Shaxsning individuallik xususiyatlari



Yüklə 175,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix12.04.2023
ölçüsü175,83 Kb.
#105140
  1   2
shaxsning-individuallik-xususiyatlari



Shaxsning individuallik xususiyatlari 
Mahbuba Erkinjon qizi Berdiqulova 
Islombek Shukurovich Iskandarov 
Guliston davlat universiteti 
 
Annotatsiya: 
Shaxs psixologiyasi murakkab xususiyatga ega bo’lib, uning har 
bir xususiyatlari individualdir. Ushbu maqolada shaxs va uning asosiy xususiyatlari
shaxsning individual sifatlari va uning psixologiyasi yoritilgan. 
Kalit so’zlar:
shaxs, individuallik, psixologiya, individ. 
 
Individual characteristics of the person 
 
Mahbuba Erkinjon qizi Berdikulova 
Islombek Shukurovich Iskandarov 
Gulistan State University 
 
Abstract: 
Personality psychology is complex, and each of its characteristics is 
individual. This article describes the person and his main characteristics, the 
individual qualities of the person and his psychology. 
Keywords:
personality, individuality, psychology, individual. 
Ma’lumki, shaxs va uning o‘ziga xosligi, individualligi muammosi hozirga 
qadar umumiy psixologiya, differensial psixologiya, shaxs psixogiyasi kabi 
fanlarning bahsbop va qiziqarli mavzusi sifatida ahamiyat kasb etmoqda. Bizningcha, 
individuallik shaxsning xulq-atvor sifatlari, xarakter sifatlari va ularning dinamikasi, 
oliy nerv sisitemasi va uning namoyon bo‘lish xususiyatlari kabi masalalarni 
mazmunan ifodalab, shaxsni tadqiq etishning o‘ziga xos yondoshuvini nazarda tutadi. 
Individuallik tushunchasi lotincha so‘zdan olingan bo'lib, «individium» ya’ni 
«bo‘linmas» degan ma’noni anglatadi. Individuallik har bir insonning o‘ziga xos 
psixik xususiyatli ko‘rinishi bo'lib, u o‘zining hayoti va faoliyati davomida shaxsda 
subyekt sifatida ishtirok etadi va ijtimoiy- tarixiy madaniyatni rivojlantirish uchun 
xizmat qiladi. U inson psixikasining betakror qobiliyati va ehtiyojining o‘sishida bir 
butunlik va yagonalik jarayonlari orqali aniqlanadi. Faqatgina faoliyat jarayonida u 
jonli narsalar bilan munosabatga kirishish tufayli shakllanib boradi. Aynan 
individuallik madaniyatning qaytarilmas ifodalovchisi bo‘lib qoladi.[1] 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
719


Munosabatga kirishish uchun zarur bo‘lgan vositalar qatoriga predmetni, forma 
(shakl)larni, tilni, bilimni, aqlni va boshqalarni kiritish mumkin. Shaxsning ana shu 
jihatlari uning individualligini ko‘rsatadi. 
Inson haqidagi ta’limotni boshqa bir manbai boshqa aralash fanlarning yutuqlari 
edi: 
bioximiya, 
psixofiziologiya, 
sotsialpsixologiya. 
Bu 
tadqiqotlarda 
individuallikning xususiyatlari o‘rganilib, boshqa alohida fanlarda bunchalik to‘liq 
yoritilmaydi. Bu tadqiqotlar natijasida yangi tizimli qarash va umumiy nazariya 
yordamida tartiblararo aloqada har qanday reduksionizmni tushuntirishga yordam 
berdi. Misol uchun: differensial psixologiyada, psixofiziologiyada insonning psixik 
xususiyatlarini, asab tizimi xususiyatlaridan ajratish yoki sotsial psixologiyada shaxs 
xususiyatlarini; shaxslararo munosabatlardan ajratish kabilar. 
Inson individualigiga taalluqli bo‘lgan barcha amaliy masalalarni hal qilishda 
somatik xilma-xillikni nerv fiziologik, umumiy psixologik va sotsial psixologik 
individual xususiyatlarni va ularning o‘zaro bog‘liqligini inobatga olish kerak. 
Insonning yuqori ierarxik darajasi va shaxslararo munosabatlar tipik hamda 
sotsial - tipik darajalaribor. Sotsial - tipik shaxsiy xususiyatlari va shaxslararo 
munosabatlar sotsial qonuniyatlar rivojlanishiga asoslanadi. Shaxsning sotsial tiplari 
va individual integral xaraktirestikasining bog‘liqligi ikki taraflamadir.[2] 
Birinchidan shaxsning sotsial tipik xususiyatlari inson faoliyatida integral 
individualik orqali amalga oshadi. Uning yaqqol ko‘rinishini biz faoliyatdagi 
individual stilda ko‘rishimiz mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, individual stil 
barcha kerakli darajalardagi individual xususiyatlarga asoslanadi: asab tizimi 
xususiyatlari, temperament, shaxs xususiyatlari, sotsial status. Shu ma’noda 
individual uslub individuallikning integral xarakteristikasini tushuntiradi. 
Individual uslub peshqadam ishchilarda, bilimga chanqoq o‘quvchilarda yaxshi 
ko‘rinadi. Faqat aktiv munosabatlar orqali inson faoliyati uslubini yaratadi va shu 
orqali individullikni integralligini mos kelishi, kelmasligini aniqlaydi. 
Ikkinchidan individuallik ierarxik darajasi sotsial-tipik sharoitlarsiz vujudga 
kelmaydi. Bioximik individuallikda qondagi steroitlarni ko‘payib ketishi iqtisodiy va 
siyosiy xayotdagi sotsial - tipik stresli xolatlar bilan bog‘liqdir. Shuning uchun 
individual integrallik xar xil sotsial tiplarga bog‘liqdir. 

Yüklə 175,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə