Iqtisodiy talimot doc


Asosiy tushuncha va iboralar



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Asosiy tushuncha va iboralar 
Keyns; davlatning iqtisodiyotga aralashuvi; "Umumiy nazariya...", 
aralash iqtisodiyot; psixologik qonun; bandlik, milliy daromad
investitsiya; foiz, likvidlik; multiplikator; keynschilik; AQSHdagi 
keynschilik; akselerator; Fransiya keynschilari; indikativ rejalashtirish.
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.1Keyns ta'limotining mohiyati, "Bandlik, foiz va pulning umumiy 
nazariyasi" asari to`rsida nima bilasiz? 
2.Davlat iqtisodiyotga nima uchun aralashuvi kerak? 
3.Keyns ta'limotiga qanday shart- sharoitlar asos qilib olingan? 
4.Keynsning "psixolok qonuni" nimani anglatadi? 
5.Investitsiya, multiplikator koeffitsienti nima? 
6. Foiz , likvidlikning mohiyati nimada? 
7. Davlatning iqtisodiyotga arashuvi doiralari qanday? 
8. Amerika va Yevropadagi keynschilik xususiyatlari nima? 
9. Domar- Xarrodning iqtisodiy o`sish nazariyalari nimani 
bildiradi? 
10.Keyns ta'limotining hozirgi davrdagi ahamiyati nimadan iborat? 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


340 
Pul bo`lsa, changalda sho`rva.
Maqol. 
19-BOB. NEOLIBERALIZM 
 
19.1. Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari 
Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo`ldi va 
XX asrning 30- yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning 
mustaqil qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda 
neoliberal iqtisodiy jarayonlarga davlatning ma'lum darajada aralashuvi tu-
fayli cheklanmagan erkin raqobat g`oyasining ustuvorligiga asoslanadi. 
Agar keynschilik iqtisodiyotda davlatning faol aralashuvini boshidanoq za-
rur deb qarasa, neoliberalizm davlatning nisbatan passiv tartibga solishini 
qo`llaydi. Keynschilik modellarida iqtisodiyotning turli sohalarini investit-
siyalash, hukumat buyutma va xaridlari hajmini kengaytirish, soliq siyo-
satini kuchaytirish bo`yicha davlat chora-tadbirlari majmuasiga ustuvorlik 
beriladi. Bu siyosatning o`nta keng qo`llanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan 
ma'lum bo`lgan davlat budjeti kamomadi va inflatsiyaga olib kelishida 
ko`rinadi. 
Neoliberalistlar 
iqtisodiyotni 
liberallashtirishni, 
erkin 
baho 
shakllanish prinsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk va 
nodavlat tuzilmalarining yetakchi bo`lishini qo`llaydilar. Davlatning iqti-
sodiyotni boshqarishdagi rolini esa "tunggi qorovul" yoki "sport sud'yasi" 
qabilida bo`lishi ko`zda tutiladi. Bu yo`nalishning yirik vakili L.Erxard 
aytganidek "Raqobat mumkin bo`lgan hamma yerda, tartibga solish - zarur 
bo`lgan yerda" amalga oshuvi kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki 
cheklangan bo`lib, tadbirkorlarning erkin va mo'tadil faoliyati iqtisodiyot-
dagi muvozanatni saqlashning asosiy sharti sifatida qaraladi. 
XX asrning 30-yillarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini chek-
lash maqsadida muqobil neoliberal markazlar tashkil etildi. Buning sababi 
shundaki, 2-jahon urushi arafasida paydo bo`layotgan militaristik g`oyalar 
nihoyatda kuchli bo`lib, ko`p mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, AQSH, 
Buyuk Britaniya...) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin kuchayadi. 
Neoliberalizmning eng yirik markazlari Germaniya, AQSH va An-
gliyada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi vakil-
lari - V.Oyken, V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erxard va b.), Chikago maktabi, 
uni "monetar maktab" deb ham ataydilar (yetakchi vakillari - L.Mizes, 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


341 
M.Fridmen, A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi vakillari - 
F.Xayek, L.Robbins va b.). 
Fransiyada neoliberal g`oyalarning taniqli vakillari sifatida iqtisod-
chilar J.Ryueff, M.Alle va boshqalarni keltirish mumkin. Bu olimlar o`sha 
davridayoq yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat 
boshladilar. 1938 yili Parijdagi konferensiyada neoliberalizmning asosiy 
prinsiplari xalqaro ko`lamda e'lon qilindi. Bu neoliberallarning yig`ilishi 
(forumi) "Lippman kollokviumi" deb xam ataladi, buning sababi shuki
o`sha yili amerikalik iqtisodchi A.Uolter Lippman "Erkin shahar" kitobini 
e'lon qildi va undagi g`oyalar neoliberal prinsiplar bilan hamohangdir. 
Parijdagi qo`llab-quvvatlangan neoliberal umumiy prinsiplarning mohiyati 
shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat qoidalarini qaytarishga g`amo`rlik 
qilishlari va ularni barcha xo`jalik subektlari tomonidan bajarilishini 
ta'minlashlariga ko`maklashuvi so`raladi. Bu hujjatda xususiy mulk ustun-
vorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat yo`li bilan faqat 
ekstremal (urush, stixiyali ofat, katastrofa va b.) holatlardagina qayta 
ko`rilishi mumkin deb hisoblanadi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə