Iqtisodiyot fakulteti Turizm faoliyat yo


Turizmda xavfsizlikning xalqaro-huquqiy jihatlari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə6/15
tarix19.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#152908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Turistik marshrutlarda ekskursiyani tashkil qilish

Turizmda xavfsizlikning xalqaro-huquqiy jihatlari.
Turizm xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish sohasidagi xalqaro tajriba Jahon turistik tashkiloti (БTT) tomonidan tadqiq qilinadi va umumlashtirib boriladi. Turizm Xartiyasida va Turist kodeksida (БTT Bosh assambleyasining VI sessiyasi, 1985 yil), Turizm bo‘yicha Gaaga parlament konferensiyasida (1989 yil) sayohatlarning xavfsizligini ta’minlash shartligi qayd etib o‘tilgan. 1994 yili БTT Ijroiya Kengashi qoshida sayohatlarning xavfsizligi uchun javob beruvchi Turistik xizmatlar ko‘rsatish sifati bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Shu yili БTT «Sayohatchilar, turistlar va turistik ob’ektlar xavfsizligi hamda ularni himoya qilish» mavzusida jahonning 73 mamlakatida tadqiqot o‘tkazdi. 1995 yili yozda JTT tashabbusi bilan Esterund (SHvetsiya)da turizm xavfsizligi hamda sayohatlar chog‘ida xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha I xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, jahon mamlakatlarining 71% da turistlar tashrif buyuradigan ob’ektlar maxsus turistik politsiya yoki xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘riqlanadi. Mamlakatlarning yarmidan ko‘pida bunday xizmat davlat politsiyasi yoki munitsipal politsiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, yuqorida zikr etilgan tashkilotlar va organlar o‘rtasida yaxshi aloqa yo‘lga qo‘yilgan bo‘lmasa, turistlar sayohat paytida ma’lum muammolarga, shu jumladan jinoiy unsurlar tomonidan turistlar hayoti yoki mol-mulkiga tajovuz qilish, ayrim tashkilotlar (umumiy ovqatlanish tarmoqlari, joylashtirish vositalari va h.k.) tomonidan malakasiz xizmatlar ko‘rsatilishi bilan bog‘liq muammolarga to‘qnash keladilar.
Turistik xizmatlar tarkibiga ekskursiyalar, poxodlar ham kiradi. O‘zbekiston Respublikasining "Turizm to‘g‘risida"gi qonunida: "ekskursiya faoliyati - turistik faoliyatning tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar va boshqa ob’yektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ekskursiya yetakchisi (gid) hamrohligidagi 24 soatdan oshmaydigan ekskursiyalarni tashkil etishga doir qismi",- deyilgan.[1]
Gid haqida esa: "gid (ekskursiya yetakchisi) - tur qatnashchilariga turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi doirasida ekskursiya - axborot, tashkiliy yo‘sindagi xizmatlar va malakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs",-deyiladi.
Ekskursiya (excursion) - turistga va ekskursant (bir kunlik ziyoratchi)ga taklif qilinishi mumkin. Ekskursiya turistik xizmat bo‘lib, turistning estetik, ruhiy, boxabarlik va boshqa qiziquvchanlik ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Ekskursiya mobaynida qatnashuvchilar olamni anglash, tabiat mo‘jizalarini, tarixiy obidalarini ko‘rishi, shahar va bog‘larda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Birinchi Rossiya ekskursiya olib boruvchisi Pyotr I hisoblanadi. U xorijlik mehmonlarni Sankt-Peterburg bo‘ylab olib yurib, qurilishlarni ko‘rsatar va o‘zining muvaffaqiyatlari bilan maqtanishni yoqtirar edi. Ekskursiyaning o‘ziga xos shartlari ham bor: tematika (mavzu), rejalashtirilgan yo‘nalish (marshrut), ma’lum muddatga oldindan tayyorlangan matn va tabiiyki, ishtirokchilarning, ya’ni ekskursantlarning bo‘lishi. Ekskursiyaning funksional ahamiyati - dam olish va madaniy saviyaning oshishi, muloqot. Ko‘ngil ochishning uslublari va xillari chegarasiz darajada ko‘p, negaki ular tashkilotchilarning fantaziyalariga bog‘liq‘. Ko‘ngil ochish mashg‘ulotlarining 110 ga yaqin eng mashhur va ko‘zga ko‘ringan turlari mavjud. Texnika rivojlanishi va o‘yingohlarning tashkilotchilari fantaziyasi bilan yangidan - yangi dam olish imkoniyatlari ko‘paymoqda.
Har kimning ta’bi xar hil, ba’zi bir turistlar Parijdagi tarixiy muzey eksponatlarini ko‘rish uchun Luvrni ko‘rishni xoxlasa, ko‘pchiligi “Yevro Disney” - Uolt Disneyning kashfiyotlarini tomosha qilishni yoqtiradi. Juda ko‘p markazlar, hiyobonlar atraksionlar bilan to‘la. Bular, arg’imchoqlar, qiyshiq oynalarning kulgu xonalari, uchish joylari. Misol uchun, Disney bog’ining tematik davomi bo‘lgan kosmik uchishlarni boshqarish pulti shaklida jihozlangan bolalarning elektron o‘yinlari uchun butun bir zalni ajratilgan "Disney Magik" Amerikada esa otlarda yurish, har xil fantastik, mexanik va elektron ko‘rinishdagi tomoshalardir. Hozirgi kunda yuqori darajaga erishgan kruiz, “Disney Magik” kruiz laynerini keltirish mumkin. Atraksionlar tizimida bolalarning avtomat o‘yinlari katta o‘rin tutadi, kattalar uchun esa yanada jiddiyroq o‘yin sanoatining yangi kategoriyasiga oid ko‘ngil ochish mashg‘ulotlari ma’quldir. Ular billiard, karta, ruletka va boshqalardir.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə