Iqtisodiy ta'limotlar



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

Amir Temur 


72 
Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o`lib ketgan va qochganlarga 
tegishli mollarni, kelib-ketayotganlar, savdogarlar mol-mulkidan olinadi-
gan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarib, bularning barchasi-
da to`plangan daromadlarni omonat tarzida saqlagan. Agar g`oyib 
bo`lganlar va vafot etganlarning mol-mulki bo`lsa, ularni o`z me-
rosxo`rlariga topshirgan. 
To`rtinchi vazir saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo`lib, u saltanat-
dagi jami idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan xarajat, 
hatto otxona va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan xarajatlardan ogoh 
bo`lib borgan. Vazirlar Devonbegiga bo`ysungan. 
Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar: "Amr 
qildimki, sadrlar sadri (sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning 
hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) sayyidlar va boshqa arboblarga 
suyurg`ol tariqasida berilgan yerlar va vaqflarning ahvolini, ularning vazi-
falarini qay darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga arz qilib tur-
sin... Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni 
yozib borish uchun bir kitob tayinlansin". 
Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko`rinishi 
bo`lgan: 
1. Suyurg`ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan 
ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o`tgan. Suyurg`ol egasi markaziy 
xazinaga to`lanadigan soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqon-
larni ishlatib, yer solig`i - xiroj olganlar. 
2. Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo`lib, ular odamlarga bi-
ron-bir xizmati uchun berilgan. 
3. Ushr yerlar. Sayyid va xo`jalarga mansub yerlardir. Bundan 
olingan hosilning undan biri davlatga berilgan. 
4. Vaqf yerlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari 
joylarga doir yerlardir. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar 
mol-mulki bilan in'om etilardi. Masalan, Amir Temurning Ahmad Yassa-
viy uchun qurdirgan vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. Ahmad Yassaviy 
va boshqa avliyolar, din peshvolarining maqbaralari uchun vaqfdan 
mablag` ajratilgan. 
5. Askarlarga, askarlarning rahbarlariga beriladigan yerlar. 
Kimdakim biron sahroni obod qilsa yoki qoriz (er osti suvlarini 
tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog` ko`kartirsa 
yohud birorta xarob bo`lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan 
hech narsa olmaganlar. Ikkinchi yili raiyat o`z roziligi bilan berganini 
olgan. Uchinchi yildagina soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig`ilgan. 


73 
Amir Temur kattayu kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, 
madrasa va xonaqohlar bino qilishni, faqiru miskinlarga langarxona 
(yo`lovchilar qo`nib o`tadigan, kambag`al yetim-yesirlarga ovqat 
beriladigan joy), g`aribxona qurishni, kasallar uchun shifoxona bunyod 
etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni buyurgan edi. 
Amir Temur Angliya va Farangiston qirollariga murojaat qilib, 
xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirdi. Markaziy Osiyo orqali o`tadigan 
Buyuk ipak yo`lida karvonlarning xavfsizligini ta'minladi. Mashriqdan 
Mag`ribgacha bo`lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirib, turli ravotlar, 
karvonsaroylar, savdo rastalari qurdirdi. 
Sohibqiron 1365-1366 yilning qishida qarshi shahrining atrofini, 
1370 yili Samarqandni devor bilan o`rab, qo`rg`on bunyod ettirgan. 1380 
yilda Shahrisabzda Oqsaroyni qurishga kirishib, shahar atrofini devor bilan 
o`ragan. Bu misollar aytib turibdiki, devor va qo`rg`onlar bekorga barpo 
bo`lmagan. Ular chegara vazifasini o`tab, shahar aholisini do`st-
dushmandan, bordi-keldidan muhofaza qilgan. Qarshi so`zi ichkari va 
tashqari degan ma'nolarga egadir. Ma'lumki, Amir Temur saltanatining 
chegarasi harbiy yurishlar vaqtida beqaror edi, lekin shunday bo`lishiga 
qaramay, uning yurtidan biron-bir narsa tashqariga so`roqsiz olib chiqib 
ketilmagan. Jahongir bu haqda: "Mamlakatni himoya qilib, dushmanni 
yo`latmagan navkarni yuqori martabaga ko`tarib, hurmatlasinlar. O`g`ri va 
qaroqchilarni jazolasinlar, fasodchi, buzuqi, nafsi yomon kishilarni 
mamlakatdan haydasinlar. Atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, chetdan 
kirgan va chetga chiqadigan yot kishilar, har mamlakatdan kelgan 
karvonlar va hukmdorlik haqidagi xabarlar qo`shni podsholar, ularning 
gaplari, ishlari uzoq o`lkalardan bo`lib, mening dargohimda yuzlangan 
ulamo, fuzalo haqidagi batafsil xabarlarni (xabarnavislar) rostlik, to`g`rilik 
bilan menga yozib tursinlar. Xabarlarni kunma-kun, haftama-hafta, oyma-
oy mening arzimga yetkazib tursinlar", degan edi. Mazkur vazifalarni 
bajarmoq uchun har bir shahar va qishloqda qutvol (qal'a boshlig`i) 
tayinlanib, ular sipoh va raiyatga soqchilik qilganlar va yana yo`l ustiga 
kuzatuvchilar, zobit (idora etuvchi, boshqaruvchi, qo`shin boshlig`i)lar 
tayinlanib, ular yo`llarni qo`riqlab, o`tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni 
kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini manzildan-manzilga yetkazib 
qo`yganlar. Yo`l ustida bironta odamning biror narsasi yo`qolsa, o`zi 
o`ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, buning uchun javob berish 
ularning zimmasida bo`lgan. 
Buyuk jahongirning mana bu so`zlari yanada qimmatliroqdir: "Har 
mamlakat va diyor sayohatchilari musofirlarining boshini siladimki, turli 


74 
mamlakatlardan menga xabar keltirib turdilar. Har bir mamlakat va diyorga 
savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular qayerga borishmasin: 
Xitoy, Xo`tan, Chinu Mochin, Hindiston, Arab mamlakatlari, Misr, Shom, 
Rum, Jazoir, Farangiston (Ovrupa), u yerlarning nafis matolari va munosib 
tuhfalaridan keltirishsin. O`sha mamlakatda yashovchi kishilarning hol-
ahvoli, turish-turmushlari haqida menga xabar olib kelsinlar, har bir 
mamlakat hukmdorining o`z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda 
ekanligini aniqlasinlar". 
Amir Temur davrida ulufa (oziq-ovqat, maosh, soliq turi) berish 
quyidagicha edi. Amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, o`nboshilar va 
sipohiylarga ushbu tartibda maosh berilgan: oddiy sipohiyga o`z vazifasini 
o`rinlatib bajarish sharti bilan maoshi mingan otining bahosiga teng 
bo`lgan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to`rt otgacha 
tayinlangan. O`nboshilar maoshi qo`l ostidagi oddiy sipohiylarnikidan o`n 
barobar ortiq bo`lgan. Yuzboshilar maoshi o`nboshilarnikiga qaraganda 
ikki barobar, mingboshilarniki esa yuzboshilarnikidan uch barobar ziyoda 
edi. Chorpilchor (urush vaqtida) xatoga yo`l qo`ygan sipohiylarning 
maoshi o`ndan birga kamaytirilgan. O`nboshi yuzboshi tasdig`i bilan, 
yuzboshi mingboshining tasdig`i bilan, mingboshi bosh amir tasdig`i bilan 
ulufa olganlar. Bosh amir - amir-ul-umaroning maoshi qo`l ostidagilardan 
o`n barobar, devonbegi va vazirlarning maoshlari amirlarnikidan o`n 
barobar ortiq bo`lgan. Yasovul (xonlarning kichik xizmatchisi, qo`riqchi), 
chopovul (chopqunchi, asosan tunda o`tkaziladigan bosqin qatnashchisi), 
kalakchi (aholidan yig`ilgan hosildan xiroj miqdorini belgilovchi 
mansabdor)larning maoshi xizmatiga yarasha, mingdan o`n ming 
tangagacha bo`lgan. Sayyidlar, olimlar, fozil kishilar, hakimlar, tabiblar, 
munajjimlar, qissaxonlar, xabarchilar, tarixdonlarning o`z hollariga qarab 
suyurg`ol, vazifa va maosh belgilangan. Xizmatchilar, farrosh (bu yerda 
palos to`shovchi ma'nosida)larga yuzdan ming tangagacha maosh berilardi. 
Umuman, davlat tomonidan beriladigan maoshlarning to`liq 
ma'lumotlarini Devonbegi va vazirlar Amir Temurga bildirib, so`ngra 
tanho (bu yerda saroy xizmatchilari, lashkarboshilar va askarlar uchun 
maxsus xazinadan beriladigan maosh. Ba'zida alohida xizmat ko`rsatgan 
beklarga tanho sifatida yer-suv berilgan) berganlar. 
Sohibqiron vasiyatiga ko`ra uning to`ng`ich o`g`li Muhammad 
Jahongir Mirzo valiahd va viloyat hokimi bo`lib, o`n ikki ming otliq 
askarga ulufa olib, bir viloyat olgandi. Uchinchi o’g`li Mironshoh mirzo 
to`qqiz ming otliq askarga teng ulufa olgan va bir viloyatni tasarruf qilgan. 
To`rtinchi o`g`li Shohruh Mirzo yetti ming otlik askarga ulufa olgan va bir 


75 
viloyat egasi bo`lgan. Nabiralari ham uch mingdan yetti minggacha otliqqa 
ulufa va bir viloyat oladilar. 
Amir 
Temur 
davrida 
piyodalar, 
kalakchilar, 
yasovullar, 
chopovullarning bir yillik maoshlarini hisoblab, belgilangan mablag`ni 
devonxonaga keltirib, shu yerda ularga tarqatilgan. Sipohiylar va 
bahodirlarning yarim yillik maoshlari ham hisoblanib, tanho xazinasidan 
olib berilgan. 
O`nboshi, yuzboshilarga maosh shahar aholisidan olinadigan 
soliqlardan yig`ilgan xazinadan va podsholiq mulki daromadidan naqd pul 
hisobida olingan. Mingboshilarga viloyat ichidagi yerlardan tiyul (xiroj va 
soliq yig`ib olish haqi bilan in'om etiladigan yer-mulk)lardan berilgan. 
Amirlar va amir-ul-umarolarga viloyatlardan biri tiyul etib belgilangan. 
Temur viloyatlardan tushgan daromadlarni taqsimlash haqida shunday 
degan edi: "Viloyatlar va mamlakatlardan olingan jami daromadni 
taqsimlab, maosh berish yerliklariga biriga kam, biriga ortiq qilib 
yozsinlar. So`ng yerliklar devonxonaga keltirilsin. Amirlar, mingboshilar 
shu yerliklardan birini chiqarib olsin". 
Amirlar, mingboshilar raiyatdan molu jihot (naqd pul va mahsulot 
bilan to`lanadigan soliq) yiqqanlarida, xirojdan ortiqcha sovariy (podsho 
va xonlar o`z viloyatlaridan o`tayotganlarida xalqdan talab qilinadigan 
tortiqlar), qo`nalg`a (choparlar va elchilarga qo`noq berish solig`i) va 
shilon (podshohlar va amirlarning ovqati uchun yig`iladigan soliq) talab 
qilinmagan. Tiyul qilib berilgan har bir mamlakatga ikkitadan vazir 
tayinlagan. Ularning birinchisi viloyatdan yig`ilgan mollarni yozib raiyat 
ahvolini tekshirib turib, tiyul egasi (jog`irdor) ning fuqarolarga zulm 
yetkazmasligi uchun ularning holidan xabardor bo`lib turgan, yig`ilgan 
butun mol-mulklarni kirim daftariga yozgan. Ikkinchisi daromadning xarj 
etilgan qismini chiqim daftariga yozib, yig`ilgan mollardan sipohiylarning 
maoshiga taqsim qilingan. 
Amir Temur bu ishlar haqida yana quyidagilarni yozgan: "Qaysi 
amirga tiyul berilar ekan, uni uch yilgacha o`z holiga qo`ysinlar. Uch yil 
o`tgandan so`ng uni tekshirib ko`rsinlar. Agar mamlakat obod, raiyat rozi 
ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga xilof ravishda bo`lsa, ul 
viloyat holisa (davlat ixtiyoridagi barcha soliqlardan ozod etilgan yer-
suv)ga o`tkazilib, uch yilgacha o`sha jog`irdorga ulufa berilmasin". 
Sohibqiron mamlakatlarni fath etish bilan birga, to`plangan mol-
dunyoni, olinadigan boj soliqlarini xayrli maqsadlar uchun sarf qilgan: 
"To`plangan xazinadagi naqd pul va qimmatbaho buyumlarni sipohlarga 
taqsimlab berdim. Qo`shinga yetarli darajada ozuqa berdim", degan edi. 


76 
Piri Amir Shamsiddin Kulol haqida: "Ular menga Xorazmga borishimni 
maslahat berdilar. Agar g`alaba qozonsam, Samarqandning bir yillik 
xirojini ularga nazr qilishga qaror qildim", - deydi. 
Ma'lumki, xiroj yer solig`i uchun va umuman daromad solig`i 
uchun qo`llanilgan. Xiroj ayrim hollarda daromadning uchdan birini 
tashkil etgan. Shuningdek, xirojni "mol" deb ham atashgan. "Raiyatga haq-
nohaq jarimalar soluvchi vazir saltanatni buzadi",- degan edi sohibqiron. 
Muruvvatli jahongir: "Kimki mening xizmatimni qilgan bo`lsa, 
xizmat haqini ado etdim. Farzandlar, qarindoshlar, oshna-og`aynilar, qo`ni-
qo`shnilar va men bilan bir vaqtlar do`stlik qilgan barcha odamlarni 
davlatu ne'mat martabasiga erishganimda unutmadim, molu mulk va naqd 
pul bilan haqlarini ado etdim",-deydi. Shuningdek, u amirlar va 
sipohiylarni martaba va unvonlar, zaru zarvarlar bilan xushnud etgan, 
bazmlarda o`z yonidan joy bergan, xullas, ularning jang vaqtidagi 
qahramonliklarini hech vaqt unutmagan. Sohibqiron hayr-ehson ishlari 
bilan odamlarning ko`nglini olgan. 
Sipoh va raiyatga bir ko`z bilan qarab, bahodirlar, dovyuraklarga 
maxsus faxriy o`tova (bosh kiyimiga taqiladigan qimmatbaho toshlar bilan 
bezatilgan ziynatli belgi), kamar va tarkash (sadoq - o`qdon) taqdim etib
martabalarini yanada yuqori ko`tartirdi. Har el va har mamlakatning 
ulug`larini, boshliq-oqsoqollarini qadrladi. Ularga sovg`a-salomlar berib, 
xizmatlaridan foydalandi. Sipohiylarni hamisha jangda tayyor turishlari 
uchun oylik haqlarini so`rattirmay, vaqtida bergan. Sarmoyasi qo`lidan 
chiqib ketgan savdogarga o`z sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun 
xazinadan yetarli miqdorda oltin berilgan. 
U vaqtlarda bozor ahlidan soliq olish qal'a boshlig`i zimmasiga 
yuklangan. Soliq olish Qur'oni Karim ta'limotiga muvofiq edi. Hadis va 
"Hidoya" kitoblarida bu to`g`rida to`la ma'lumotlar berilgan. Hech bir 
shahar va qishloqqa odamlardan sari shumor (jon boshidan olinadigan 
soliq) va xonashumor (har bir xonadondan olinadigan soliq) olinmagan. 
Raiyatdan mol-xiroj yig`ishda ularni og`ir ahvolga solishdan yoki 
mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo`yishdan saqlanilgan. Negaki, Amir 
Temur 
"Raiyatni 
xonavayron 
qilish 
davlat 
xazinasining 
kambag`allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa sipohning 
tarqalib ketishiga sabab bo`ladi. Sipohning tarqoqligi esa, o`z navbatida 
saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi. Fath etilgan yerlik fuqaro 
azaldan berib kelingan xiroj miqdoridan rozi bo`lsa, ularning roziligi bilan 
ish ko`rsinlar. Xirojni ekindan olingan hosilga va yerning unumdorligiga 
qarab yig`sinlar. Fatx etilgan har bir mamlakatning mol-mulkini, 


77 
buyumlarini talon-tarojdan saqlasinlar. O`sha mamlakatdan tushgan o`lja 
mollarni hisob-kitob qilsinlar", - degan edi. 
Yevropadan ancha ilgari bu davlatda budjet tushunchasi bo`lgan. 
Davlat xazinasi, kirim, chiqim, hisob-kitob qat'iy olib borilgan, taftish 
yo`lga qo`yilgan edi. Buning uchun ma'lum mas'ul shaxslar ajratilgan va 
doim hisob berib borganlar. 
A.Temurning davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari 
"Temur tuzuklari"da to`la bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temurning 1342-
1405 yillar oralig`idagi faoliyatini aks ettiradi va ikki qismdan 
(maqoladan) iborat. Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish, uni 
mustahkamlash, qo`shni (27) yurt va mamlakatlarni zabt etish masalalari 
yoritilgan bo`lsa, ikkinchi qismda sohibqiron nomidan aytilgan o`ziga xos 
vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, shu jumladan ijtimoiy-
iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. 
A.Temur mamlakatda gadolar bo`lmasligi kerak, degan qoidaga 
amal qilgan va uning yo`lini ham belgilab bergan. Gadolarning barchasi 
to`plangan va ularga bir yillik kerakli yemish, kiyim-kechak berilgan, 
ularni biror foydali ish bilan shug`ullanishga jalb etilgan. Odatda, 
ko`pchilik gadoylikni tark etib, biror faoliyat bilan kun ko`rgan. 
Gadoychilikni tark etmaganlar qul qilib sotilgan yoki mamlakatdan 
chiqarib yuborilgan. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə