4. Ish beruvchilar va ishsizlar o‘rtasidagi vositachi tashkilot – bu ... A) ishchidir;
B) menejerdir;
D) davlatdir; E) mehnat birjasidir.
5. Tabiiy ishsizlik darajasi bu – ... A) mamlakatda faqat friksion va tarkibiy ishsizlik bo‘lgan vaziyatdagi ishsizlik
darajasi;
B) mamlakatda faqat friksion va mavsumiy ishsizlik bo‘lgan vaziyatdagi
ishsizlik darajasi;
D) mamlakatda faqat davriy ishsizlik bo‘lgan vaziyatdagi ishsizlik darajasi;
E) mamlakatda faqat friksion ishsizlik bo‘lgan vaziyatdagi ishsizlik darajasi.
6. Nonga bo‘lgan yalpi talab oshsa ... A) og‘ir sanoatda ishchi kuchiga talab oshadi;
B) qishloq xo‘jaligida ishchi kuchiga talab oshadi;
D) qishloq xo‘jaligida ishchi kuchiga talab kamayadi;
E) qishloq xo‘jaligidagi ishchi kuchiga bo‘lgan talabga ta’sir qilmaydi.
7. Kim ishsiz hisoblanadi? A) Ish qidirib yurgan pensioner;
B) Zaxiraga chiqqan va ish qidirib yurgan harbiy;
D) Yosh bolasini parvarish qilayotgan uy bekasi;
E) Hech qayerda ishlamaydigan, bank foizi hisobiga yashab yurgan fuqaro.
8. Qishloq xo‘jaligida kam qo‘l mehnati talab qiluvchi texnologiyalarning qo‘llanishi nimaga olib kelishi mumkin? A) Mavsumiy ishsizlik kamayishiga; B) Friksion ishsizlik kamayishiga;
D) Tarkibiy ishsizlik ko‘payishiga; E) Davriy ishsizlik kamayishiga.
9. Qaysi tadbirlar mamlakatda ishsizlik darajasining kamayishiga olib keladi? A) Qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil qilish;
B) Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish;
http:eduportal.uz
132 D) Ishsizlarni yangi kasbga qayta tayyorlash;
E) Yuqoridagilarning barchasi.
10. Ishchi kuchi bozorida sotuvchilardan biri bu – ... A) davlat; B) korxona;
D) mehnatga layoqatli shaxs; E) ishchi kuchi birjasi.