Iqtisodiy tahlil turlari va uning ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli



Yüklə 108,93 Kb.
səhifə1/11
tarix26.06.2023
ölçüsü108,93 Kb.
#118939
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
IQTISODIY TAHLIL TURLARI VA UNING ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISHDAGI

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

IQTISODIY TAHLIL TURLARI VA UNING ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISHDAGI ROLI

MUNDARIJA


Kirish 2
I.Bob.Iqtisodiy tahlil turlari va uning ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli 4
1.1. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi tahlilining mazmuni va vazifalari 4
1.2. Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili 7
1.3. Strukturaviy o’zgarishlarni mahsulot hajmiga ta’sirining tahlili 11
II.Bob.Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlili 14
2.1. Mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti tahlili 14
2.2. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlili 17
Xulosa 26

Kirish


Korxonalarning mahsulot sotishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar quyidagilardir:
- korxonaning yalpi mahsuloti - bu tovar mahsuloti qo‘shuv tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i hamda korxonaning o‘zida tayyorlangan yarim-fabrikatlar va asboblardan iboratdir;
- tovar mahsuloti deganda, barcha ishlab chiqarish bosqichlarini o‘tgan, to‘la butlangan, texnika nazorati bo‘limidan ham o‘tgan va omborga topshirilgan mahsulot tushuniladi;
- sotilgan mahsulot deganda, tovarlar iste’molchilarga jo‘natilib, uning haqi mol yuboruvchilarning bankdagi hisob-kitob raqamiga o‘tkazilishi tushuniladi.
Sotish hajmining o‘sish sur’atiga ko‘pgina omillar ta’sir etadi. Bularga mahsulot sifati, uni bir maromda ishlab chiqarish, mahsulotni o‘z vaqtida iste’molchilarga jo‘natish, uning haqini to‘lash, sotilmagan mahsulotlarning yil boshiga va yil oxiriga bo‘lgan qoldig‘i kabilar kiradi.
Mahsulot ishlab chiqarishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar - sof mahsulot, me’yoriy sof mahsulotlarni tahlil qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Sof mahsulot tovar mahsulot bilan uni ishlab chiqarishga qilingan moddiy sarflar va asosiy ishlab chiqarish fondlarining amortizatsiyasi summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Me’yoriy sof mahsulot ishlab chiqarishdagi ishchilarning asosiy va qo‘shimcha ish haqini, ijtimoiy sug‘urta uchun ajratmalar va me’yoriy foydani jamlash orqali aniqlanadi. SHartli sof mahsulot bu sof mahsulot qo‘shuv asosiy fondlarning amortizasiyasidir.
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatiga baho beruvchi muhim mezon - sotish rejasining shartnoma majburiyatini hisobga olgan holda bajarilishi bo‘lib qoldi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha rejaning bajarilish darajasi 100 foizdan oshmaydi, eng maqbo‘li 100 foizdir.
SHartnoma majburiyati bo‘yicha rejaning bajarilishini aniqlash uchun biznes-reja hajmidagi sotish summasidan etkazib berilmagan mahsulotlar summasi chiqarilib, so‘ng sotish hajmining biznes-reja darajasiga bo‘linadi.
Tuzilgan shartnoma majburiyatiga asosan iste’molchilarni zarur tovarlar xilma-xilligi bilan ta’minlash sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi. Korxonalar mahsulot ishlab chiqarish rejasini nafaqat qiymat ifodasida, balki belgilangan assortimenti bo‘yicha bajarilishi zarur. CHunki mahsulotlar turlicha iste’mol xususiyatiga egadirlar, shu sababli ayrim mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yuzaga kelgan tanqislikni boshqa bir mahsulotlarni ko‘p ishlab chiqarish bilan to‘ldirib bo‘lmaydi.Korxona faoliyatiga to‘g‘ri baho berishda mahsulotning xilma-xilligi bo‘yicha biznes-rejaning bajarilishini aniqlashda eng kam son miqdorini hisobga olish usuli qo‘llaniladi.

Yüklə 108,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə