Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]


Agentlikning Qoraqalpog‘istoi Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarining xuquqlari va javobgarligi



Yüklə 149 Kb.
səhifə11/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
404 15.05.2019

Agentlikning Qoraqalpog‘istoi Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarining xuquqlari va javobgarligi
20. Agentlikning Qoraqalpog‘istoi Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari o‘zlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshkaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
2) Agentlik vakolatlariga taalluqli sohadagi muhim muammolar yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ularni ko‘rib chiqish uchun idoralararo hududiy komissiyalar va kengashlar tashkil qilish;
3) o‘z vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish.
21. Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari:
1) Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
2) o‘zining faoliyati bilan bog‘lik bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini ta’minlash;
3) Agentlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida davlat aktivlarini boshqarish sohasida yuzaga keladigan muammolarning hal etilishi bo‘yicha tegishli dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari”ni samarali amalga oshirish;
5) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javobgardir.
Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
22. Quyidagilar Agentlik birinchi rahbari — direktorning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
4) Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlari hamda Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlarida va uning Rayosatidagi masalalarni ko‘rib chiqishda qatnashish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlarini bajarish;
7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;
8) Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlikning davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tuzilma va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
10) Agentlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
11) Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning mutaxassisliklariga (iqtisod, moliya, yurisprudensiya, psixologiya, tashqi aloqalar, filologiya va h.k) talablar belgilash, samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi va o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish;
13) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga va o‘z tashabbusiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
14) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
15) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha buyruqlar, ko‘rsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur bo‘lganda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
16) Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);
17) Agentlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
18) o‘z o‘rinbosarlari hamda hududiy boshqarma va idoraviy mansub tuzilmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
19) Agentlikning hududiy boshqarma va idoraviy mansub tuzilmalarining rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
20) Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;
21) Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;
22) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
23) Agentlik, uning hududiy boshqarma va idoraviy mansub tuzilmalari ish faoliyatining zamonaviy shakllarini joriy etishni ta’minlash;
24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
25) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Agentlik rahbarlari va xodimlari ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
26) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
27) Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;
28) Agentlik Hay’at majlislarida raislik qilish;
29) zarurat bo‘lganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
30) Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tuzilmalarini tasdiqlash;
31) Agentlikning hududiy boshqarmalarining boshqaruv xodimlari cheklangan sonini tasdiqlash;
32) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Agentlikning boshqaruv xodimlari qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish;
33) mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida, ularga istisno tariqasida, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilagan holda jalb qilish;
34) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Agentlik xodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari bo‘yicha lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga), qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni belgilash;
35) Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash shartlarini xalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilash;
36) Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risida nizomlarni, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari nizomlarini hamda ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
37) Agentlik markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
38) Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tarkibiy bo‘linmalari xodimlari bajarishi shart bo‘lgan buyruqlar qabul qilish hamda ko‘rsatmalar berish;
39) Agentlik tizimidagi xodimlarni va mutaxassislarni ularning ko‘p yillik va samarali faoliyati, alohida xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni ta’minlash va tavsiyalar berish;
40) Agentlik mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
41) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolash.
23. Quyidagilar direktorning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya kilish;
2) Agentlik rahbari vaqtincha bo‘lmaganida direktor buyrug‘i asosida uning vazifalarini bajarish;
3) Agentlikning o‘zi nazorat qiladigan idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Agentlik faoliyatining o‘zi nazorat qiladigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) o‘zi nazorat qiladigan idoraviy mansub tuzilmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, tuzilmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) o‘zi nazorat qiladigan idoraviy mansub tuzilmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishining nazoratini ta’minlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tuzilmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
8) Agentlik hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
9) o‘zi nazorat qiladigan idoraviy mansub tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;
10) o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining to‘liq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlik tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Agentlik direktori tomonidan ko‘rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida ko‘rib chiqilishida Agentlik direktorining topshirig‘iga asosan ishtirok etish;
11) Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
12) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
13) o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
14) sohaga oid masalalar bo‘yicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Agentlik direktoriga kiritish;
15) o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Agentlik direktoriga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;
16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy tuzilmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
17) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
18) davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va ko‘rsatilish sifatini oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
19) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushgan barcha murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
24. Quyidagilar Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari xisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tablariga rioya kilish;
2) tegishli tuzilma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu tuzilmaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
3) Agentlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
4) prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishiii ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Agentlik direktorining nazorat qiluvchi o‘rinbosarlariga kiritish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy tuzilmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
6) Agentlik hay’ati qarorlari, direktor va uning o‘rinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
7) tarkibiy tuzilmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
8) tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Agentlik hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatiga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
9) tarkibiy tuzilmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
10) tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda direktor o‘rinbosarlariga takliflar taqdim etish, professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy tuzilmalarda tayyorlangan hujjat loyihalarini direktor tomonidan ko‘rib chikilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida ko‘rib chiqilishida Agentlik rahbariyati topshirig‘iga asosan ishtirok etish;
12) tarkibiy tuzilmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
13) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
14) tarkibiy tuzilmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish;
15) Agentlik xodimlarining odob-axloq koidalari talablariga rioya etish, tarkibiy tuzilma xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy tuzilmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
17) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga muvofiq ko‘rib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
19) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
25. Quyidagilar Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tablariga rioya qilish;
2) Agentlikning hududiy boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Agentlikning hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) hududiy boshqarmalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
4) hududiy boshqarma xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari to‘grisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy tuzilmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
5) Agentlik hay’ati qarorlari, direktor va uning o‘rinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
6) Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
7) o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boshqarmalarning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning hududiy boshqarmalar faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;
8) hududiy boshqarma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boshqarmaning har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
9) hududiy boshqarmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarma kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) Agentlik rahbari nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek hududiy boshqarmaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
11) hududiy boshqarma xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish, shu jumladan ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish;
12) hududiy boshqarma xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini ta’minlash;
13) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
14) prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy boshqarmalari ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Agentlik direktorining nazorat qiluvchi o‘rinbosarlariga kiritish;
15) hududiy boshqarma xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
16) hududiy boshqarmalar faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
17) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar o‘tkazish;
18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
19) hududiy boshqarma xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida Agentlikka takliflar kiritish;
20) davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;
21) mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari manfaatlarini ifoda etish.



Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə