffaqiyatli shakllanadi. Bolalarda hamma jismoniy sifatlarni bir tekis rivojlantirib, 7—10 yoshda yakka harakatlar tezligi, egiluv- chanlik va chaqqonlikni rivojlantirishga, 11—13 yoshda tezkor kuchni, 15— 16 yoshda maksimal kuchni va chidamlilikni rivojlan­tirishga ko'proq e’tibor berish kerak.
Harakat funksiyasini shakllamirishda (eng muhim) uchinchi tarkibiy qism harakatlarni vaqt birligida fazoda va mushak kuchga kirishiningdarajasiga qarab, his qila bilishni o‘rganishdan iborat. Harakat aniqligi va koordinatsiyasi yaxshi rivojlangan mushak sezgisi orqali ta’minlanadi. Bu esa harakat analizatori faoliyatining nati- jasidir. Harakat analizatorining faoliyatini faqat jismoniy mashqlar yordamida maxsus mashq bajarish orqali takomillashtirish mumkin.
Bunday qobiliyatni tarbiyalash uchun, tananing ayrim qismlari bilan oddiy hamda murakkab harakatlanishdan yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, muvozanat saqlash, tirmashib chiqish, akroba- tika mashqlaridan foydalaniladi.
Talabalar bu mashqlarni bajarayotganda o'zlarining fazo to‘g‘risidagi va harakat faoliyatini bajarish uchun sarflaydigan vaqt to‘g‘risidagi subyektiv hislarini o‘qituvchidan oladigan ma’lumot- larga taqqoslab ko‘rishlari kerak. Harakat faoliyati jarayonida vaqt. fazo va mushak kuchayishining darajasi haqida tez va bevosita ma’lumotlar berib turish talabalarda bu parametrlarning turlicha, hajmiga nisbatan hissiyotini tarkib topishiga yordamlashadi, bu esa harakatlarni boshqarish uchun juda muhimdir.
Harakat faoliyatini ongli boshqarish sezgi organlarining rivoj- lanishi bilan chambarchas bog‘liqdir, chunki sezgi organlari orqali tashqi dunyo his qilinadi. «Eshitish, ko‘rish va boshqa sezgilar qanchalik kam rivojlangan bo‘lsa, deb yozgan edi V.V. Gorinevskiy, odamning faoliyati shunchalik chegaralangan va u shunchalik kam rivojlangan bo'ladi».
Maxsus tadqiqotlar o‘z harakatlarini fazoda vaqt birligida va mushak kuch berish darajasini his qilishni o'zlashtirib olgan tala­balar turli mashq bajarish jarayonidagi harakat faoliyatlarini bunga o‘rgatilmagan talabalarga nisbatan muvaffaqiyatli bajaradilar.
Maktab o‘quvchilariga gimnastika mashqlarini o‘rgatish uslubiyati
Oddiy mashqlar ko'pincha ko'rsatilgan va tushuntirilgandan keyin oson o‘zlashtiriladi, murakkablari esa uzoq vaqt o'rgatishni va turli uslub-usullarni qo‘llashni talab qitadi.
Turli sinflarda mashqlarni tanlash va ulami o‘tish usuli shug‘ul- lanuvchilarning muayyan yosh xususiyatlariga bog‘liq.

Yüklə 22,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə