Iqtisodiy hududda logistik markazni loyihalash



Yüklə 193,96 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü193,96 Kb.
#167339
  1   2   3   4
КУРС ИШИ MRA-1 (2)




IQTISODIY HUDUDDA LOGISTIK MARKAZNI LOYIHALASH


Kirish
Logistik xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy samaradorligini baholashga zamonaviy yondashuvlar logistikaning umumiy xarajatlari konsepsiyasiga asoslanadi. Ushbu konsepsiyaga muvofiq bunday xarajatlarga logistikaning barcha talablarini ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan xarajatlar kiradi, logistik servisga xarajatlar esa o‘zida iste’molchilarga ko‘rsatiladigan majmuaviy xizmatlarga xarajatlarni aks ettiradi. Bunda logistik servis istemolchilarga ko‘rsatilayogan xizmatlar va unga bog‘liq bo‘lgan xarajatlar o‘rtasida balansni ta’minlashga qaratiladi.



  1. Logistik markazni loyihalash va asoslash

Xalqaro amaliyotda turli transport xizmatlarini bajaruvchi logistik markazlarni loyihalashtirishda uni tashkil qilishning bosqichlarini asoslash zaruriyati paydo bo‘ladi. Shuningdek logistik markazning tashkiliy tuzilmasi, funksiyasi va ko‘rsatadigan xizmatlarini xam belgilanadi.


Logistik markaz loyihasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1- bosqich:
Logistik markazni tashkil qilish zaruriyatini asoslash:

  • Ko‘rib chiqilayotgan hududda logistik markazni joylashish joyini tanlash,

  • Marketing tadqiqotlari yordamida hududning iqtisodiy holati, transport xizmatlariga bo‘lgan talabni aniqlash (hududning statistik ma’lumotlaridan foydalangan holda),

  • Talab mavjud bo‘lgan transport xizmatlarining aniq turlarini asoslash.

2- bosqich:
Asoslangan ma’lumotlar logistik markazni yaratish uchun xizmat qilishi kerak. Buning uchun logistik markaz turini aniqlab olish zurur :

  • Maxsuslashgan (aniq bir yuk turi va xizmat turiga ixtisoslashgan);

  • Universal (turli turdagi yuular va xizmatlaga ixtisoslashgan)

  • Aralash.

Logistik markazning tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish va xar bir tuzilmaning funksiyasini belgilash.
3- bosqich:
Yuk jo‘natish, qabul qilish va qayta ishlash xajmini ishlab chiqish va buning uchun:

  • Tashiladigan yuklarning turi;

  • Yukning tarkibi va xajmi;

  • Moddiy oqim o‘lchamini aniqlash zurur.

4- bosqich:
Ishlab chiqilgan moddiy oqim xajmiga mos ravishda:

  • Moddiy oqim xajmi uchun zarur bo‘ladigan transport turini tipini aniqlash

  • Xarakat tarkibi birligining zaruriy sonini hisoblash

  • Tanlangan variantlarni asoslash:

- xarakat tarkibini sotib olish,
- xarakat tarkibini ijaraga olish,
- xarakat tarkibini lizingga olish,

  • Tanlangan variantlarni asoslash:

- logistik markaz o‘z imkoniyatlari orqali servis xizmatlarini amalga
oshiradi,
- servis xizmatlarini ixtisoslashgan markazlar orqali amalga oshiradi,.
- tanlangan parametrlarni hisobga olgan holda logistik markazning bosh rejasi variantini taqdim qilish.
5- bosqich:
Foydalaniladigan axborot oqimlarini ishlab chiqish va:

  • Axborot oqimlarining turlarini aniqlash,

  • Axborot oqimlarining yo‘nalishlarini aniqlash,

  • Axborot oqimlarining o‘lchamini aniqlash,

  • Logistik markazning tashqi va ichki muhitiga xizmat qiluvchi logistik axborot tizimning variantlarini ishlab chiqish.

6 -bosqich:
Logistik markazning tuzilmaviy bo‘linmasi sifatida omborlarni ishlab chiqish va buning uchun:

  • Omborlarning funksiyalarini aniqlash,

  • Ombor turini aniqlash,

  • Omborlarning o‘lchamlarini aniqlash,

  • Omborlashtirishning samaradorligini hisoblash zarur.



7-bosqich:
Logistik markazda amalga oshiriladigan transport xizmatlari turlarini ishlab chiqish va buning uchun taqdim qilingan sxemaga binoan transport xizmatlari turini tanlash lozim.

  • Transport xizmatlari ro‘yxatini taqdim qilish,

  • Xar bir xizmatni tavsiflash,

  • Transport xizmatlari sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash.

8-bosqich:
Logistik markazda marshrutlar bo‘yicha amalga oshiriladigan yuk tashish variantlarini tiaqdim qilish:

  • Mamlakat ichkarisida,

  • Xalqaro.


Yüklə 193,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə