Qadimgi Yunoniston xududidagi shaxar davlatlarda harbiy ish



Yüklə 111,5 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü111,5 Kb.
#141350
  1   2
Qadimgi Yunonistonning harbiy san’ati. Marafon jangi m.a. 490 yilning 13 sentyabr.


Qadimgi Yunonistonning harbiy san’ati. Marafon jangi m.a. 490 yilning 13 sentyabr.

Reja:




  1. Qadimgi Yunoniston xududidagi shaxar davlatlarda harbiy ish.

  2. Qadimgi Yunoniston qo’shini va uning tashki tuzilishi.

  3. Qadimgi Yunoniston va Rimda harbiy safarbarlik.

Tayanch iboralar:


Legion, Yuliy Sezar, Manyovr, Kogorta, Rim buyuk imperiya, Puni urushi, Karfagen, A. Makedonskiyning harbiy mahorati.


Maqsad: Talabalarga Qadimgi Yunoniston va Rim hududidagi shaxar davlatlarda harbiy ish, qo’shini va uning tashki tuzilishi, harbiy unvon va mansablar haqida ma’lumot berishdan iborat.
Qadimgi Sharq xalqlarning harbiy san’ati qadimgi g’arb xalqlarga, masalan yunonlarga, rimliklarga, ham o’z ta’sirini o’tqazgan.
Antik mamlakatlarda (Qadimgi Yunonistan, Qadimgi Rim) dastlabki davrda qurolli kuchlar militsiya tizim asosida tashkil topgan. Bu degani, xar bir erkak harbiy ishni bilib, armiyada xizmat qilish lozim edi. Tinchlik davrida yoshlar dastlabki harbiy tayyorgalikni o’tishar edi, urush paytida esa ularni armiyaga safarbar qilishgan. Ammo jamiyatdagi sinfiy tabaqalanishi erkin axolini kamayishiga olib kelgan. Sabab shundaki, xonavayron bo’lgan dehkon qulga aylanar edi. Shuning uchun ozod bo’lgan odam kamayib, yollangan armiyani tashkil qilishga majbur bo’lishgan. Qadimgi Yunonistonda armiya asosini piyodalar tashkil etgan. Ular ikki turga bo’lingan-og’ir qurollangan va engil piyodalar. Og’ir qurollangan piyodalar (goplitlar) nayza, kalta shamshir, qalqon, ko’krakdagi himoya qiluvchi bronza sovut bilan qurollangan edi. Engil piyodalar esa engil nayza yoki o’q-yor bilan qurollangan.
Qo’shinning asosini falanga tashkil etgan, ya’ni bir necha safdan va qatordan iborat bo’lgan harbiy qism. U 8 qator saf tortgan 8000 jangchilardan iborat edi. Falanga front buyicha 1 km-ga. chuzilgan edi. Jang paytida markazda og’ir qurollangan piyodalar(goplitlar) falangani tashkil etib saf tortishgan, qanotlarda otliqlar, oldingi qatorda esa yoyma saf tortgan engil piyodalar joylashgan edi. Falanga bir qancha afzalliklarga ega bo’lgan. Uning kuchi- safning jipsligida edi, qarshi tomondan unga shikast etkazishning imkoni bo’lmagan. Uning kuchli tomoni - bu uning zarbasi edi. Ammo uning salbiy tomoni ham bor edi, ya’ni u katta masofaga xujum qilolmas edi, uning qanotlari (flanglari) ochiq edi, u faqat tekis joyda jang qilib, o’rmonda, tog’larda jang qilolmasdi, chekinayotgan dushmanni ta’qib etishga mutlaqo yaroqsiz edi, zarba kuchini oshirish uchun qo’shimcha ko’chi, zaxira, yo’q edi.
Yunonlarda harbiy san’ati, avvolom bor, axmoniylar bilan urush davrida rivoj topgan. M.a. 550 y. tashkil topgan Axmoniylar davlati qisqa vaqt ichida butun Old Osiyoni bosib oldi va buyuk saltanatiga aylandi. M.a. 490 y. forslarning podshosi DoroI Yunonistonga xujum uyushtirdi. M.a. 490 y. 13 sentyabr kuni Marafon tekisligida forslar bilan yunonlar o’rtasida katta jang bo’lib o’tdi. Forslarda 20 ming jangchi, shu jumladan 10ming otliklar bo’lgan bo’lsa, yunonlar qushini Afinadan etib kelgan 10000 goplitlardan iborat edi. Afina qo’shinlarning qo’mondoni Miltiad falanga qatorlarni qisqartirish hisobidan o’z flanglarni ko’chaytirdi. Forslarning saralangan qo’shinlari yunonliklarning kuchsiz o’rta qismini yorib o’tib, g’alaba qozona boo’lagan paytda yunonlar ikki flang tomondan xujumga o’tib, forslarni tor-mor qilishdi. Yunonlar 1920 kishini yo’qotishgan bo’lsa, forslar esa 6400 kishini yo’qotishdi. Forslar yunonlar xujumiga bardosh bera olmay, o’z kemalar tomon qochib, dengizga so’zib ketishdi.
M.a. 480-479 yy. yunonlar bilan forslar o’rtasida urush davom etdi. Tarixda qolgan ikkita jangni eslash joiz: Fermopil yonidagi va Salamin jangi.
M.a. 480 y. DoroI ning o’g’li Qayxisrov boshchiligida forslar yangi xujumni boshlashdi. Yunon shaxarlari dushman bosqiniga zarba berish uchun birlashdilar. Sparta podshosi Leonid qo’mondonligidagi yunonlar Fermopil yo’lini ishg’ol etib, forslarning O’rta Yunonistonga o’tadigan yo’lni to’sib qo’ydi. Forslar bir necha kun davomida yunonlarga qarshi xujum qilishgan. Yunonlar xamma xujumlarni qaytarishdi. Lekin bir xoin forslarni so’qmoq yo’l bilan tog’lar orasidan Fermopil yo’lining orqasiga olib o’tdi. Leonid boshchiligidagi 300 spartaliklar qolib, jang qilishdi. Teng bo’lmagan jangda yunonlar haloq bo’lsalar-da, lekin forslarni to’xtatib turdilar va qolgan yunonlarni chekinishiga imkon berdilar. Forslar O’rta Yunonistonni ishg’ol qilishdi.
Jang qilishga qodir bo’lgan barcha erkaklar ko’shinga va harbiy kemalarga borib kirdilar. Ayollar, bolalar va qariyalar esa Peloponesga va Salamin oroliga flot himoyasiga o’tqazildi.
Navbatdagi jang m.a. 480 y 28 sentyabrda Attika bilan Salamin oroli o’rtasidagi bo’g’ozda bo’lib o’tdi. Bu jangda yunonlarning 370 va forslarning 700 kema uchrashishdi. Forslar bo’g’ozga kirishi bilan yunonlar xujumga o’tishdi. Forslarning ochiq dengizda suzishga moslashgan og’ir kemalar tor bo’g’ozida sayoz joylarda turib qoldi, yunonlar esa o’z engil kemalarda xujumga o’tib, forslar kemalarni yondirishdi. Shikastlangan forslar kemalari jangdan chiqishga majbur bo’ldi. Yunonlar g’alaba qozonishdi. Yunonlarning birlashgan qo’shinlari quruqlikda qolgan forslar qo’shinlari bilan jang qilib, ularni ham tor-mor qilishdi. M.a. 479-yilda navbatdagi jang Plateya shaxri yaqinida bo’ldi. Bu jangda yunonlarning falangasi yana bir bor o’z ustunligini namoyon qilib, dushmanni tor-mor qildi. Urush yana 30 yil davom etdi. U asosan dengizda olib borildi. G’alaba qozonish uchun yunon shaxar-davlatlari Afina boshchiligida birlashib, Afina dengiz ittifoqini tashkil etishdi. Urush natijasida forslar taslim bo’lib, sulh tuzishga majbur bo’lishdi. Unga ko’ra Egey dengizdagi va Kichik Osiyodagi yunon shaxarlari mustaqil bo’lishdi, Eronning harbiy-dengiz flotiga Egey dengizida suzish taqiklandi. Yunon-forslar urushi yunonlarning strategik boshqaruv ustunligini namoyon etdi.
Yunonlarning harbiy san’ati Peloponnes urushlar davrida o’z rivojini topdi. Pelopones urushlari (m.a.431-404 yy.) yunonlar shaxardavlatlari o’rtasidagi urush bo’lib, uning asosiy ishtiroqchilari Afina va Sparta edi. Urush jarayonda qo’shinlarni tashkil etish tizimi o’zgardi.
Militsion tizimi susayib, o’rniga yollangan armiya vujudga keldi. Asosiy sabablar: qullarning olib borgan qarshilik xarakati, o’z mustamlakalarni himoya qilish zarurati, erkin dexqonlarning kashshoqlashib, qullarga aylanishi. Armiya tarkibida ham o’zgarishlar ro’y berdi. Og’ir qurollangan va engil piyodalar bilan birga o’rta piyodalar- peltastlar (pelte- qalqon) paydo bo’ldi. Ular turli vazifalarni bajarish mumkin edi, jangni ham tekisligida, ham tog’larda olib borishga qodir edi. Ammo jangovar tartibda asosiy rolni baribir falanga uynagan. Shaxarlarni qamal qilishda yangi vositalar- toshotar (katapulta, ballista) mashinalar(palahmonlar), taran (devorlarni bo’zib yorish uskunalar) lar paydo bo’ldi.
Urush paytida taktika ham rivoj topdi, masalan, Fiva shaxrining strategi (qo’mondoni) Epaminond tomondan yangi jang olib borish usuli yaratildi- front buyi qo’shinlarni notekis joylashib, hujumning asosiy yo’nalishda kuchlarning ustunligiga erishish. Pelopones urushida Levktra shaxri yonidagi jangda Epaminond 7.5 ming qo’shin bilan Spartaning 11 mingli qo’shinni engib oldi. Epaminond yaratgan taktika usuli xozigi davrgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Pelopones urushda Afina engib, Sparta g’alaba qozondi.
Epaminond g’oyasi Aleksandr Makedonskiy tomondan qullanib, katta g’alabalarga sabab bo’ldi. A. Makedonskiy (m.a.356-323yy) Makedoniya podshosi bo’lib, tarixda mashxur davlat arbobi, buyuk sarkarda sifatida chuqur iz qoldirdi. M.a IVa. kelib Makedoniyada doimiy muntazam armiya tashkil etildi. U piyoda va kavaleriya qo’shinlardan iborat edi. Kavaleriya qo’shinlarning mustaqil turi sifatida aynan Makedoniyada tashkil topdi. Jang paytida u asosiy zarba berib, g’alabaning asosiy omilga aylandi. Makedoniyaning armiyasi quyidagi strukturaga ega edi-piyodalar (og’ir, o’rta va engil), kavaleriya (og’ir qurollangan- katafraktariya, engil), nayzachilar. Jangovar tartibning asosini og’ir qurollangan piyodachilar edi. Askarlar 2-6 m. nayza (sarissa), qilich va katta to’rt bo’rchak qalqon bilan qurollangan edi. Engil piyoda askarlari esa o’q-yoy, tosh otadigan asbob(prasha) va kalta nayza qurollangan edi.
Katafraktariya (og’ir kavaleriya) sarissa va qilichlar bilan, engil kavaleriya- o’q-yoy, kalta nayza va qilichlar bilan qurollangan edi. Ammo armiyaning asosi- makedon falangasi tashkil etgan. U 16384 kishidan iborat edi, 16 saf va 16 kolonnaga bo’lingan edi, xar bir safda 1024 kishi edi, unint fronti 1 km. teng edi. Falanga juda katta zarba kuchiga ega edi, ammo unda xech qanaqa zaxira va madad yo’q edi. Falanga o’ng qanotda asosiy kuchni yig’ib hujum qilgan. Asosiy zarbani og’ir kavaleriya va piyodalar ko’rsatib, dushmanning jangovar tartibni yorib utgandan so’ng, o’rta piyodachilar xujumga o’tar edi. Chekinib, qochayatgan dushmanni engil kavaleriya quvib borar edi. Shundan ma’lumki, jang paytida qurolli kuchlarning xar bir turi o’z vazifasini bajargan. A. Makedonskiy Axmoniylar bilan urushda o’z sarkarda iste’dodni namoyon qildi. M.a. 334-329 yy. A. Makedonskiy forslarga qarshi urushni boshlab, ularni mag’lubiyatga uchratib, ular podsholigini o’ziga bo’ysundirdi. Bu urushda bir necha katta jang bo’lib, ularda A. Makedonskiyning harbiy mahorati va iste’dodi namoyon bo’ldi: Granik daryo yonidagi jangda (m.a. 334y), Issa yonidagi jangda (m.a. 333y.), Gavgamel yonidagi jangda (m.a. 331 y.). Bu janglarning xususiyati shuki, forslar son jixatdan ustun turib, mag’lubiyatga uchrashdi. Masalan, m.a. 331 y Gavgamela yonidagi jangda A. Makedonskiy 47 ming askar, forslar esa-92 ming, 100 jang aravalar va 15 jangovar filga ega edi. Jang otliq qo’shinlar to’qnashuvi bilan boshlandi. Forslarning jang aravalari shiddatli hujumga o’tishdi.
Makedoniya kamonchilar jang aravalardagi askarlarni ko’p qismini kamondan otib, o’ldirishdi. Makedoniya jangchilari ikki tomonga surilib, otlarni o’z saflari orasidan o’tqazib yubordilar. Aleksandr otliq askarlar bilan forslar qo’shinning o’rtasiga yorib kirdi, bu erda shoh Doroning o’zi turgan edi. Ayni vaqtda falanga xujumga o’tdi. Vahimaga tushgan Doro III qochdi, ammo oradan ko’p vaqt o’tmay o’z mulozimlari tomondan o’ldirildi.
A. Makedonskiy olib borgan yurishlarda yunonlarning harbiy san’ati rivoj topdi: Armiyaning markazida u falangani quyib, muayyan qanotda (flang) ustun kuchlarni yig’ar edi (u asosan kavaleriya va o’rta piyodadan iborat edi). Frontdan hujum boshlab, u dushmanni bog’lab, asosiy zarbani flangdan berar edi va dushman qo’shinlarni orqasiga yorib o’tib, uni chekinishga majbur qilar edi. Chekinib qochgan dushmanni quvib yakson qilar edi.
Antik davrda xarbiy san’atning rivojlanishini biz Qadimgi Rimda ko’zatishimiz mumkin. M.a. 753 y. tashkil topgan Rim m.a IV asrga kelib katta va buyuk davlatga aylandi. Rim jamiyati tabaqalanish natijasida 5 toifaga bo’lingan edi. Eng boy fuqarolar armiyaga otliklarni va og’ir qurollangan piyodalarni (legioner) ta’minlab berishsa, kambag’allar esa engil piyodalarni tashkil qilar edi. Barcha fuqarolar 17 yoshdan 45 yoshgacha armiyada hizmat qilish shart edi. M.a.VI a. Rim respublikaga aylandi. Davlatni xalq tomondan bir yilga saylangan ikkita konsul boshqarishgan. Rim armiyasi 4 legiondan iborat bo’lib, ikkita konsul armiyani tashkil etga. Legion 4500 jangchidan iborat edi, shulardan 4200 piyodalar va 300 suvoriylar. Eng yosh va kambag’al askarlar engil piyoda (velitlar) qismlarni tashkil etgan. Ular 1200 kishidan iborat edi, kalta qilich, kalta nayzalar, o’q-yor va prasha (tosh otadigan qurol) bilan qurollangandi. Keyingi qismlar 1200 o’rta yosh va xol askarlardan iborat edi-gastatlar(nayzachilar). Ular kalta shamshir, og’ir va engil nayzalar (pilum) va tanani himoya qilish vositalarga ega edi.
Uchinchi qism-pritsiplar, 1200 kishidan iborat bo’lib gastatlarga uxshab qurollangandi. To’rtinchi qism eng tajribali va yoshi katta askarlaridan iborat edi- triariyalar. Ular 600 kishili edi. Tashkil etish jixatdan Rim armiyasi militsiya edi. Urush vaqtida yig’ilib, u tugashi bilan tarqalardi.
Legion senturiyalarga bo’lingan. Xar bir senturiya 60 kishidan iborat bo’lgan. M.a. IV a kelib Rim katta davlatga aylandi, u butun Appenin yarim orolni qamrab oldi. Bu davrda armiyada harbiy isloxot o’tqazildi. Falangadan voz kechib, rimlyaniklar legionlarni manipulga (manus-odamning qo’li shakldagi boshliqning belgi) bo’lishgan. Manipula 120 kishidan iborat edi. Ular uchta saf tortishgan, birinchi saf- gastatlar, ikkinchi saf- pritsiplar, uchinchi saf - triaiyalar. Manipul tizimiga o’tishi armiya xarakatini yaxshiladi, uni boshqarish ham engillashdi. Endi legionning jangovar tartibi uchta chiziqdan iborat edi. Xar bir chiziq 10 manipuldan iborat edi. Birinchi chiziqdagi manipular dushmanning safini bo’zishga xarakat qilgan, ikkinchi chiziqdagi manipula birinchiga yordam ko’rsatardi. Uchinchi chiziqdagi manipula zahira rolini bajarib, dushmanni tor-mor qilish vazifasini bajarar edi.
Yunonistonda yozma badiiy ijodning ilk namunalari taxminan 2700—2800 yillar muqaddam paydo boʻla boshlagan. Bu adabiyot miloddan avvalgi 3-asrda Rim madaniyatining barpo etilishida, tarkib topishida ham muhim ahamiyat kasb etgan. „Iliada“ hamda „Odiseya“ dostonlari yunon yozma adabiyotining bizga qadar yetib kelgan eng qadimiy namunalaridir. Bu kabi yuksak badiiy asarlar uzoq muddatli adabiy harakatning davomi, uning yetuk mahsuli sifatida maydonga kelgan. „Odisseya“ dostonida Demodok kabi ajoyib baxshilar — rapsodlar botirlik haqida dostonlar aytib, davra ahllarini rom qilgan. Platon, Herodot kabi allomalar va shu zamonning baʼzi yozuvchilari Homerdan ilgari Orfey degan shoir yashab oʻtganligini xabar qiladilar. Biroq bu shoirning goʻzal navolari haqida afsonaviy rivoyatlardan boshqa tarix sahifalarida bironta ham misra saqlanib qolmagan.
Yunon xalqi oʻrtasida keng tarqalgan rivoyatlarda Orfeydan tashqari yana bir qancha shoirlar: Muze, Evmolp, Tamir, Olen va boshqalar tilga olinadi.
Barcha xalqlarning tarixida boʻlgani kabi yunon adabiyoti ham xalq ogʻzaki ijodi zaminida vujudga kelgan. Tarix sahifalarida yunon folkloridan juda kam namunalar saqlanib kelgan boʻlsada, shularga asosan ibtidoiy qabilachilik davrlarida yunon xalqining anʼanasi boy va rangbarang ogʻzaki adabiyoti — ertaklari, maqollari, matallari, topishmoqlari, qoʻshiqlari boʻlganligini aniqlash mumkin. Ibtidoiy jamiyatdagi mavjud ogʻzaki adabiyot shu jamiyat kishilarining tabiat haqidagi tushunchalarini ifoda etgan.
Yunon mifologiyasi uzoq tarixga ega. Shu uzoq muddat davomida ijtimoiy ongning oʻsishi bilan miflar ham oʻzgargan, yangi maʼnomazmun kasb etgan. Yunon kishisi ibtidoiy qabilachilik davrida tevarak atrofdagi tabiiy hodisalarning hammasini jonli his qilib, ularga sigʻinishgan, ulardan madad tilashgan, yovuz kuchlarni moyil qilish uchun qurbonliklar qilingan. Tabiat hodisalari qarshisida ibtidoiy insonning butun hayoti qoʻrquv va tahlikada oʻtgan. Keyinchalik qabilachilik tuzumining yemirilishi va harbiy aristokrat tabaqalarning kuchayishi natijasida quyi tabaqa vakillarining ahvoli yanada ogʻirlashgan, boylarning zulmi kuchaygan. Bu holat insonlarning diniy eʼtiqodlariga ham oʻz taʼsirini oʻtkazgan. qadimiy inson tasavvurida falak hukmronlari — odam qiyofasidagi Olimp maʼbudalari paydo boʻlgan. Zevs — momaqaldiroq hamda bulutlar hukmdori, maʼbudlar maʼbudi; Poseydon — dengiz hukmroni; Aid oxirat xoqoni, Zevsning rafiqasi Gera — osmon maʼbudasi, maʼbudalar malikasi va h.k.
Maʼbudlarni odam qiyofasida tasavvur etish, oʻz navbatida, mifologiyani haqiqiy hayotga yaqinlashtirgan va uning obrazlariga chinakam hayotiylik bagʻishlagan. „Iliada“ dostonida muallifning butun diqqati asarning bosh qahramoni Axillning gʻazabiga qaratilgan boʻlib, qolgan voqealar faqat 50 kun ichiga sigʻdirilgan. Tinglovchi va kitobxon toʻla taassurotga ega boʻlishi uchun asar davomida muallif yoʻlyoʻlakay chekinishlar yasab, turlituman hodisalar bilan asosiy voqeani toʻldirib borgan. Xuddi shu uygʻunlik, muxtasarlik „Odisseya“ dostonida ham bor. Jafokash Odisseyning oʻz vataniga qaytishi, har safar mobaynida uning boshidan kechgan mushkulotlar, uchragan ajoyibot, gʻaroyibotlar — asarning asosiy mavzusidir.
Qahramonlarning qiyofasini ular, ning tabiati, xattiharakatini koʻrsatish bobida — realistik tavsifi nihoyatda sezilarli. Dostonlarda hayotning turli pogʻonalarida turuvchi ilohiy kuchlar, odam bolalari: Olimp togʻining maʼbud va maʼbudalari, devlar, parizodlar afsonaviy maxluqlar, podshohlar, pahlavonlar, oddiy jangchilar, malikalar, kanizaklar, qul va choʻrilar, goʻdaklar va h.k. koʻz oʻngida gavdalanadi. Yunon xalqi asrlar davomida botirlik haqidagi oʻz tuygʻu va orzularini ana shunday qahramon nomi bilan bogʻlab kelgan.
Yunon xalqining botirlik, gʻayrat va jasorat tushunchalarini yozuvchi Axill obrazida talqin etgan boʻlsa, shu xalqning hayot bobida orttirgan donishmandligi, aql va zakovatini Odissey obrazi orqali koʻrsatgan. Boshqa qahramonlardan tashqari (har ikkala) dostonda ikkinchi darajali shaxslar bor: Agamemnon — takabbur, Menelay — botir, Diomed — sergʻayrat, Nestor — nuroniy, Baris — xudbin, olifta, Gektor — oriyatli va h.k.
Yevropa xalqlari oʻz taraqqiyotlari davomida katta ishtiyoq bilan necha bora yunonlar hamda rimliklar yaratgan sanʼat va adabiyotga murojaat etib, ular asosida qalblarini bezovta qilgan tuygʻu va gʻoyalarni hal etishga uringanlar. Uygʻonish davrining buyuk allomalari qoʻlida antik (qadim) dunyoning ilmu fani, sanʼat va adabiyoti, falsafiy taʼlimotlari eng kuchli qurol boʻlib xizmat qilgan. „Uygʻonish“ soʻzining dastlabki maʼnosi ham qadimgi madaniyatni qayta tiklash, yangidan oyoqqa turgʻizish demakdir.
17-asr Yevropa klassitsizm adabiy oqimi ham 100—150 yil davomida antik dunyo badiiy ijodiga taqlid shiori ostida rivojlandi, bu davr mobaynida qariyb butun Yevropa sahnasi, asosan, Yunon va Rim tragediyalari mavzulari bilan yashadi. Elin madaniyati Oʻrta Osiyo madaniyatining ravnaq topishiga samarali taʼsir etgan. Salavkiylar va Yunon-Baqtriya podsholigi hukmdorlari davrida Oʻrta Osiyo, Eron va boshqalar oʻlkalar aholisining faol ishtirokida sharqiy ellinizm madaniyati vujudga keldi, u yunon madaniyatini ham boyitdi (yana q. [[El[[linizm).
Meʼmorchilik va tasviriy sanʼat[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yunon meʼmorlari va tasviriy sanʼat namoyandalari koʻp asrlar osha turli xalqlar uchun goʻzallik, uygʻunlik, yuksak did namunasini oʻtagan sanʼat yodgorliklarini yaratgan. Asarlar asosan sodda afsonaviy mavzularga asoslangan boʻlsada, borliq va inson muvozanatini his etib, tabiiy muhit, inson tanasining tabiiy goʻzalligi va uygʻunligini anglab aks ettirdi. Bu nisbatlar meʼmorlikda ham aniq ifodasini topgan. Yunon badiiy yodgorliklari Bolqon yarim oroldagina emas, shuningdek, Kichik Osiyo, Janubiy Apennin yarim oroli, Oʻrta dengiz orollari hamda Shim. Qora dengiz sohillarida ham saqlangan.
Yunoniston sanʼati Miken madaniyati negizida paydo boʻlgan; mikenlar bilan miloddan avvalgi 2—1-ming yillik sanʼatining oʻzaro bogʻliqligi kulollik va meʼmorlik boʻyama naqshlarida koʻzga aniq tashlanadi. Yunon sanʼati taraqqiyoti (miloddan avvalgi 11—1-asrlar) tarixan gomer, arxaika, klasika, ellin kabi bir necha davrlarga ajratiladi.
Homer davri (miloddan avvalgi 11—8-asrlar) da boʻyama naqshli kulollik taraqqiy etgan, geometrik uslub miloddan avvalgi 7-asrgacha hukm surgan, eng taraqqiy etgan davri (8-asr)da %abr yodgorliklari vazifasini oʻtagan roʻzgʻorga moʻljallangan dipilon koʻza va idishlar bezagi, naqsh va inson shaklining aniq ritmi, chiziqlar ifodaliligi bilan ajralib turadi. Geometrik uslubda terrakota haykallar va idishlarga haykaltaroshlik bezaklari (qopqoq, shakldor dastalar) ham yaratildi. Meʼmorlik haqida maʼlumotlar deyarli yoʻq, baʼzi bino qoldiqlari, ibodatxonalarning terrakota modeli va adabiy yozma manbalarda ayrim maʼlumotlar uchraydi.
Arxaika (miloddan avvalgi 7—6-asrlar) davrida polislar shakllandi, shaharlar yuzaga keldi, shaharsozlikning asosiy belgilari muqaddas joy (akropol) va jamoat savdo markazlari (agora) boʻlib, ular atrofida turar joy mavzelari joylashtirilgan, shaharlar bunyod etilgan. Yetakchi oʻrinni ibodatxonalar (haykallari boʻlgan „xudolar uyi“) egallagan.
Ibodatxonalar bilan bir qatorda turli vazifalarni bajaruvchi jamoat binolari (teatr, stadion, palestr va boshqalar) bunyod etilgan. Inshootlar toshdan qurishga oʻtilgach, order turlari shakllandi (qarang Meʼmorlik orderlari), ibodatxonalar boʻrtma tasvirlar, haykallar bilan bezatildi; dahshatli maxluqlar bilan olishayotgan xudolar va qahramonlar (Gerakl, Tesey, Persey va boshqalar)ning qatʼiy tasvirlari yaratildi; ularning hajmdorligi ibodatxonalardagi meʼmoriy shakllar bilan uygʻun. Ioniy uslubidagi ibodatxonalarning haykaltaroshlik frizlari dinamikasi va murakkab kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Dastlabki oʻzaro bogʻlanmagan kam shaklli frizlardan oʻzaro uygʻun va koʻp shaklli yaxlit kompozitsiyalarga oʻtish kuzatiladi, ilk frontonlardagi relyeflar (Kerkira o.dagi Artemida ibodatxonasi) dumaloq haykallar bilan almashadi.
Haykaltaroshlikda kichik bronza haykallar („Fivalik Apolon“, miloddan avvalgi 7-asr 1-yarmi)dan yalangʻoch oʻsmir (kuros)lar va uzun koʻylakli qiz (kora)lar shaklini yasashga oʻtildi. Harakatsiz shakllar oʻrniga harakatlarni shartli ifodalash yuzaga keldi („Delosli Nike“, miloddan avvalgi 6-asr oʻrtalari). Haykaltaroshlar inson mimikasini ifoda vositasi sifatida kam qoʻllasalarda, ayni vaqtda boy hajm, kiyimlar burmalarining goh qatʼiy, goh nafis talqini bilan ifodali obraz qurilishiga erishdilar. Arxaika haykallarida ayrim mahalliy farklar kuzatiladi: ioniy uslubidagi kora va kuroslar lirik va hayotbaxsh obrazlari, shakllarning mayinligi bilan qatʼiy qiyofali va keskin shaklli doriy uslubidagi haykallardan ajralib turadi. Bu davrda yunon koʻzalari (amfora va boshqalar) tugal shakllandi, buyumlarga butun yuzasi qoplab gilama usulida mujassamotlar yaratildi, shartli qatʼiy chiziqlar va geometrik uslubdagi naqshlar oʻrnini syujetli sahnalarning tez-tez qoʻllanishi egaladi. Korinf, keyinroq Afina (7—6-asrlar)da qora shaklli uslub qaror topdi (Klitiy, Eksekiy, Amasis va boshqalar), qora shakli uslubdan qizil shakli uslubda koʻzalar yasashga oʻtish yuzaga keldi (Andokid va boshqalar).
Klassika (miloddan avvalgi 5-asr — 4-asr 3-choragi)da shaharlar rivojlandi, muntazam tarhli shahar tipi shaklandi (Milet, Pirey), shaharlarni toʻgʻri burchakli koʻchalar toʻri bilan qismlarga boʻlish, turar joylarni majmua tarzida qurish kabi asosiy qoidalar yuzaga keldi. Polislarning oʻziga xos ramzi boʻlgan ibodatxonalarning tipik xususiyatlari individuallik bilan qoʻshilib ketgan, bir tipdagi qurilishlarda yagona order tuzilishidagi nisbat va koʻlamlarnigina oʻzgartirib takrorlanishi bilan har bir shahar — davlat bosh inshootlarida oʻziga xos meʼmoriy qiyofalar yaratishga erishildi. Shu jihatdan umumiy tarhli va order elementlari boʻlgan Afina Afayi (taxminan miloddan avvalgi 500—480, Egin o.da), Gera II („Poseydon ibodatxonasi“, miloddan avvalgi 5-asr 2-choragi, Poseydoniyada), Zevs (miloddan avvalgi 468—456, Olimpiyada) ibodatxonalari oʻziga xos sifatlari bilan bir-biridan farqlidir.
Miloddan avvalgi 6—5-asrlar chegarasida tasviriy sanʼatda keskin oʻzgarishlar roʻy berdi, haykaltarosh va rassomlar inson qiyofasi va uning harakatini mukammal ifoda etdilar, fronton, frizlarda koʻp shaklli lavhalarni dadil bajardilar. Klasika boshida yuzaga kelgan „qatʼiy uslub“ hususiyatlari koʻzalarga ishlangan tasvirlarda aniq ifodasini topdi (Epiktet, Yevtimid, Yefroniy). Qizil shakllar uslubida ijod qilgan Brig afsonaviy mavzular bilan bir qatorda maishiy lavhalar (bazm, maktabdagi mashgʻulotlar, stadiondagi atletlar)ni ham yaratdi. „Qatʼiy uslub“ miloddan avvalgi 5-asr 1-yarmidagi haykaltaroshlikda ham koʻzga tashlanadi; Egin o.dagi Afina Afayi ibodatxonasi frontoni, Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasi fronton va metoplari kabi sanʼat durdonalari yaratildi. Klassikaning ilk davrida qahramonlar obrazlari bilan bir qatorda koʻtarinki ruhdagi real obrazlar ham yuzaga keldi (Miron va boshqalar). Inson tanasini mukammal ishlanishi yunon sanʼatiga umrboqiy gʻoyalar (goʻzallikning xunuklik ustidan gʻalabasi)ni ifodalash imkonini berdi. Miloddan avvalgi 5-asr oʻrtalarida klassika sanʼati („yuksak klassika“ deb nomlangan) gullab yashnadi. Perikl davrida Afina Elladaning siyosiy va badiiy markaziga aylandi. Vayron boʻlgan Akropolda Fidiy boshchiligida mohir meʼmorlar va haykaltaroshlar ishladi: tasviriy ansambllar hosil qilindi, yangi ibodatxonalar bunyod etildi, haykallar oʻrnatildi, goʻzallik va uygʻunlik tarannum etildi (maʼbudlarning yuksak mavqei, tantanalarda viqor bilan yurishlari, kentavrlar bilan olishuvlari va boshqalar). Ozod ellin fuqarolik ruhi, gʻoyaviy, axloqiy va jismoniy mukammalligi Fidiy asarlarida, Parfenon bezaklarida, Poliklet haykallari, Polignot koʻzalari, freskalar, terrakota haykallari, relyef va tangalarda yorqin ifodalangan.
Miloddan avvalgi 4-asr boshlarida yunon polislari demokratiyasi inqirozi bilan ayrim shaxslar xohishi polislar xohishini siqib chiqardi. Diniy inshootlar qurish oʻrnini insonning kundalik hayoti bilan uzviy bogʻliq boʻlgan inshootlar (palestr, teatr va boshqalar) qurish egalladi (jumladan, Epi davrdagi teatr, miloddan avvalgi 350—330 va boshqalar).
Vazifasiga mos aniq kompozitsiyali yunon teatrlari jahon meʼmorligidagi tomosha inshootlarining keyingi taraqiyotiga asos boʻldi. Memorial ansambllarda inson shaxsini abadiylashtirish anʼanalari yuzaga keldi (mas, Galikarnasl&t maqbara, taxminan miloddan avvalgi 353). Tasviriy sanʼatda inson xarakteriga qiziqishning ortishi haykaltaroshlik portretlarini rivojlanishini taʼminladi. Afsonaviy kompozitsiyalarda kurash dramatizmi, insonning ruhiy qudrati va jismoniy shijoatini tasvirlagan Skopas ijodida voqelikdagi qarama-qarshiliklar oʻtkir ifodasini topdi, bu jihatdan Praksitel haykallari, Lisipp asarlari diqqatga sazovor.
Ellin davri (miloddan avvalgi 4-asr oxiri — 1-asr) yunon madaniyati mintaqalarining kengayishi uning Aleksandr davlati va uning vorislari davlati tarkibiga kirgan xalqlar madaniyati bilan oʻzaro qoʻshilishi bilan belgilanadi (qarang [[El[[linizm). Afina badiiy hayot markazi mavqeini yoʻqotdi. Kichik Osiyoning yirik shaharlari yangi qarash (nuqtai nazar)larni yaratuvchiga aylandi, qurilish beqiyos darajada oʻsdi, koʻplab muntazam tarhli yangi shaharlar yuzaga keldi (Istanbul va boshqalar), yirik inshootlar qurildi (Istanbuldagi Faros mayogʻi), mahobatli meʼmoriy ansambllar bunyod etildi (Pergamdagi Akropol) oddiy uydan bosh saroygacha boʻlgan turar joy tipi shakllandi, anʼanaviy ichki hovli tarhli uylar ustunlar bilan oʻralgan peristilga aylantirildi. Elin haykallaridagi qiyofalar qoʻrquv, davrni fojiaviy anglash bilan yoʻgʻrilgan. Ellin davri sanʼatiga mintaqaviy maktablar, yoʻnalishlarning hamda badiiy obrazli masalalarning rangbarangligi xos: haykal portretlar rivojlandi, klassikaning inson — fuqaro uygʻunligi oʻrniga buyuklarni ulugʻlash qaror topdi. Ijtimoiy kelib chiqishi har xil boʻlgan odamlarga, ularning yoshidaga xarakterli xususiyatlarga qiziqish ortdi. Yunoniston Rim tomonidan zabt etilishi bilan ellinlar sanʼati gʻoliblar madaniyatining rivojlanishi bilan qoʻshilib, uni oʻzining koʻp asrlik anʼanalari bilan boyitdi, shuningdek, oʻzining mustaqilligini ham yoʻqotib bordi.
Teatri — yunon dramasi va teatri Dionis sharafiga oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi bayramlaridan boshlangan. Uning asosida tabiatning qishki oʻlik mavsumi va bahorgi uygʻonish davri bilan bogʻliq qadimiy yer egalarining oʻyinlari yotadi. Miloddan avvalgi 4—1-asrlargachaYunon teatri. 1. Getera niqobi. 2. Tropik kahramonniqobi. 3. Andromedaning teatr libosidagi tasviri (vazadagi rasm). 4. Tragik aktyor (fil suyagidan ishlangan haykalcha).dramatik chiqishlarda xor asosiy rol oʻynagan. 6-asrning 2-yarmida alohida ijrochi — aktyor (dramaturgning oʻzi) paydo boʻldi. Esxil sahnaga 2 aktyorni olib kirdi. Sofokl esa sahna dekoratsiyasida tasviriy bezaklardan keng foydalandi, fojialarda 3 aktyor paydo boʻldi. Aktyorlar, asosan, niqob kiyib oʻynaganlar. Teatr yunonlar hayotida alohida oʻrin egalladi. Ayniqsa, quldorlik davri gullagan paytda teatr ahamiyati yanada ortdi. Teatr, asosan, 3 qism: orxestr, tomoshabinlar uchun joy va chodirdan iborat boʻldi. Bulardan eng qadimiysi orxestryumaloq maydon boʻlib, unda aktyor va xor ijrochilari tomosha koʻrsatganlar. Dastlab barcha tomoshabin orxestr atrofida oʻtirganlar, keyinchalik omma uchun alohida joylar ajratilgan. Teatr binolaridan qadimiysi Afinadagi Dionis teatri binosi hisoblanadi. Keyingi eng katta Afina teatri miloddan avvalgi 4-asrning 2-yarmida qurildi. Teatrda tragediya va komediyadan tashqari mifologik syujetga ega satirik spektakllar ham qoʻyilgan. Dastlab ayollar rolini erkaklar niqob kiyib ijro etgan, Esxil, Sofokl, Yevripid, Aristofan kabi buyuk dramaturglarning ijodida Yunoniston quldorlik demokratiyasining ravnaqi va ziddiyatlari aks etdi. Mifologik syujetli pantomimik raqslar keng tarqaldi. Ularda ayol aktyorlar ham qatnashdi. [[El[[linizm davrida (miloddan avvalgi 3—1-asrlar) teatr Sharqda yunon madaniyatini targʻib qilishda asosiy vositalardan biriga aylandi. Teatrlar nafaqat yirik savdo markazlarida, balki kichik shaharlarda ham qurila boshladi. Dionis sharafiga oʻtkaziladigan bayramlarda tragediya va komediyalar namoyish etildi. Qishloq komediyasi yoʻqola bordi. Yangi komediyalar (Menandr, Filemon va boshqalar) oʻzaro hayotiy munosabatlarni, inson ichki kechinmalarini aks ettirdi. Miloddan avvalgi 5-asrda Yunonistonda mimlarmaishiy va hajviy harakterdagi kichik sahnalar yuzaga keldi. [[El[[linizm davrida ilk bor professional aktyorlar ijod qildi. Aktyorlar uyushmasi paydo boʻldi. Bu davrda aktyorlar katta hurmatga, yuridik huquqga ega boʻlganlar. Tomosha koʻrsatish uchun aktyorlar hatto urush paytlarida ham xohlagan yerlariga borish, oʻzlari va narsalariga daxlsizlik huquqi berilgan. Aktyorlarning oʻzlari esa har qanday harbiy xizmatdan ozod etilganlar (miloddan avvalgi 3-asr boshlarida bu haqda maxsus qonun qabul qilingan). Yunoniston teatri jahon teatrining rivojlanishida muhim rol oʻynadi.



Yüklə 111,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə