Iqtisodiy ta'limotlar


Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarning mohiyati



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

4.3. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarning mohiyati 
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida ham iqtisodiy g`oyalar 
muhim o`rinni egallaydi. Uning asarlarida va faoliyatida ayniqsa tijorat
savdo masalalari ancha mukammal yoritilgan. A.Navoiy asarlarida 
savdogarlik ishi ma'qullanadi, lekin tovlamachi va chayqovchi qattiq 
tanqid qilinadi. A.Navoiy davlat arbobi sifatida mamlakatni tinch saqlash, 
obodonlashtirish ishiga katta hissa qo`shdi. U tirikligida mingta inshoot 
qurishga va'da bergan va va'dasining ustidan chiqqan, ko`pgina madrasa, 
shifoxona, hammom, ko`prik, rabot va boshqalarni o`z hisobidan 


80 
qurdirgan. Mehnatning inson va jamiyatdagi o`rniga, do`stlikka yuksak 
baho bergan. 
Alisher Navoiy (1441-1501) shoir va 
davlatning yetakchi vaziri sifatida nom qozongan. 
Navoiyning mana bu sifatlari uning ijtimoiy-
iqtisodiy, falsafiy qarashlarida yaqqol ko`zga 
tashlanadi. Navoiy o`z davrining progressiv kishisi 
sifatida gumanistik va vatanparvarlik mafkurasi 
ramkasidan otilib chiqdi. U o`z davrining siyosiy 
va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning 
iqtisodiy 
qudratini 
barkamollashtirish 
uchun 
kishilarda gumanistik vatan-parvarlik xislatlarini 
uyg`otish kerak ekanligini erta tushunib yetdi. 
Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy 
fikrlari shakllangan asari - bu 1469 yilda Husayn 
Boyqaroning 
taxtga 
kelishiga 
bag`ishlangan 
"Hiloliya" asaridir. Husayn Boyqaroning taxtga 
kelishini Navoiy zulmat qorong`uligini yoritadigan 
"hilol", ya'ni uch kunlik oy bilan tenglashtiradi. 
Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy qudrati mustahkamlanishiga, aholining 
ijtimoiy, moddiy ahvoli yaxshilanishiga, feodal urushlarga barham 
berilishiga, mamlakatda tinchlik o`rnatilishiga ishongan. Navoiy Husayn 
Boyqaroni shohlar shohi deb maqtaydi. Lekin Navoiy, maqtash bilan birga 
muhim ijtimoiy-iqtisodiy fikrlarni ham ilgari suradi. Hukmdorni maqtash 
Navoiy tomonidan qo`llanilgan taktik bir usul edi. Uning asosiy strategik 
maqsadi esa mamlakatning iqtisodiy-siyosiy ahvolini yaxshilashga, yagona 
markazga, markazlashgan, qudratli davlat barpo qilishga qaratilgan edi. 
Navoiy Husayn Boyqaroning taxtga kelishidan mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy, 
sotsial-siyosiy 
va 
madaniy-oqartuv 
sohalarida 
yuksak 
o`zgarishlar amalga oshirilishiga katta umid bog`laydi. 
Navoiy shaxsning tarixdagi roliga katta e'tibor berib, mamlakat 
iqtisodiy ahvoli shu mamlakat hukmdorining aql-idroki va qobiliyatiga 
bog`liq deb hisoblaydi. Agar mamlakat hukmdori fanlarni, ayniqsa, 
iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlarni mukammal bilsa, u 
boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo`ladi, agar teskarisi bo`lsa, 
mamlakat qashshoq va xarob bo`ladi, deydi. Navoiy boshsiz tana 
bo`lmaganidek, podshosiz davlat ham bo`lmaydi deb tarixda realist sifatida 
nom qoldirdi. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə