Iqtisodiy talimot doc


Ijtimoiy bozor xo`jaligi konsepsiyasi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

19.2. Ijtimoiy bozor xo`jaligi konsepsiyasi 
2-jahon urushidan so`ng neoliberalizm prinsiplari dastlab G’arbiy 
Germaniya (GFR) da amaliy jihatdan muvaffaqiyati tatbiq etildi. Bu yerda 
1948 yildan boshlab bu g`oyalar Adenaurer-Erxard davlat doktrinasi statu-
siga aylantirildi. Neoliberalizmning taniqli nemis nazariyotchilari 
V.Rebne, A.Ryustov va boshqalar ozodlik va insonparvarlik bahonasida 
monopolizm vujudga kelishining barcha ko`rinishlarini tanqidiga bosh-
chilik qildilar. V.Oyken va uning safdoshlari Frayburg universitetida 1948 
yildan "Ordo" nomli yillik to`plamni chiqara boshladilar, bu jurnal barcha 
davlatlar uchun neoliberalizning nazariy minbari rolini o`ynaydi. V.Oyken 
tomonidan tanlangan "Ordo" so`zi yig`ma bo`lib, erkin bozor xo`jaligining 
"tabiiiy tizimi" ma'nosini beruvchi mazmunga ega edi. Neoliberilizm 
G’arbiy Germaniya doktrinasi "Oyken maktabi" ta'siri ostida hatto "Or-
doliberalizm" deb atala boshlandi.
"Ijtimoiy bozor xo`jaligining" mohiyati GFR neoliberalizm nazari-
yotchilari "erkin bozor" va adolatli taqsimot prinsiplarini "ijtimoiy teng-
lik"prinsipi g`oyasi bilan birga qo`shimcha muvaffaq bo`ldilar. Birinchi 
marta uning konsepsial g`oyasi A.Myuller-Armakning "Xo`jalik boshqa-
ruvi va bozor xo`jaligi" (1947) kitobida izohlanadi, bunda "Ijtimoiy bozor 
xo`jaligi" matni ham birinchi bor qo`llanilgan. Bu sohadagi ishlanmalar 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


342 
V.Rebke, L.Erxard, V.Oyken (asli tarixchi) va boshqalar tomonidan davom 
ettirildi.
V.Rebekning "nemis iqtisodiy siyosati to`g`rimi?"(1950) degan ki-
tobi muqaddimasida GFR kansleri K.Adenauer "ijtimoiy bozor xo`jaligi" 
modeli mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida qilin-
ganligini bayon etadi. 
V. Rebke xarakteristikasi bo`yicha, "ijtimoiy bozor xo`jaligi" - 
"iqtisodiy insonparvarlik" sari o`ldir. U o`zining "Insonparvar jamiyat" 
asarida kollektivizmga - persinolizm, hokimiyat konsentratsiyasiga - erk-
inlik, sentralizmga - desentralizm, tashkilotchilikka - o`zini-o`zi boshqar-
ishni qarshi qo`yadi va boshqalar. 1957 y. XDS ning navbatdagi syezdida 
L.Erxard, V.Rebke g`oyalarini qullagan holda GFR da "ijtimoiy bozor 
xo`jaligi"ning 2- bosqichi boshlanganligini tasdiqladi. 60-yillarda L.Erxard 
o`z maqolasida avvalo "erkin musobaqa ijtimoiy bozor xo`jaligining eng 
asosiy elementi hisoblanadi" deb ta'kidlangan edi. 1965 y. partiyaning 
navbatdagi syezdida L.Erxard GFRda "Ijtimoiy bozor xo`jaligi" ni tashkil 
etish dasturining nihoyaga etganligini e'lon qildi. Bu dastur mamlakatni 
"rasmiylashgan jamiyat"ga aylantirildi.
"Rasmiylashgan jamiyat" doktrinasi L.Erxard va uning maslahat-
doshlari bo`yicha bu eng yaxshi "tabiiy iqtisodiy tartib" ni izlash bo`lib, 
unga "ijtimoiy bozor xo`jaligi" orqali yetishish mumkin. Unda ijtimoiy 
tizim va ishlab chiqarish munosabatlarining besh shakli (tipi), sinflarining 
antogonizmi to`g`risidagi markscha g`oyalar qat'iyan inkor etiladi. Bu 
g`oyalar V.Oykenning inson jamiyati uchun faqat ikki tipdagi iqtisodiyot: 
"Markazdan boshqariladigan" (totalitarizm) va "Almashuv iqtisodiyoti" 
(boshqacha matn bo`yicha-"erkin, ochiq xo`jalik") xos, konkret tarixiy 
sharoitlarda biron tip belgilarining ustuvorligi bilan qo`shma shakli ham 
mavjud bo`ladi.
Valter Oyken (1891-1950) "Milliy iqtisodiyot asoslari" (1947) 
asarida (9 mrta qayta nashr etilgan) iqtisodiyotni qayta tashkil etishning 
asosiy shakllarini tiplarga bo`lish muammolarini fundamental ishlab 
chiqdi. Asli tarixchi bu olim kitobning "Iqtisodiy tizimlar" bobida bir xil 
jamiyatda ikkita ideal iqtisodiyot tiplari o`zaro birga yashaydi, bular al-
mashuv va markazdan boshqariladigan iqtisodiyotlardir. Markazdan bosh-
qariladigan iqtisodiyotga xos narsa shuki, har kungi jamiyatning iqtisodiy 
hayoti bir markazdan keluvchi reja (plan)lar bilan tartibga solinadi. Agar 
jamiyat iqtisodiyoti ikki yoki undan ortiq alohida xo’jaliklardan iborat 
bo`lsa (ularning har biri o`z rejalarini tuzadi va amalgi oshiradi), bu "al-
mashuv iqtisodiyoti" sistemasidir.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


343 
Turli tarixiy sharoitlarda ko`pinsa bu sistemalar aralash holda 
bo`ladi, bu bir qancha misollar bilan isbotlab beriladi. Shu bilan birga, 
Oyken bo`yicha, eslab o`tilgan tiplar uch shaklda amalga oshadi, uning har 
biri quyidagicha ta'riflanadi: a)totalitar markazdan boshqariladigan iqtiso-
diyot (almashuv umuman inkor etiladi; mahsulotni ishlab chiqarish, taqsi-
mot va iste'mol ohirgi maydo-chuydaga markaziy boshqarma buyruqlari 
asosida amalga oshiriladi); b) iqtisodiyotni markazdan boshqarish asosida 
iste'mol mollarini erkin almashuv (markaz tomonidan belgilanadigan "ish-
lab chiqarish kuchlaridan" foydalanish usullari, ishlab chiqarish jarayonin-
ing vaqtli tarkibi, maxsulotlarni taqsimlash usullari va boshqalar asosida 
amalgi oshiriladi. 1-variantdan farqli ravishda bu yerda iste'molchilar al-
mashuv yo`li bilan ajratilgan iste'mol mollariga o`zgartirishlar kiritishlari 
mumkin); v) erkin iste'mol tanlovi asosidagi markazdan boshqariladigan 
iqtisodiyot (boyliklarni iste'mol uchun odatda markaziy inspatsiya ishlab 
chiqarishni belgilagan maxsulotlar ichidan erkin tashlash mumkin). 
"Eruiye bozor xo`jaligi" avtomatik ravishda faoliyat yurita olmas-
ligini V.Rebke va L.Erxard, ishlab chiqarish anarxiyasining har qanday 
ko`rinishlariga qarshi davlatning shunga muvofiq choralarni qo`llash 
uchun iqtisodiyotga aralashuvi zarurligi tan olinadi. Bu aralashuv erkin va 
ijtimoiy zarur jamiyat tuzumi sintezi (qo`shilishi)ni ta'minlashi kerak. Re-
bke-Erxardning obrazli ifodasiga ko`ra, davlat roli futbol maydonidagi 
sudya (arbitr) bilan tenglashtiriladi, arbitr futbol komandalari o`yinini 
ma'lum qoidalar asosida diqqat bilan kuzatib va boshqarib boradi, ammo, 
o`yinda bevosita ishtirok etishiga haqqi yo`q. Boshqa so`z bilan aytiladigan 
bo`lsa, davlat erkin bozor xo`jaligining ideal tipi bo`lgan "ijtimoiy bozor 
xo`jaligi" faoliyati sharoitini ta'minlash uchun erkin raqobat ("halol o`yin") 
"qoida"larining saqlanishi ustidan nazoratini olib borishi kerak. Undan 
tashqari davlat baho shakllanishi sharoitini nazorat qilishi, monopol baho 
o`rgatilishiga bo`lgan urunish harakat oldini olishi, monopoliyasiz tovar-
pul xo`jaligida xususiy mulkning qo`riqlanishi ustuvor ahamiyatini kafolat-
lashi kerak. 
60-70-yillarda neoliberalizm konsepsiyasi "ijtimoiy bozor xo`jaligi" 
modelini yaratish va amalga oshirish prinsiplari institutsionalizmning "bar-
cha uchun farovonlik jamiyati" konsepsiyasi bilan hamohangdir. Chunki, 
ikkala modelda insonni inson tomonidan ekspluatatsiya va sinfiy antego-
nizm inkor etiladi. Bu modellardan bundan tashqari davlatning faol ijti-
moiy vazifasi (funksiyasi) g`oyasi bor. Davlat barcha fuqarolarga ijtimoiy 
xizmatni olish va ular farovonligini oshirish uchun teng huquq va teng 
imkoniyatlar yaratishi zarurdir. Bunda jamiyatning turli qatlamlarida ak-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


344 
sionerlar sonining ortishi bilan birga, barcha ijtimoiy institutlar barqaror-
ligining o`sishi, asosiy mehnatkash aholining ertangi kunga ishonchi va 
boshqalar ko`zda tutiladi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə