Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]



Yüklə 149 Kb.
səhifə17/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
404 15.05.2019

Yakunlovchi qoida
65. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larining shakllantirish va ulardan foylanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi negizida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tashkil etilgan.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish
3. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbai quyidagilar hisoblanadi:
b) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondidagi aksiyalar (ulushlar)ni, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara va mulk huquqi hamda davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi o‘rinlarda davlat aktivlari deb ataladi) sotishdan, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat aktivlari bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilganda, ularga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida hisoblanadigan foizlardan, shuningdek “UzAssets” AJ investitsiya kompaniyasi ustav kapitaliga berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni sotishdan hamda “UzAssets” AJ sof foydasidan Jamg‘armaga tushgan mablag‘lar;
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha jamlanadigan boshqa manbalar, shu jumladan:
jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ilgari berilgan qarzlar bo‘yicha qarz oluvchilar tomonidan olingan qarzlarning asosiy summasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar;
tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar;
xo‘jalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda davlat ulushi bo‘yicha tushumlar;
O‘zbekiston Respublikasining davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) oldidagi davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qarzlarini qoplash uchun jamg‘armaga tushgan mablag‘lar;
bayonnomani yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan auksionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki ommaviy oferta g‘oliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari;
davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlarini buzilganligi uchun neustoyka summalari;
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasidan ilgari o‘tkazilgan mablag‘lar qaytarilishidan tushumlar;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Xalqaro institutlar va tashkilotlarning, yuridik va jismoniy shaxslarning grant mablag‘lari hamda homiylik xayriyalari;
sud aktlari bo‘yicha tushumlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlarida jamlanadi.
Xorijiy valyutadagi mablag‘lar Jamg‘armaning maxsus valyuta hisobraqamiga tushadi. Jamg‘armaning maxsus valyuta hisobraqamiga tushgan xorijiy valyutadagi barcha summa o‘rnatilan tartibda sotiladi (mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan holatlar va alohida xarajatlardan tashqari). Xorijiy valyutani sotishdan olingan milliy valyutadagi mablag‘lar Jamg‘armaning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va ushbu Nizomga muvofiq taqsimlanadi.
5. Jamg‘armaga barcha turdagi manbalar bo‘yicha tushgan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə