Iqtisodiy bilim asoslari


Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra



Yüklə 14,87 Mb.
səhifə62/254
tarix16.02.2023
ölçüsü14,87 Mb.
#100971
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   254
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi n

1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O‘zbekiston havo yo‘llari» DAK, «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK, Тoshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol keltirish mumkin.
Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg’un) va Boysun (Тo‘da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga «O‘zGM» korxonasi yaqqol misol bo‘la oladi.
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‘ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun’iy monopoliya.
Тabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Тabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil qilib bo‘lmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali qazilmalar va h.k.)ga ega bo‘lgan mulkdorlar va xo‘jalik tashkilotlari kiradi.
Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin:
1) patent tizimi – bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutloq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar – patentlar orqali amalga oshiriladi;

Yüklə 14,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə