Iqtisodiy ta'limotlar


Asosiy tushuncha va iboralar



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

Asosiy tushuncha va iboralar 
Iqtisodiyotni boshqarish (Devoni buzruk va devon); vazirlar 
vakolati; yer egaligining 5 ko`rinishi; ulufa (oziq-ovqat, maosh); soliqqa 
tortish tartibi; tanho; Ulug`bek islohotlari; "Fulusiy adliya" tashqi savdoga 
e'tibor; tamg`a bojidagi o`zgarishlar; A.Navoiyning "Vaqfiya" (1482), 
"Mahbub-ul qulub" (1500) asarlari; Zahriddin Muhammad Boburning 
"Mubayyin", "Zakot to’g`risida asar" kitoblari; "Hiroj", "Muqassam", 
"Muvazzar". 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
 
1.Amir Temur davlatining ilmiy qonun qoidalari qaysi asarda 
keltirilgan? 
2.Amir Temur davridagi davlatni boshqarish tartibi qanday 
bo`lgan? 
3.Amir Temur davridagi soliq tizimi va maoshni belgilashning 
xususiyatlarini so`zlab bering, 
4.Ulug`bek davridagi islohotlar qaysi sohani barqarorlishtirishga 
qaratilgan? 
5.Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarning mohiyatini 
gapirib bering, 
6.Alisher Navoiyning "Vaqfiya" asarida qanday iqtisodiy g`oyalar 
bayon etilgan? 
7.Zahiriddin Muhammad Boburning iqtisodiy g`oyalari qaysi 
asarlarda bayon etilgan? 
8. "Akbarnoma"da qanday iqtisodiy g`oyalar ilgari surilgan?
9. "Fulusi-adliya" deganda nima tushuniladi va u qaysi davrga 
tegishli? 
10. A.Navoiy boylikni to`plashning qanday yo`llari haqida 
gapirgan?


92 
Zar qadrini zargar bilar.
Maqol. 
5-BOB. MERKANTILIZM IQTISODIY TA'LIMOTI 
 
5.1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari 
 
Avvalgi 
davrdagi 
iqtisodiy 
g`oyalarda 
natural 
xo`jalik 
munosabatlariga oid fikrlar ustunlik qilgan. Yangi bozor munosabatlari 
shakllanishi tufayli, shunga oid iqtisodiy ta'limot paydo bo`ldi, bu 
merkantilizm ta'limotidir. 
"Merkantilizm" iborasi birinchi bo`lib Adam Smitning asarlarida 
o`z ifodasini topdi. Lug’aviy ma'nosiga ko`ra, bu so`z italyancha bo`lib, 
savdogar mazmuniga ega. Bu so`z yangi ta'limotning mazmun va 
mohiyatini o`zida aks ettiradi. 
Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining 
asosi mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilikda deb 
kelinar edi, biz buni yuqorida ko`rdik. Lekin XV asrga kelib ahvol keskin 
o`zgardi. Bu ta'limotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy 
sabablar turtki bo`ldi. Avvalo, feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul 
munosabatlarining o`sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi 
yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik 
tizimining paydo bo`lishi, ayniqsa savdo-sotiqning rivojiga turtki bo`ldi. 
Noekvivalent savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos 
boyidi. Ana shu o`zgarishlarni asoslab beruvchi iqtisodiy ta'limot - 
merkantilizm yuzaga keldi va muomala sohasini o`rganish bilan 
shug`ullandi. Merkantilizm sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi. 
Shu davrga kelib Yevropada oltin va kumush qahatchiligi boshlandi. 
Hindistonda nodir metallar ko`p, degan mish-mishlar va u yerdagi mavjud 
ziravorlar insonlarni yangi yerlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab 
topishga otlantirdi. 
Pul vazifasini bajargan nodir metallar (hali qog`oz pul yo`q), 
ularning ohangrabo kuch-qudrati hammani oyoqqa turg`azdi, insonni 
o`ylashga, ixtirolar qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, suvda kemalar 
orqali xavfli yo`lga otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, kompas 
kashf etildi, kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog` 
to`plandi. 
Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi 
davlatga ko`proq oltin va kumush keltirish, deb aniqlandi. Bu davrda pul 


93 
sifatida qimmatbaho metallar - oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli 
oltin va kumush zahiralarini ko`paytirish borasida ma'lum iqtisodiy 
siyosatlar ishlab chiqarildi. 
1492 yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan 
tasodif tufayli Amerika qit'asini ochdi (u o`zini Hindistondaman deb 
o`ylagan, shuning uchun qit'a nomi boshqa dengizchi - Amerigo 
Vespuchchiga nasib etdi, tarixning bu xatosini to`g`rilash uchun bu 
qit'adagi bir davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika ko`pchilik 
o`ylaganidek oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonni qidirish 
yana davom etdi va 1498 yilda Vasko da Gama tomonidan ko`pchilik 
intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo`l ochildi. Boshqa dengizchi 
Magellanning butun dunyo bo`ylab qilgan sayohati tufayli yangi yer, 
orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Yevropa davlatlarining 
mustamlakasiga aylantirildi, u yerlarda oltin-kumush konlari ochildi, yangi 
xom ashyo, ekin, hayvon turlari ochildi, ularning Yevropaga kirishi 
boshlandi (paxta, makkajo`xori, tamaki, kofe, kakao). Yevropadagi 
davlatlar o`rtasida (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, 
Fransiya va Angliya) o`rtasida kurash ham qizidi. 
Shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlarning rivo-ji 
uchun muhim moddiy turtki paydo bo`ldi. Kapitalizmning shakllanishi va 
rivoji uchun kapitalning dastlabki jamg`arilish jarayoni kuchaydi, unga 
qulay imkoniyat yaratildi. Ayniqsa, savdo rivoj topdi, bosib olingan 
yerlardagi arzon-garov xom ashyolar Yevropaga oqib kela boshladi, bu 
yerda tayyorlangan tayyor mahsulotlar esa u yerlarga olib borib sotildi. 
Savdo kapitalining roli beqiyos o`sdi. Tarixan esa bu kapital umuman 
kapitalning dastlabki shakli bo`lib qoldi. Undan esa sanoat kapitali ajralib 
chiqdi. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə