Iqtisodiy o’sish fanidan mek-87 safarova feruza mavzu: G‘oyalar iqtisodiyoti



Yüklə 78,08 Kb.
səhifə7/9
tarix28.11.2023
ölçüsü78,08 Kb.
#134419
1   2   3   4   5   6   7   8   9
iqtisodiy o\'sish Feruza

Intellektual huquq


O’zga huquqlar

Asosiy huquq (mulkiy)

Shaxsiy nomulkiy



Ma’lumotlarga egalik qilish huquqi

Mualliflik huquqi


Davom ettirish huquqi

Nomga egalik huquqi


Muallifning rag’batlantirish huquqi

Oshkor etishga bo’lgan huquq


Boshqalar


Boshqalar

Intellektual huquqlar
Hammualliflarning har biri, agar ular o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, asarning o‘zi yaratgan, mustaqil mazmunga ega bo‘lgan qismidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishga haqlidir. Barcha mualliflar o‘rtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, kelishuv asosida belgilanadi. Bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda, asarga bo‘lgan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqqi esa ular o‘rtasida teng taqsimlanadi. Agar hammualliflarning asari bo‘linmas bir butunni tashkil etsa, asardan foydalanishni yetarli asoslar bo‘lmay turib taqiqlab qo‘yishga hammualliflardan hech biri haqli emas.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, mutlaq mualliflik huquqlari egasi o‘z huquqlaridan xabardor qilish uchun mualliflik huquqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin bo‘lib, bu belgi asarning har bir nusxasida aks ettiriladi va quyidagi uch unsurdan iborat bo‘ladi:

  • aylana ichidagi lotincha «S» harfi;

  • mutlaq mualliflik huquqlari egasining ismi-sharifi (nomi);

  • asar birinchi marta chop etilgan yil.

Muallifiik huquqining muhofaza belgisida ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlangan bo‘lmasa, mutlaq mualliflik huquqlari egasi hisoblanadi. Mamlakatimizda intellektual mulk sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur agentlikning nizomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-noyabrdagi 394-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Mazkur nizomga ko‘ra quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish;

  • ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini ekspertizadan, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hisobga olishni tashkil etish va amalga oshirish;

  • Davlat patent fondini va intellektual mulkning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlari to‘g‘risidagi ma’Iumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, ularning saqlanishini hamda iqtisodiyot real sektorining xo‘jalik yurituvchi subyektlari, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan samarali foydalanilishi uchun qulayligini ta’minlash;

  • intellektual mulk sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlariga va aholiga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatish;

  • korxonalar va tashkilotlarga chet eldagi milliy intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha konsultativ va amaliy ko‘maklashish, shuningdek, intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;

  • intellektual mulk sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • intellektual mulk sohasida davlat siyosati va qonunchilikni takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

  • ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, elektron hisoblash mashinalari (keyingi o‘rinlarda EHM deb ataladi), ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyasi uchun muhofaza qilish hujjatlari berish yuzasidan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqishga qabul qiladi;

  • ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazadi, ko‘rsatilgan obyektlarning ustuvorligini belgilaydi, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalarining rasmiy ekspertizasini o‘tkazadi;

  • ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi, muhofaza qilish hujjatlarini beradi, O‘zbekiston Respublikasida umumiy ma’lum bo‘lgan tovar belgilarining tegishli reystrlarini va ro‘yxatini yuritadi;

  • ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalariga, berilgan buyurtma nomunalarining belgilangan tovarlarga muvofiqligini tekshirish natijalari bo‘yicha, muhofaza qilish hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

  • ko‘rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga loyiqlik shartlariga muvofiqligini belgilash natijalari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ixtisoslashtirilgan tashkilotlari xulosalari asosida muhofaza qilish hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

  • Muhofaza qilish hujjatlarining va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilaydi.

  • O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydi. Intellektual faoliyatning natijasi ilmiy-texnologik mahsulotning yuqori iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lgan bozorbop tovarga aylanishi amalga oshadigan innovatsion soha yangi bilimlar va texnologiyalarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning taraqqiy etishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Aynan, intellektual mulk obyektlari yangi tovarlar va yangi texnologiyalarning asosini tashkil etadi. Innovatsion iqtisodiyotda intellektual mulkning o‘mi va ahamiyati uning ko'p funksionalligi bilan belgilanadi.

Intellektual mulk:

  • qiymat yaratishning hal qiluvchi omillaridan biri sanaladi;

  • egalariga va foydalanuvchilariga sezilarli iqtisodiy foyda keltiradi:

  • kompaniyaning uzoq muddatli raqobat afzalliklarini shakllantiradi;

  • kompaniya kapitallashuv darajasining oshishiga xizmat qiladi;

  • biznesni raqiblardan himoya qiladi;

  • litsenzion daromad olish imkoniyatini beradi;

  • ishlab chiqarish va sotishni nazorat qilish imkonini beradi;

  • standartlarni yaratishga yordam beradi.

Ushbu funksiyalar, agar intellektual mulk samarali himoya qilingan bo‘lsagina, o‘z natijasini ko‘rsatishi mumkin. Tadbirkorlarning intellektual mulkka bo’lgan qiziqishi asosan yangi texnik yechimlardan foydalanish yoki patentlar va litsenziyalami sotishdan daromad olish imkoniyatlari bilan ko‘p jihatdan bog‘liq. Odatiy mahsulotlardan farqli o‘laroq, intellektual faoliyat mahsulotlari, davlat tomonidan maxsus huquqiy himoya bilan ta’minlanmagan bo‘lsa, ularning egalariga kafolatli daromad keltira olmaydi. Intellektual mulkni himoya qilishning ishonchli mexanizmlarining mavjudligi:

  • raqobat ustunligini saqlab qolishni ta’min etadi;

  • investitsion iqlimni sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi:

  • qaroqchilik va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishda samarali vosita hisoblanadi;

  • texnologiyalar transferi jarayonlarini jadallashtirishadi;

  • korxonaning nomoddiy aktivlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini oladi.


Yüklə 78,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə