Iqtisodiy bilim asoslari


Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari



Yüklə 14,87 Mb.
səhifə39/254
tarix16.02.2023
ölçüsü14,87 Mb.
#100971
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   254
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi n

Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‘lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi;

  • tadbirkorlik va tanlov erkinligi;

  • raqobat kurashning mavjudligi;

  • davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;

  • korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga moslashuvchanligi.



Klassik (mumtoz) yoki sof bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari:
a) xususiy mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish;
b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi;
v) tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning
shaxsiy erkinligi;
g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari;
d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat
kurashlari asosida tartiblanishi;
ye) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, ХIХ asrning oxiri va ХХ asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari:
a) mulkchilikning turli shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi;
b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki;
g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi; (biznes rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish);
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi.
Bozor iqtisodiyotida yuqorida ko‘rsatilgan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar bo‘lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg’or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi.

Bozor iqtisodiyotiga yo‘l tutgan har qanday mamlakat bu iqtisodiyotning qanday amal qilishini tushunib olish va oldiga qo‘ygan vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun iqtisodiyotning umumiy muammolari bo‘lgan bir qator savollarga javob topishi zarur.


(1) Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur?
(2) Qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish zarur?
(3) Kim uchun ishlab chiqarish zarur? - kabi har doim bo‘ladigan umumiy muammolar shular jumlasidandir.
Agar bu savollarni umumiy ravishda qo‘yib, unga taraqqiyotning hamma bosqichlariga hos bo‘lgan umumiy javoblarni lo‘nda qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
(1) aholi ehtiyoji uchun zarur turda va miqdorda tovar va xizmat ishlab chiqarish;
(2) mavjud resurslardan samarali foydalanib, yangi texnika va texnologiya asosida ishlab chiqarish;
(3) aholi iste’moli uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish deb javob berish mumkin.
Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga o‘zgacha javob beriladi. Bu javoblar bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos tarixiy xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog’liq. Bunda mavjud bo‘lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim. Nima ishlab chiqarish zarur, degan savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qilishni hisobga olib xulosa chiqarishimiz zarur.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabining alohida muhim rolini ta’kidlash lozim. Iste’molchilar pul daromadlarini sarflash orqali tovarlar bozoriga talab bildiradi. Agar bunday talab bildirish yetarli darajada ko‘p miqdorda to‘plansa, korxona shu mahsulotni ishlab chiqarishga tayyor bo‘ladi. Iste’molchi talabining ko‘payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi korxonaning zarar ko‘rishiga va vaqti kelib qiyin ahvolga tushib qolgan tarmoqning qisqarishiga olib keladi.
Qisqasi, iste’molchi o‘zining maqbul ko‘rishini mahsulotlar bozoriga bildiriladigan talab shaklida namoyon qiladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining manfaatlarini ta’minlash uchun shu talabga mos ravishda, ya’ni yuqori foyda olish uchun pul to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lgan iste’molchilarga zarur bo‘lgan miqdorda va turda tovarlar ishlab chiqaradi va resurslarni yetkazib beradi.
Тovarlar qanday ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘ziga hos javob bo‘ladi. Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi:
- alohida tarmoqlar o‘rtasida resurslar qanday taqsimlanishiga;
- ishlab chiqarishni qanday korxonalar amalga oshira olishiga;
- har bir korxona resurslarning qanday uyg’unlashuvini va qanday texnologiyani tanlashiga.

Bozor iqtisodiyotining e’tborga molik quyidagi afzalliklari bor:


1) Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi.
2) Erkinlik – bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.
3) Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki xo‘jasizlik, sustqashlik, beg’amlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni xarakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko‘rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tish mumkin. Jumladan:
- uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko‘nikishining yuqori darajasi;

  • fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati;

  • turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;

  • buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;

  • cheklangan axborot – turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.


Yüklə 14,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə