Iqtisodiyot fakulteti Turizm faoliyat yo


Turistik mahsulot tarkiblarida turistik xavflarning



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə14/15
tarix19.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#152908
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Turistik marshrutlarda ekskursiyani tashkil qilish

Turistik mahsulot tarkiblarida turistik xavflarning
mavjudligi
Turda turistlarning sog‘ligi va hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar va omillar turistik–ekskursiya xizmatlarini ko‘rsatishning qo‘yidagi hisobga olinmagan sharoitlarida qo‘qisdan yuzaga chiqadi:
Turning dasturini tuzishda, ishlab chiqishda hisobga olinmagan xavf manbalarining mavjudligiga e’tibor bermaslikdan;
Aniq ta’sir qilish manbalari darajasining kuchayib ketishi (masalan, sekin yog‘ayotgan yomg‘irning jalaga, do‘lga aylanib ketishi, sanitariya–epidemiologiya vaziyatidagi kutilmagan axborotlar va boshqalar);
Ba’zi bir turistlarning turdagi dastur me’yorlariga rioya qilmasdan o‘zboshimchalik bilan qilgan hatti harakatlari natijasida kelib chiqadigan xavflar natijasida tur dasturining buzilishi (turistik jamoaviy xavflar).
Turning tarkibi va turda xavflarni aniqlash va bartaraf qilishning nazorati
Qayd qilingan xavflarning kelib chiqishini tahlil qilganimizda tur davomida marshrutlardagi xizmatlar ko‘rsatish majmualarida, turistik paketning tarkibini tuzganimizda, marshrutdagi harakatlanishda va muddatlardan (vaqtdan) nazorat bo‘yicha foydalanganimizda turdagi juda ko‘plab turistik xavflarning oldi olingan yoki turistlarning sog‘ligi va hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar, omillarni bartaraf qilish osonlashadi
Turistlarning hayotiga xavf soluvchi omillar quyidagicha ta’riflanadi;
1. Zararli omillar;
Ø jarohat olish xavfi;
Ø yong‘inda qolib ketish xavfi;
Ø biologik ta’sir qilish xavfi (atrof - muhit);
Ø ruhiy-jismoniy yuklama olish;
Ø kimyoviy zararlanish xavfi;
Ø tutundan va gazdan zaharlanish xavfi;
Ø turistning tavakkalchasiga harakatlanishidan kelib chiqadigan xavf lar.

2. Biologik omillar;
Ø mikroorganizmlar (mikroblar)dan zararlanish xavfi (oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi);
Ø aharli o‘simliklardan zaharlanish xavfi;
Ø zaharli sudralib yuruvchilar (ilonlar, hasharotlar), hasharotlar (chayon, qoraqurt, ari) dan zaharlanish xavfi;
Ø yuqumli kasalliklar tashuvchi yovvoyi va xonaki hayvonlar, parran dalardan har xil kasalliklarni yuqtirish xavfli;
Ø allergiya va boshqa kasalliklarni chaqiruvchi o‘simlikzor, o‘tloqzor va o‘rmonzorlarda ushbu kasalliklarni yuqtirish xavfi;
Ø mevalar, sabzavotlardan zaharlanish xavfi.

3. Kutilmagan omillar;
Ø turistlar joylashtirilgan joylarda tabiatning favquloddagi hodisalari (suv toshqini, qor ko‘chishi, ob-havoning keskin o‘zgarishi va hokazolar)dan kelib chiqadigan xavflar;
Ø turistlar joylashgan joylardagi aholi, jamoatchilikdagi tartib-intizomning bo‘shligidan kelib chiqadigan xavflar;
Ø turistlar foydalanayotgan mehmonxona, lager binolarining texnik holati, kanatli sim yo‘llar, chang‘i yo‘llari, avtomagistrallar, so‘qmoq lar va boshqa ob’ektlarning texnik sozligi holatidan kelib chiqadi gan xavflar.
Ø Turizmda xavfsizlikning xalqaro-huquqiy jihatlari.
Turizm xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish sohasidagi xalqaro tajriba Jahon turistik tashkiloti (БTT) tomonidan tadqiq qilinadi va umumlashtirib boriladi. Turizm Xartiyasida va Turist kodeksida (БTT Bosh assambleyasining VI sessiyasi, 1985 yil), Turizm bo‘yicha Gaaga parlament konferensiyasida (1989 yil) sayohatlarning xavfsizligini ta’minlash shartligi qayd etib o‘tilgan. 1994 yili БTT Ijroiya Kengashi qoshida sayohatlarning xavfsizligi uchun javob beruvchi Turistik xizmatlar ko‘rsatish sifati bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Shu yili БTT «Sayohatchilar, turistlar va turistik ob’ektlar xavfsizligi hamda ularni himoya qilish» mavzusida jahonning 73 mamlakatida tadqiqot o‘tkazdi. 1995 yili yozda JTT tashabbusi bilan Esterund (SHvetsiya)da turizm xavfsizligi hamda sayohatlar chog‘ida xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha I xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, jahon mamlakatlarining 71% da turistlar tashrif buyuradigan ob’ektlar maxsus turistik politsiya yoki xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘riqlanadi. Mamlakatlarning yarmidan ko‘pida bunday xizmat davlat politsiyasi yoki munitsipal politsiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, yuqorida zikr etilgan tashkilotlar va organlar o‘rtasida yaxshi aloqa yo‘lga qo‘yilgan bo‘lmasa, turistlar sayohat paytida ma’lum muammolarga, shu jumladan jinoiy unsurlar tomonidan turistlar hayoti yoki mol-mulkiga tajovuz qilish, ayrim tashkilotlar (umumiy ovqatlanish tarmoqlari, joylashtirish vositalari va h.k.) tomonidan malakasiz xizmatlar ko‘rsatilishi bilan bog‘liq muammolarga to‘qnash keladilar.
Ekskursiya vaqtida turistlarga yana bir imkoniyat yaratish lozimki, zamonaviy turizmda zamonaviy xizmat deyiladigan–ya’ni ekskursiya davomida turistlarni dam olish tanaffusiga chorlash. Bu usulni ayniqsa tog‘ va cho‘llar dagi ekologik turizm marshrutlaridagi ekskursiyalar vaqtida qo‘llash turist ning kayfiyatini ko‘taradi. Bu usulda marshrut rahbari mahalliy aholidan ot, eshak yoki mahalliy arava olib turistlarning o‘zini ham shu transport turlari da olib yurishi, agar turistlar piyoda yurishni hohlashsa ularning yukini, ichimlik suvini, qisqa muddatli ekzotik ovqatlanish mahsulotlarini va eng muhimi yig‘ma stul va yig‘ma karovatchalarni albatda birga ortib yurish kerak.
Marshrutdagi ekskursiyalarda bizning iqlimimizda xalqaro turistlar ham mahalliy turistlar ham yoz mavsumida tezda chanqab qolishi yoki tog‘lar va xushxavoli tabiat bag‘rida tezda och qilishi mumkin. Bunday vaqtlarda marshrut ning yoki ekskursiyaning rahbari turistlarga soya-salqin joylarda yig‘ma stul va yig‘ma karovatlardan iborat dam olish joyini taklif qilish mumkin.
XULOSA
Ekskursiya xizmati jarayonida ekskursantlarning atrofdagi ob’ektlarga nazar tashlab, uni idrok etishi hamda gidning hikoyasi o‘rtasida uyg‘unlikni ta’minlash muhimdir. Ekskursiya hikoyasi nima? Bu ekskursiya xizmatining og‘zaki qismi bo‘lib, gid tomonidan guruhga ob’ektlar haqida ma’lumotlar, tushunchalar berish jarayonidir. Bu obidalar, tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar to‘g‘risidagi obrazli ma’lumotlardir.
Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni hikoya qilishning rolini baholashda ekskursiyashunos olimlar hamfikr bo‘lishgan. Ularning fikricha, ob’ektlarni hikoya qilish ko‘riladigan ob’ektlarga qo‘shimcha hisoblanib, u bo‘shliqlarga ega bo‘lmasligi, ma’ruzaga aylanib qolmasligi kerak. Gidning hikoyasi ikki xil vazifani bajaradi:
· izohlaydi, tushuntiradi, ko‘rgan jarayonlarni to‘ldiradi;
· ayni damda ekskursant ko‘rolmaydigan narsani qayta tiklaydi.
Ekskursiya xizmatida ekskursantlar savollariga javob berish, gid replikasi, ekskursiya boshlanishidagi kirish so‘zi va yakunidagi xulosa qismi, «gid portfeli» dagi ko‘rgazmali vositalarni namoyish etish ham hikoya qilishga kiradi.
Ekskursiya xizmatida ob’ektni hikoya qilish– individual nutq (monologik) namunasi bo‘lib, omma oldida qabul qilingan nutq me’yorlariga rioya qilingan holdagi gidning ovozli shaxsiy matnidir. Ekskursiya xizmati ob’ektlarini hikoya 122 qilish jarayoni og‘zaki axborotdan - ko‘rgazmali, ko‘rgazmali taassurotlardan - so‘zli baholash va xulosalarga qarab kengayib boradi. N.A.Geynikening ta’kidlashicha, mavzuni o‘rganishda hikoyaning me’yoridan oshishi, ekskursiya xizmatida og‘zaki materiallarning ko‘payishi uning asosiy ahamiyatliligini yo‘qotadi. Gidlarda tez-tez uchrab turadigan kamchilik ular tomonidan ekskursiya ob’ektlari unchalik ko‘p ko‘rsatilmaydi aksincha, hikoya qilinadi. Bu esa ekskursantlarning o‘z ustida mustaqil ishlash qobiliyatini susaytiradi, ya’ni ekskursiya jarayonini illyustratsiyaga boy ma’ruzaga aylantiradi.
Jahon miqyosidagi mo‘jizalardagi jozibadorlik va betakrorlik aksariyat hollarda mo‘jiza so‘zi bilan ifodalanadi va bu jozibadorlik, betakrorlikni ko‘rishga butun dunyo aholisi qiziqadi. Bu turistik ob’ektda bitta jozibador lik, betakrorlik mavjud–uning qadimiyligi va ulug‘vorligidir.
Masalan: Dunyoning yetti mo‘jizasining birinchisi bo‘lgan–Misr pirami dalarini olsak qayd qilingan ulug‘vorlik, qadimiylikni ko‘ramiz. Yetti mo‘jizadagi asosiy jozibadorlik, betakrorlik ularning o‘ta darajada ulkanligi va qurilishi jihatidan hozirgi inson ahlini lol qoldirganidir. Shu o‘rinda e’tibor berish kerakki, dunyoda yetti mo‘jizadan ham mo‘jizaliroq turistik ob’ektlar juda ko‘p. Masalan, Buyuk xitoy devori, Stounxedj tosh yodgorliklari, Nasxa cho‘lidagi ulkan qush rasmlari, Hindiston va Tailanddagi tog‘ ibodatxonalari va hakozolar. Mazkur tarixiy yodgorliklardagi jozibador lik va betakrorlik, qadimiylik va inson ahlini lol qoldirgan qurilish san’atidir.
Davlatlarda joylashgan turistik ob’ektdagi jozibadorlik va betakrorlik. Jahonning barcha davlatlarida ham o‘sha mamlakatda yashayotgan aholi uchun ham va boshqa mamlakatlarda yashayotgan aholilar uchun ham taniqli bo‘lgan turistik resurs ob’ekt mavjud bo‘ladi. Ko‘p mamlakatlarda esa faqat shu mamlakat aholisiga tanish, e’zozli turistik ob’ekt bo‘lishi mumkin.
Bu e’zozli turistik ob’ekt jahon shumul ahamiyatga ega bo‘lmaganligidan boshqa davlatlardagi odamlar deyarli qiziqishmaydi, ular bu davlatga ushbu ob’ektni ko‘rish uchun kelib-ketuvchi turistlar bo‘la olishmay di. Jahondagi ko‘pgina davlatlarda esa sivilizatsiya qadimdan rivojlanganligi uchun o‘sha davlat aholisi uchun ham, boshqa davlatlardagi aholi uchun ham hatto jahonshumul ahamiyatga, qiziqishga molik turistik ob’ekt mavjud bo‘ladi.
Bunday davlatlarga Yevropadagi ko‘plab mamlakatlarni misol qilib keltirish mumkin. Masalan: Fransiya davlatida qadimiy, tarixiy obidalar ham, madaniyat markazlari ham juda ko‘p. Lekin, faranglar xalqaro miqyosda o‘zlarining Eyfel minorasi bilan faxrlanishadi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə