Iqtisodiy tahlil turlari va uning ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli



Yüklə 108,93 Kb.
səhifə9/11
tarix26.06.2023
ölçüsü108,93 Kb.
#118939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
IQTISODIY TAHLIL TURLARI VA UNING ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISHDAGI

Variatsiya koeffitsienti (Kv) sutka (dekada, oy, chorak) uchun reja topshirig’idan o’rtacha kvadratik og’ishning o’rtacha sutkalik (o’rtacha dekadalik, o’rtacha oylik, o’rtacha choraklik) rejaviy mahsulot ishlab chiqarishga nisbati sifatida aniqlanadi:
Kv = = = = 0,069
= 33,3
Nomaromiylik – bu mahsulot sotish qiyinchiliklari, tashkilotchilik, texnologiyalar va ishlab chiqarish moddiy-texnik ta’minotining past darajasi. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlilida turli dekadalarda ish kunlari sonini hisobga olish talab qilinadi, chunki bunga alohida dekadalar bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishning ulushi bog’liq sanaladi.
Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlili uchun asosan operativ-texnik hisob, dekada ma’lumotlari, davriy hisobot ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Korxona faoliyatining asosiy natijaviy ko’rsatkichi sotilgan mahsulot hajmi hisoblanadi.
Sotilgan mahsulot uchun etkazib beruvchi korxona qilingan xarajatlarni qoplash va xo’jalik faoliyatini davom ettirish uchun zarur bo’lgan pul mablag’larini oladi. Mahsulot sotishda foyda olinib, uning bir qismi korxonada qoladi va uning kapital qo’yilmalari, aylanma mablag’larni to’ldirish, rag’batlantirish jamg’armalarini shakllantirish va boshqalarga yo’naltiriladi, bir qismi esa davlat byudjetiga kiritiladi.
Sotish hajmi ishlab chiqarish majmuasi sifatida korxona faoliyatining yakuniy natijasi bo’lganligi uchun tushum tahlili butun korxona bo’yicha ham, uning tuzilmaviy bo’linmalari yoki mahsulotlar turlari kesimida ham, shuningdek, uning ixtisoslashtirilgan xo’jalik birliklari bo’yicha, etakchi mustaqil ishlab chiqarish faoliyati (tsexlar, filiallar) bo’yicha amalga oshiriladi. Albatta, bunday tahlil butun korxonaning moliyaviy oqimlarida muayyan bo’linma tushumini ajratish mumkin bo’lgan, shuningdek, agar ushbu tushum miqdori umuman korxona uchun jiddiy bo’lganda ma’noga ega bo’ladi. mahsulot ishlab chiqarish tahlilida bo’lgani kabi tushum tahlilda ham analitik xizmatlar va chiziqli bo’linmalar xodimlarining sezilarli darajada vaqt sarflashi talab qilinadi. Shuning uchun korxona va uning alohida bo’linmalari istiqbolini aniqlash uchun qanday foydali axborot berishigna qarab uni o’zini oqlagan deb hisoblash mumkin.
Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushum O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunga muvofiq belgilanadi.
Mazkur ko’rsatkichning moliyaviy hisobotga kiritilishi shu bilan izohlanadiki, kiritilayotgan o’zgarishlar maqsadlaridan biri moliyaviy hisobot analitikligini oshirish hisoblanadi. Bundan tashqari, mazkur ko’rsatkich korxona o’z tasarrufidagi mahsulotni sotishdan olingan daromadni tavsiflaydi. U foyda ko’rsatkichlarini barcha keyingi hisoblashlar uchun baza hisoblanadi. Bu esa korxonalar hisobotida “Sotishdan sof tushumlar” ko’rsatkichi paydo bo’lishiga olib keldi.
“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunga muvofiq mahsulotni sotishdan olingan tushumlar uning bank muassasalari hisobiga tovarlar uchun to’lovi yoki tovarlar jo’natish va xaridorga hisob-kitob hujjatlarini ko’rsatishiga asosan aniqlanadi. Umumqabul qilingan atamashunoslikka muvofiq tushumni uning to’lovi asosida aks ettirish
Yüklə 108,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə