Iqtisodiy talimot doc


 Keynschilikning AQSHdagi xususiyatlari



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

18.3. Keynschilikning AQSHdagi xususiyatlari. 
Iqtisodiy o`sish nazariyalari 
50-yillarda keynschilik g`oyalari rivojlantirilib, yangi g`oyalar ilgar 
surildi. Ularning asosiy mohiyati iqtisodiy o`sish sur'atlari doimligini 
ta'minlovchi mexanizmlarni aniqlash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda 
"mulsipirikator-akselerator" sistemasini hisoblashga asoslangan va o`ziga 
xos keynschilikning o`sish nazariyalari, jamg`arish va iste'mol o`rtasidagi 
o`zoro bog`lanish xarakteristikalaridan foydalanib iqtisodiy dinamikani 
modellashtirish yuzaga keldi.
Yuqorida tilga olingan iqtisodiy o`sish nazariyalarining asosiy 
namoyondalari Massachuset texnologiya instituti professor Yevsey Domar 
(1914) va Oksford universiteti professori Robert Xarrod (1890-1978) 
hisoblanadi. Ularning nazariyasi (modeli) iqtisodiyotning doim (mo`'tadil) 
sur'atlarda o`sishi dinamik barqarorlik (ilgarilab borish) ning asosiy sharti 
sifatida maqsadga muvofiq ekanligining umumiy xulosalarini birlashtiradi. 
Ularning fikricha, shundagina ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat 
resurslaridan to`la foydalanishga erishish mumkin. Xarrod- Domar 
modelining boshqa bir qoidasi bo`yicha ayrim parametrlar, chunonchi 
daromadlardagi jamg`arma hissasi va kapital quyilmalarning o`rtacha 
samaradorligi uzrq davr mobaynida doim deb tan olinishi hisoblanadi. 
Mualliflar dinomik barqarorlik va doimiy o`sishga erishish avtomatik 
ravishda bo`lmasligi, balki davlatning shunga muvofiq siyosati natijasida
ya'ni davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki tufayli ro`y berish 
mumkinligini ta'kidlaydilar. 
Domar va Xarrod modellaridagi farq-boshlang`ich pozitsiyalardagi 
ayrim ko`rsatkichlardir. Masalan, Xarrod medelida investitsiya va 
jamg`armalar tengligi g`oyasi, Domarda esa pul daromadlari (talab) va 
ishlab chiqarish quvvatlari (taklif) teng deb qabul qilinadi. Ikkala olim 
shunga ishonchlari komilki, daromad o`sishini ta'minlashda investitsiyalar 
roli, ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi faoldir, bunda shu narsa 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


338 
ko`zda tutiladiki, o`sishi bandlikka yordam beradi, bu esa o`z yo`lida, 
korxonalarning yarim quvvat bilan ishlashi va ishsizlikning oldini oladi. 
Bu Keynsning shu sohadagi konsepsiyasini so`zsiz tan olishdir; chunki 
Keyns bo`yicha, iqtisodiy jarayonlar investitsiya va jamg`armalar orasidagi 
proporsiyalar xarakteri va dinamikasiga bog`liq, aniqroq aytilsa 
investitsiyalarning ildam o`sishi, baholar darajasi o`sishiga sabab bo`ladi, 
jamg`armalar o`sishi esa korxonalarning to`la ishlamasligi va ishsizlikning 
sababidir.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə