Shaxsning individuallik xususiyatlari



Yüklə 175,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix12.04.2023
ölçüsü175,83 Kb.
#105140
1   2
shaxsning-individuallik-xususiyatlari

A.D.Erashenko
tadqiqotlarida shaxs xususiyatlari va sotsial status bog‘liqligini 
o‘rgangan. 
Ko‘rib chiqilgan faktlardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin. 1) 
individuallik integral xususiyatlar orasida hamma katta tizimlardagidek matematik 
tiplar mavjud. 2) Xususiyatlar har xil individual integrallardagi ierarxik darajaga 
taalluqlidir: a) asab tizimiga (neyrodinamik), b) temperamentga (psixodinamik), v) 
shaxslikka, g) guruxdagi va kollektivlardagi sotsial muhitga.[3] 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
720


Ierarxik darajalar ko‘pqirralik kriteriyasiga qarabgina emas boshqa 
kriteriyalarda ham aniqlanadi. Quyi ierarxik darajani biz yuqori daraja qismi qarash 
mumkin. 
P.K.Anoxin asab tizimida neyronli darajani, neyronlar populiyasiyasi darajasini 
aniqlagan. Yoki 
B.G.Ananev
fikricha quyi ierarxik daraja yuqorisiga qaraganda 
genetik yoki funksional taraflama qaralib birlamchi hisoblangan. 
Individual integral darajadagi biz ajratgan xususiyatni, shaxsning neyrodinamik, 
psixodinamik xususiyatlari va sotsial statuslari bilan taqqoslab bir-birisiz bo‘lmaydi 
deb aytolmaymiz. Bir darajaga xos xususiyatni boshqa bir daraja xususiyatlaridan 
chiqarib ololmaymiz. 
Ko‘p ahamiyatli aloqalar natijasida ierarxik darajalarda ma’lum bir ochiqlik va 
yopiqlik darajasiga erishadi. 
L.Bertalanfi
va 
R.Eshbi
lar aytishicha bunaqa katta 
tizimlar obyektiv sharoitimiz o‘zgaruvchanligini va ko‘plab o‘zini rivojlantirish va 
o‘zaroboshqarishni ta’minlabberadi. Qaysidir ierarxik darajadagi bir xil xususiyatlar 
o‘zgarib turuvchi aloqa yoki sharoitlardan boshqa darajalar bilan har xil funksiyalarni 
bajarishi mumkin. 
Shunday qilib har xil xususiyatlar o‘rtasida kompensator munosabatlari 
o‘rnatiladi. Ko‘p yillik differensial psixofiziologiya ishlarida biz insonni asab tizimi 
tipi xususiyatlari va faoliyatga bo‘lgan munosabatida, faoliyatning individual stil 
tipologiyasiga asosalanadi. Agar inson unchalik effektiv bo‘lmagan va uning 
tipologik xususiyatliga to‘g‘ri kelmaydigan operatsiyalar tizimini qo‘llasa bunda asab 
tizimi xususiyatini faoliyatga va faoliyat ijobiy munosabatni ta’sirlari orasida 
kelishmovchilikni yuzaga keltiradi. Asab tizimi faoliyati faoliyatga ijobiy 
munosabatni amalga oshirishga to‘siq bo‘lib qoladi.
Inson individualligining etilishiga, rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning 
ko‘pqirraliligini hisobga olgan xolda V.S.Merlin bu tushunchani aniqroq ifodalash 
uchun «integral individuallik» atamasini kiritdi. Syu bilan birga u individuallik 
tushunchasida barcha tabiiy va ijtimoiy xususiyatlar integratsiyasini ko‘rsatib o‘tdi. 
Bunday yondoshishga ko‘ra, inson individualligi bu uzluksiz tashqi va ichki 
o‘zgarishlar sharoitida o‘z yaxlitligi va o‘z-o‘ziga o‘xshashlikni saqlab qoluvchi, 
yakka bita odamning aloxida turmush shakli (tarzi) bo‘lib,u turmush tarzi doirasida 
muxtor sifatida, yakka va betakror biosistema (tabiiy-ijtimoiy tuzilma) tariqasida 
yashaydi va sa’yi-harakat qiladi. Bu borada V.M.Bexterevning bir fikrini eslab o‘tish 
joizdir; «Shaxs har doim va har erda biosotsial sharoitlarning maxsulidir». 
Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi juda murakkab 
jarayondir. Inson psixologlar ta’kidlaganidek biosotsial mavjudotdir. Shunday ekan 
differensial psixologiya inson individualligining shakllanishida biologik va ijtimoiy 
omillarning o‘rnini tadqiq etishda psixik rivojlanish sharoitlarini tahlil qilishning 
ilmiy asoslariga tayanadi. Biologik va ijtimoiy omillar birligi bir tomondan kishining 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
721


psixik tug‘ma ravishda tashkil topgan xususiyatlari masalan, ko‘rish yoki eshitish 
sezgilarining shuningdek oliy nerv tuzilishining o‘ziga xosligi, ikkinchi tomondan esa 
faoliyatning ongli subyekti va ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatida uning 
xulq-atvorlarida masalan, axloqiy odatlar, xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. 
Individual psixologik xususiyatlarning tarkib topishi va rivojlanishi muammosi 
o'z mohiyati jihatidan g'oyaviy xarakterga ega. Shu bois bu muammoni xal qilishda 
psixologiyada bir biriga zid ba’zan esa bir-birini to’ldiruvchi oqimlar yo'nalishlar 
yuzaga kelgan. Shulardan biri biogenetik konsepsiya bulsa ikkinchisi sotsiogenetik 
konsepsiya hisoblanadi. Individual psixologik xususiyatlarning tarkib topishini 
biologik tabiiy tug‘ma omillarga bog‘lab tushuntiruvchi biogenetik konsepsiya XXI 
asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan. Hozirgi kunga qadar ham individual 
xususiyatlarning tug‘ma tabiati haqidagi ta’limot psixologiya maktablari asosini 
tashkil etmoqda. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. darslik.-T.: «Fan va texnologiya», 2012. 
176 b.
2.
Karimova V M., Sunnatova R. «Mustaqil fikrlash» o‘quv qo‘llanmasi
bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish uslubiyoti.-T.: Sharq, 2000.- 16 b 
3.
G‘oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2007.1-2 kitob 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
722

Yüklə 175,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə