Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarliklarini asoslari



Yüklə 22,06 Kb.
səhifə2/2
tarix29.11.2023
ölçüsü22,06 Kb.
#139967
1   2
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIKLARINI

Kichik maktab yoshi (7—9yosh). Bola organizmining xususiyati shundan iboratki, o‘sish hamda rivojlanish davomida uning hamma organ va sistemalarining tuzilishi, funksiyalari to'xtovsiz tako- millashib boradi.
Bolalarning mushaklari egiluvchan bo'ladi, shuning uchun bolalar harakatlarni keng ko‘lamda bajara olishadi. Biroq egiluv- chanliknirivojlantiruvchi mashqlarni ular mushak kuchiga muvofiq bajarishadi. Ammo mushak va bo‘g‘inlarning ortiqcha cho‘zilishi ularni zaiflantirib, qomat tuzilishining buzilishiga olib kelishi mumkin. Gavda mushaklari kuchining rivojlanishi (ayniqsa, statik kuchning) qomatni to‘g‘ri shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega, qomatning holati esa bu yoshda qat’iy bo'lmaydi.
Oyoq mushaklarini, ayniqsa, oyoq tagini to‘g‘ri holatda uslilab turuvchi ko'ndalang va uzunasiga joylashgan mushaklarni mustah- kamlash harakat faoliyati uchun (yurish, yugurish, sakrash) va yassioyoqlikning oldini olish uchun juda muhimdir. Oyoq kafti suyaklari 16—18 yoshlardagina qotadi.
Bolalar skeleti, ayniqsa, umurtqa pog'onasi o‘ta egiluvchanligi bilan farq qiladi. Umurtqalararo disklar, umurtqaning epifizlari 14 yoshgacha torligicha qoladi, tos suyaklari 14—16 yoshga kelib birikadi. Binobarin, kichik maktab yoshidagi o‘quvchiiar 80 sm.dan ortiq balandlikdan qattiq joyga sakrash va mashqlarni uzoq vaqt tik turib bajarishi mumkin emas.
Bu yoshdagi bolalar hamma organlaridagi reaksiya tejamining kamligi, asab jarayonlarining yuqori qo‘zg‘aluvchan!igi, ichki tormozlanish jarayonining bo‘shligi bilan ajralib turishadi, shuning uchun bolalar tez charchashadi. Demak, bu yoshdagi bolalarda hamma jismoniy sifatlarni bir tekis rivojlantirish zarur ekan. Faol mushak faoliyati orqali organizmdagi modda almashinuviga, bo‘yning o‘sishi va barcha organ hamda tarmoqlaming rivojlanishiga ta’sir qiladigan vegetativ funksiyalarni faollashtirish kerak.
7—9 yoshdagi bolalar uchun asosiy gimnastikaning quyidagi mashqlari tavsiya qilinadi: yurish, yugurish, qiya qilib qo‘yilgan o'rindiq, gimnastika devori, narvonga tirmashib chiqish, balandligi 1 m.gacha bo‘lgan to'siqlardan oshib o‘tish, to‘plarni uloqtirish, to'ldirma to‘plarni ko‘tarib o‘tish, muvozanat saqlash mashqlari, sakrashlar (uzunlikka, 80 sm.gacha balandlikdan), akrobatika mashqlari — dumalash, umbaloq oshish, ko'kraklarga tayanib, tik turish (3-sinf uchun).
Bu yoshdagi bolalarni o'rgatishda ko'rsatish va tushuntirish usulidan foydalanish kerak. Ular uchun oson bo'lgan mashqlarni ravon, oddiy, lo‘nda qilib tushuntirish lozim. Tushuntirish aniq harakatlarning nomi va ularni qanday bajarilishiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ko'rsatgan paytda e’tiborni o'rganilayotgan mashqlarni bajarishni ta’minlaydigan harakatlarga jalb etib, obrazli qilib tushuntirish darkor.
7—9 yoshdagi bolalar taqlid qilishga moyil boMishadi. Shuning uchun ularni o'rgatishda tasvirlash usulidan foydalanish kerak. 0‘qituvchiga «Menga qarab bajaringlar», deb aytishni tavsiya qilamizBolalar o'rganadigan mashqlar oddiy, tushunarli va ular uchun oson bo'lishi kerak. Bolalar tez charchashlarini, shuningdek, qisqa vaqt darn olgandan keyin yana darrov harakat faoliyatini bajarishga tayyor bo‘iishlarini esdan chiqarmaslik lozim. Shuning uchun mashqlar uzoq davom etmasligi, orada dam olish uchun qisqa tanaffuslar bo'lib turishi darkor.
7—9 yoshdagi bolalarda harakat malakalari 10—13 yoshlardagiga nisbatan sekin shakllanadi, ko‘pincha mashqlarni yaxshi bajarish bilan muvaffaqiyatsiz bajarish almashinib turadi.
Mashq koordinatsiyasi qanchalik murakkab boMsa, harakat malakasining shakllanish jarayoni ham shunchalik to'lqinsimon bo‘ladi. Harakat malakalarining tezroq shakllanishi uchun o'rga- niladigan mashqlarni har bir mashg'ulotda 6—8 marta, nisbatan bir xil sharoitda (bir xil dastlabki holatdan, bir xil sur’atda va bir urinishda) 2—3 marta takrorlash zarur.
7—9 yoshdagi bolalar o‘yinlarga va o'yinlarda o'zlariga turli harakat faoliyatlarini oson tasawur qilishga yordam beradigan xayolparastlikka moyil boMishadi. Shuning uchun ko‘pgina mashq­larni o‘yinga o‘xshatib o‘tish yoki o‘yin tarzida o'tkazish ma’qul. Bu yoshdagi o‘g‘il va qizlarning xususiyatlarida tafovut oz bo'ladi, shuning uchun mashqlarni bajarish usuli va mazmunida deyarli farq ko'rinmaydi.
0‘rta maktab yoshi (10—15 yosh). 0‘rta maktab yoshidagi bolalar bilan asosiy gimnastika mashg‘ulotlari o'tkazganda, ularning jismoniy rivojlanishi va o‘sib borayotgan organizmini mustah- kamlash davom ettiriladi, axloqiy va irodaviy sifatlari tarbiyalanadi, asosiy harakat malakalari batafsil o'rganiladi, shuningdek, o‘z harakatlarini vaqt birligida, fazoda va mushakka kuch berishiga qarab belgilash qobiliyati tarbiyalanadi.
0‘g‘il bolalar 12 yoshgacha, qizlar 11 yoshgacha ikkinchi bolalik davriga, 12—13 yoshdagi qizlar va 13—14 yoshdagi o‘g‘il bolalar esa o‘smirlar qatoriga kiradilar.
0‘rta maktab yoshidagi bolalaming o‘sishi va rivojlanishi bir tekis boimaydi. Ayniqsa, jinsiy balog‘atga yetish davri (11—13 yosh)ning boshlanishi ajralib turadi, bu davrda organizmning barcha tarmoq- larida morfologik va funksional o'zgarishlar juda tez sodir bo‘ladi. 0‘g‘il va qiz bolalarning rivojianishi turlicha davom etadi. Jinsiy balog'atga yetish davrida qizlar tosining og‘irlashishi va o‘g‘il bola- iardan kuch, tezlik va chidamlilikda orqada qolishi aniqlangan. O'smirlar uchun umumiy jihat shundan iboratki, ularda tana og‘ir- ligi tana uzunligiga nisbatan kam bo‘ladi, tez o'sadigan bolalarda esa bu ayniqsa, yaqqol namoyon bo'Iad Asab-mushak apparatining yuqori qo‘zg‘aluvchanligi hamda labilligi harakat tezligining jadal rivojlanishiga yordam beradi.

  1. 14 yoshdagi o‘smirlarda mushak qisqarishining tezligi maksimal holatga yetadi. Shuning uchun ularda dinamik kuchni, tezlik va chaq- qonlikni (chaqqonlik harakat analizatorining yetilishi bilan bog‘- liq) rivojlantirish kerak.

12 yoshdan keyin mushaklar cho‘ziluvchanligining ancha oshishini hisobga olib, egiluvchanlikni ham rivojlantirish lozim. 11—13 yoshdagi bolalarda harakat malakalarining shakllanish jarayoni 8—9 yoshdagi bolalarga nisbatan ancha tezroq boradi, ular murakkab mashqlarni o‘zlashtirishga qobil bo‘lishadi.
10—11 yoshdagi bolalarga ham, ulardan yoshroq bolalarga bo'lgani singari mashqlarni qisqa va lo‘nda tushuntirib berish kerak. Bu davrda ular harakatlaming xarakter xususiyatlarini tushunadigan va ulaming detallarini ajrata oladigan bo‘lishadi. Biroz harakat tajri- basiga ega bo'lgandan so‘ng, bu yoshdagi bolalar tanish yoki o‘x- shash mashqlarni o'qituvchimng og‘zaki tushuntirishi bilan, uni ba- jara oladigan bo‘lishadi. Yangi mashqlarni o‘rganishda esa ko'rsatish va tushuntirish kerak.
0‘rganiladigan mashqlarni har bir darsda 6—8 martadan takrorlash zarur. Agar bolalar mashqlarni har bir urinishda 2—3 mar­tadan takrorlashsa, ularni tez o'zlashtira olishadi.
Xulosa.
Asosiy usuliy ko'rsatma o‘quv materialini qat’iy usul navbatida o'rganishdir. Bolalar o‘quv materialini eng oddiy va yengil usullardan boshlab kichik-kichik qismlarga bo‘lib, o‘zlashtirib olishlari kerak.
Bolalarda turli harakat malakalari shakllanayotganda ularga o‘z harakatlarini fazoda, vaqt birligida, kuchi yetish-yetmasligini baho- lashni ham o‘rgatish kerak. Masalan, yurish va yugurish o‘rgatilar ekan, bolalarga qadamlami har xil uzunlikda hamda har xil maromda tashlab yurish va yugurishni o‘rgatish lozim. Buning uchun ularni har xil masofada qo‘yhgan belgilar bo'ylab yurgizish va yugurtirish kerak. Bolalar belgilar bo‘ylab yurish va yugurish topshiriqlarini muntazam bajarar ekanlar, qadamning uzunligini boshqarishga o‘rganadilar, shu belgilar bo'ylab har xil tezlikda qadam qo‘yib yugurishda esa harakat tezligini oshirish va sekinlatishni o‘zlashtirib olishadi. Uloqtirishni o‘rgatishda, bolalarga to‘pni turli masofaga uloq- tirish, to‘p uloqtirgan masofani va to‘p og‘irligini aniqlash, shu- nlngdek, bir xil masofaga har xil og'irlikdagi narsalarni uloqtirish vazifasi topshiriladi. Bolalar to‘g‘ri tirmashib chiqishni texnik jihatdan o‘zlashtirib qolmay, tirmashib chiqish tezligini aniqlashni ham o‘rganishlari kerak. Bu yoshdagi qizlaming raqs harakatlariga moyilligini hisobga olgan.
Адабиётлар:

1. Смоленский В.М. Гимнастика ва дарс бериш методикаси дарслик..
2. Орлов П.Н., Коряковский И.М. Гимнастика: дарслик.
3. Жисмоний тарбия назарияси ва методикаси.
"Мактабда гимнастика машулотлари ташкили, мазмуни ва методикаси".
4. www.ziyonet.uz
Yüklə 22,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə