Xotirada hayot mujassam



Yüklə 15,32 Kb.
tarix29.05.2023
ölçüsü15,32 Kb.
#113898
XOTIRADA HAYOT MUJASSAM


XOTIRADA HAYOT MUJASSAM
Bolalik xotiralarimni yod etarkanman, ustozim kòz oldimda gavdalanadi: otalarcha qayĝurishi, bor ma'suliyat bilan darsni tushuntirishi, darslari tugagandan keyin ,hech kanda qilmay tògarak òtishi ... Keyin o’ylab qolman…Bu òz kasbini sevganidanmi yoki bolalarni sevishidanmi...?
Aslida, yillar òtib, shuni tushundimki, bolani sevmagan òqituvchi bòlmas ekan. Agar shunday inson uchrasa, demak, u o’qituvchi emas.
Ustozim Mòminjon Karimovni har eslaganimda kòzimga yosh keladi, kòrgim, uzoq-uzoq dildan suhbatlashgim keladi.Ustoz òzining qisqa hayoti davomida juda kòplab shogirdlar chiqardi. Bugungi kunda tumanimizda faoliyat olib borayotgan barcha nemis tili òqituvchilari shu insondan ilm olgan. Ustoz butun hayotini òz kasbiga baĝishladi. Eslayman…Maktabning eng chetidagi kichik bir xonada kechgacha biz kabi òquvchilariga dars berish bilan band bòlardi.Xonada kichik bòlsa-da 40-50 ga yaqin gullar bòlardi, domlamiz "Xonalar tanlovi"da doim birinchilikni qòlga kiritardi. Erkak òqituvchi bòlsa-da, gullarini hechkimga ishonmasdi,òzi suĝorar,òĝit solar edi.
Tògarakka kirganimda doimiy beradigan savoli “Qorning tòqmi, issiq kiyinganmisan, òzing nozikkinasan, vaqtida ovqatlanmasang kasal bòlib qolasan” degan sòzlari bòlardi.Yillar òtib,"Ustoz otangdek uluĝ" degan jumlani zamirida juda buyuk ma'no mujassamligini aynan shu insonning bergan mehridan anglab yetdim
Yillar òtib, ustozimga hamkasb bòldim Qisqa muddat davomida, qadar bizn ajratmaguncha u kishi bilan birga ishladik. Ustozni mablaĝdan kòra kòproq òquvchilarining yutuqlari qiziqtirardi . Halol peshona terisiga topilgan oyliklari bilan farzandlarini oliy ma'lumotli qildi.Yana shuni angladimki ,oz bòlsada ,halollik bilan topilgan pulda ulkan baraka bòlarkan.
Òqituvchilik-bu avvalo fidoyilik va halollik ramzi. Har bir insonning òz orzu, armonlari bòladi. Mening ulĝayganimdagi, aynan shu yoshimdagi orzum, shuki, shogirdlarim xuddi men ustozimni sog’inganimdek, shogirdlarim ham meni sog’insinlar va faqat iliq xotiralar bilan eslasinlar.

Andijon viloyati,Marhamat tumani 31-umumta'lim maktabi nemis tili fani òqituvchisi Dilafruz Xamroqulova
Yüklə 15,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə