Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]


Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining o‘z hududiy boshqarmalari bilan o‘zaro hamkorlik tartibi



Yüklə 149 Kb.
səhifə13/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
404 15.05.2019

Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining o‘z hududiy boshqarmalari bilan o‘zaro hamkorlik tartibi
36. Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining o‘z hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
37. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilib:
topshiriqlarni hududiy boshqarmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Agentlikning hududiy boshqarmalariga va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy tuzilmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va o‘rganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil etadi;
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar ko‘radi;
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
38. Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Agentlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Agentlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida xabar beradi;
belgilangan faoliyat sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida xabar beradi;
o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Agentlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
Agentlik vakolatiga taalluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Agentlikning markaziy apparatiga yuboradi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlarining hududiy tuzilmalari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik natijalari to‘g‘risida xabar beradi;
vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi.
39. Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari va uning hududiy boshqarmalarining o‘zaro hamkorlik jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar direktorning topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar direktor o‘rinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni tartibga solishning imkoniyati bo‘lmasa, so‘nggi qaror bevosita direktor tomonidan qabul qilinadi.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə