Iqtisodiy fanlar kafedrasi


Buxgalteriyada axborot texnologiyalari faning mazmuni va mohiyati



Yüklə 194,24 Kb.
səhifə2/41
tarix29.11.2023
ölçüsü194,24 Kb.
#139135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Iqtisodiy fanlar kafedrasi-fayllar.org

Buxgalteriyada axborot texnologiyalari faning mazmuni va mohiyati

Iqtisodiyotni boshqarishdagi o‘zgarishlar, bozor munosabatlariga o‘tish

Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Hisobning halqaro tizimlariga o‘tishi amalga oshirilmokda, bu uning uslubiyotining yangi shakllarini ishlab chiqishning talab qiladi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi va uni kompyuterda ishlab chiqishni tashqil qilishning an’anaviy shakllari katta katta o‘zgarishlarga uchragan. Hisobchidan korxona moliyaviy holatining ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlil usullarini egallash, qimmatli kog’ozlar bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul mablag`’lari investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi. Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o‘z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish xaki (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig’ma hisob va hisobotlar tuzish.


Shaxsiy kompyuterlar bazasida avtomashtirilgan ish joylarining tashkil qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoo‘larini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari surdi. Ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o‘rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang’ich hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo‘ldi.
Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega.
Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va uchastkalarining axborotli o‘zaro hamkorliklarini.
Tashki aloqalar - boshqaruvning o‘zga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo‘linmalari hamda tashqi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini aks ettiradi.
Buxgalteriya tizimida avtomatlashtirilgan ish joylari yaratish.

Yüklə 194,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə