Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]


Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari



Yüklə 149 Kb.
səhifə15/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
404 15.05.2019

Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
52. Agentlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
53. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
54. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Agentlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
55. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish
56. Agentlik va uning hududiy boshqarmalarini moddiy-texnik ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
57. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.
Xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan Agentlikning xodimlariga direktor tomonidan Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining ikki yuz foizi (lavozim maoshiga nisbatan rag‘batlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) miqdoridan ko‘p bo‘lmagan shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin. Bunda xodimlar lavozim maoshiga shaxsiy ustamalarning eng yuqori miqdori Agentlik xodimlari sonining 30 foizidan oshmagan holda belgilanishi mumkin.
Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Agentlik xodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari bo‘yicha lavozim maoshlariga (lavozim maoshiga nisbatan rag‘batlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan koeffitsiyentlarda) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar direktor tomonidan belgilanishi mumkin.
58. Agentlik xodimlariga ish staji (uzoq muddat xizmati) uchun ustamalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq har oyda ish staji (uzoq muddat xizmati) uchun ustama to‘lanadi.
59. Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ish staji uchun faqat asosiy ish joyi bo‘yicha har oyda va xodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga (lavozim maoshiga nisbatan rag‘batlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:


Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə