Iqtisodiy o’sish fanidan mek-87 safarova feruza mavzu: G‘oyalar iqtisodiyoti


Inson kapitalini shakllantirish va rivojlantirish



Yüklə 78,08 Kb.
səhifə2/9
tarix28.11.2023
ölçüsü78,08 Kb.
#134419
1   2   3   4   5   6   7   8   9
iqtisodiy o\'sish Feruza

Inson kapitalini shakllantirish va rivojlantirish
G.Bekker tomonidan, shuningdek “maxsus inson kapitali” tushunchasi ham muomalaga kiritilgan. Bu kategoriya “umumiy inson kapitalidan” farqli ravishda maxsus tayyorgalik natijasida egallangan hamda faqat o‘zining korxonasi uchun ishlab chiqarishda manfaat keltiradigan bilimlar va ko‘nikmalarjam masidir.
S.Fisher: “Inson kapitali insonda mujassamlashgan daromad keltirish qobiliyati mezonidir. Inson kapitali tug‘ma qobiliyat va iste’dod, shuningdek olingan ta’Iim va malakadan iborat”” deb ko‘rsatgan.
Ayrim olimlar inson kapitali tarkibiga uning egasining ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish imkoni nuqtai nazaridan yondashadilar. Jumladan O. Nordxoug quyidagilarni ta’kidlaydi: “Tahlil etish nuqtai nazaridan, bir tarafdan, xodimlarning sog‘lig‘i va malakasini, ikkinchi tomondan, ularning motivatsiyasi va firmaga sodiqligini farqlash foydalidir. Dastlabki ikki unsur alohida bir xodimning topshiriqni bajarish, ya’ni mehnat qilish bo‘yicha asosiy qobiliyatini tashkil etadi. Inson kapitalining keyingi ikki unsuri esa mazkur xodim o‘z malakasiga ko‘ra, ishda qanday faoliyat olib borishini aks ettiradi. Qobiliyat va xohish birgalikda mazkur xodimning mehnatga qobiliyatini shakllantiradi.
I.V. Ilinskiy inson kapitali ta’lim kapitali, sog‘liq kapitali va madaniyat kapitalida iborat deb hisoblaydi.
Inson kapitali tarkibini kengroq tahlil etish uchun funksiyaviy yondashuv prinsipini hisobga olish lozim. Funksiyaviy yondashuvning metodologik prinsipi hodisani faqat uning ichki tarkibi bo‘yicha emas, balki uning funksiyaviy maqsadi, pirovard foydalanish maqsadi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishni talab etadi.
Rossiyalik iqtisodchi S.A. Dyatlov ushbu prinsip bo‘yicha inson kapitali investitsiyalar natijasida shakllantirilgan va inson tomonidan jamlangan sog‘liq, bilimlar, ko‘nikmalar, qobiliyat, motivatsiyaning muayyan zaxitasidir degan fikrni bildiradi. Bu zaxira ijtimoiy ishlab chiqarishning u yoki bu sohasida maqsadga muvofiq foydalanar ekan, mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi, bu bilan mazkur insonning ish haqi (daromadi) ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi".
V.T. Smimov va I.V. Skoblyakova esa inson kapitalini alohida inson, alohida korxona yoki korxonalar guruhi darajasida baholash lozimligini ko‘rsatadilar’.
Inson kapitalini tahlil etish va ular turlariga turlicha yondashuvlarni umumlashtirish bu iqtisodiy kategoriyani 2.7-rasmda aks ettirilgandek tassavur etish imkonini beradi:
1. Madaniy-ahloqiy kapital. Xodimning obro‘si, fırmaning nufuzi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari kabi juda muhimdir. Ma’suliyat, halollik, va’daning ustidan chiqish amaliy munosabatlarda nihoyatda qadrlanadi. Sotsiologiya fanlari doirasida madaniy-ahloqiy kapital intellektual qobiliyat, bilim, maxorat, ko‘nikmalar, ahloqiy sifatlar, malaka jamlanmasini ifoda etadi.

Inson kapitalining tarkibi



Ajratib berilmaydigan inson kapitalining turlari

Ajratib beriladigan inson kapitalining turlari

Madaniy-ahloqiy Ijtimoiy-madaniy


Salomatlik (biofizik) Sotsial
Mehnat Tarkibiy
Tashkiliy-tadbirkorlik Tashkiliy
Mijoz (brend-kapital)


Yüklə 78,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə