«iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


iste'molga keyingi qo'shilgan moyillik (IQM)



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/21
tarix27.03.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#84774
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
istemol va unga tasir etuvchi omillar

 iste'molga keyingi qo'shilgan moyillik (IQM)

 deyiladi, yoki 

_ Iste'moldagi o'zgazish 

2 2 4 


Sof daromaddagi o'zgarish 

Daromad hajmining o'zgarishi natijasida jamg'arma hajmining o'zgarishi darajasi



 

jamg'armaga keyingi qo'shilgan moyillik (JQM)

 deyiladi, ya'ni: 

JQM = ^ 

2.2.5 


AS =jamg'armadagi o'zgarish AY = 

sof daromaddagi o'zgarish 




 

22

 

Demak,  sof  daromadning  o'sgan  qismi  ham  yo  iste'molga,  yoki  jamg'armaga 



sarflanadi. Bu sarflangan qismlar o'rtasidagi nisbat o'zgargan taqdirda ham ularning 

umumiy yig'indisi lga teng bo'ladi, yani: 

— + — = 1,0. 2.2.6 A

 Y

 A

 Y

 

Iqtisodiyotning  barqaror  rivojlanishi,  tadbirkorlik  faoliyatining  samarali 



amalga  oshishida  jamg'arish  jarayonlarining  ahamiyati  beqiyosdir.  Shunga  ko'ra, 

jamg'arishning  mohiyati,  uning  omillari  va  samaradorligi  ko'rsatkichlarini  alohida 

ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi 

2.3 O'zbekistonda iste'mol tovarlariga bo'lgan talab tarkibidagi 

o'zgarishlar. 

O'zbekistonda  mustaqilligimizning  birinchi  kunidan  boshlaboq  iste'mol 

tovarlari  bozorini  rivojlantirish  masalalariga  alohida  e'tibor  berib  kelinmoqda. 

Keyingi  yillarda  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar  natijasida 

iste'mol tovarlari bozorida juda katta o'zgarishlar yuz bermoqda. Ya'ni: 

- birinchidan, iste'mol tovarlari bozorida sotuvchilarning monopoliyasi deyarli 

barham topdi. Hozirgi davrda iste'mol tovarlar turli manbalardan, xilma- xil 

mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan erkin raqobat sharoitida keltirilmoqda. 

-

 

ikkinchidan, iste'mol tovarlari bozorining infratuzilmasi bozor iqtisodiyoti 



sharoitiga  yaqinlashtirildi.  Hozirda  chakana  savdo  tashkilotlari  aksariyat  ochiq 

turdagi  aksionerlik  jamiyatlar  shaklida  faoliyat  kursatmoqda.  Ulgurji  savdo 

tashkilotlari  va  ishlab  chikaruvchilar  bilan  munosabatlar  teng  huquqli  iqtisodiy 

mustaqillik va o'zaro manfaatdorlikka asoslangan. 

-

 

uchinchidan,  iste'mol  tovarlari  bozori  davlat  boshqaruvisiz  mustaqil 



ravishda  tartibga  solinadigan  tizimga  aylanmoqda.  Agar  ilgari  asosiy  iste'mol 

tovarlari  davlat  fondlari  yoki  davlatlararo  shartnomalar  asosida  keltirilgan  bo'lsa, 




 

23

 

hozir  iste'mol  bozorida  asosiy  o'rinni  shaxsiy  tashabbus  bilan  faoliyat  kursatuvchi 



savdo korxonalari, xususiy tadbirkorlar egallagan. 

Savdo  va  ishlab  chikarish  sohasida  xususiy  mulkchilikka  asoslangan 

tadbirkorlik  muvaffaqiyatli  iqtisodiy  o'zgarishlarga  kalit  bo'ldi.  O'zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  1994  yil  21  yanvar  "Iqtisodiy  islohotlarni  yanada 

chuqurlashtirish,  xususiy  mulk  manfaatlarini  himoya  qilish  va  tadbirkorlikni 

rivojlantirish  chora-tadbirlari  to'g'risida"gi  va  1995  yil  5  yanvar  "Xususiy 

tadbirkorlikda  tashabbus  kursatish  va  uni  rag'batlantirish  to'g'risida"gi  Farmonlari 

ham aynan shu faoliyatni rivojlantirishga  yo'naltirilgan. Bu tadbirlarning hammasi 

O'zbekiston  Respublikasida  iste'mol  bozorini  shakllanishi  va  amal  qilishi  uchun 

zamin yaratmoqda. 

Shunday  qilib,  iqtisodiyotni  tarkibiy  o'zgartirish  va  diversifikatsiyalash 

sharoitida  aholi  ehtiyojlarini,  talablarini  chuqur  o'rganish,  ishlab  chikarishda 

aholining  iste'mol  tovarlariga  bulgan  talablarini  ta'minlash,  to'lov  qobiliyatiga  ega 

talab  va  mahsulot  taklifming  o'sib  boruvchi  mutanosibligi,  ichki  bozorni 

shakllantirish,  tadbirkorlikni  rivojlantirish  va  marketing  faoliyatini  amalga 

oshirishning asosini tashkil qiladi. 

Tahlillar 

kursatishicha, 

respublikamiz 

iqtisodiyotining 

xususiyatlari 

yuqoridagi omillar ichida narx omillari va iste'molchilarning pul daromadlari alohida 

ahamiyat kasb etayotganligini belgilab bermoqda. Hozirgi kunda iste'molchilarning 

o'zini  tutishi  nafaqat  shaxsiy  did  yoki  afzalliklarga  bog'liq  bo'lmasdan,  balki 

iste'molning minimal me'yorini saqlab qolish zaruriyatidan kelib chiqadi. 

Hozirgi  kunga  kelib,  O'zbekistonda  iste'mol  bozorini  rivojlantirishga  katta 

e'tibor  qaratilmoqda.  Chunki,  iste'mol  bozorini  rivojlantirish  orqali  aholi  o'rtasida 

iqtisodiy  munosabatlar  amalga  oshiriladi,  ularning  moddiy  ehtiyojlari  qondiriladi. 

Shuning uchun ham iste'mol bozori, uni rivojlantirish va faoliyatini takomillashtirish 



 

24

 

ustuvor vazifa hisoblanadi. Chunki, hozirgi kunda yuz berayotgan jahon moliyaviy 



iqtisodiy  inqirozining  O'zbekistonga  ta'sirining  jiddiy  bo'lmasligi  uchun  iste'mol 

bozorida  narxlar  indeksining  asossiz  tarzda  o'sishining  oldini  olishga  doir 

chora-tadbirlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. 

Iste'mol  tovarlari  va  xizmatlari  bozorini  rivojlantirish  uchun  avvalo  ular 

faoliyatida  marketing  faoliyatini  maqsadli  tashkil  etish  lozim.  Ushbu  marketing 

faoliyati esa tovarlarni sotish bilan shug'ulanuvchi sotuvchilar va shu tovarlarni xarid 

qilish uchun kelgan xaridorlarni yuqori darajada tashkil etilgan servis asosida kutib 

olishga  qaratilgan  tadbirlarning  yig'indisi  bo'lib,  uning  mamlakat  miqiyosidagi 

ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, bu sohada amalga oshirilgan ishlar ko'lamini zamonaviy 

marketing  tamoyillari  asosida  yo'lga  qo'yish  zaruriyatini  belgilaydi.  Bu  bozorda 

foydalanuvchilar  uchun  kursatilayotgan  xizmatlar  va  va  sotiladigan  mahsulotlarni 

xarid  qildirish  aynan  iste'mol  bozorida  marketing  faoliyati  shakllanishi  va 

rivojlanishining istiqbollari bilan bog'liqdir. 

O'zbekiston iqtisodiyotining uzluksiz rivojlanishida erishilgan bugungi kunda 

iste'mol  tovalari  bozorining  rivojlanganlik  darajasi,  bozor  sig'imi,  segmentlarning 

to'yinganligi,  talab  va  taklif  nisbatida  mamlakat  aholisining  moddiy  iste'moli, 

daromad  va  xarajatlari,  ya'ni  farovonligi  darajasida,  iqtisodiyotning  tarkibiy 

tuzilishida namoyon bo'ladi. 

Respublikamiz aholisi talabini shakllantiruvchi omillar to'g'risidagi fikrimizni 

davom  ettiradigan  bo'lsak,  shuni  yana  bir  bor  ta'kidlashimiz  zarurki,  biz 

o'rganayotgan  kategoriya  -  talabga  ta'sir  etuvchi  eng  muhim  omil  bu  aholi 

daromadlaridir. Talabning tarkibiga aholining turmush tarzi va kasb-kori ham jiddiy 

ta'sir kursatadi. Masalan, shahar aholisi qishloqnikiga nisbatan o'z daromadlarining 

katta  qismini  poyafzal,  trikotaj  mahsulotlari,  musiqa  asboblari  va  jihozlarni  xarid 

qilishga  sarflasalar,  qishloq  aholisi  velosiped,  mototsikl,  alohida  gazlama  turlari, 



 

25

 

rezina poyafzal va hokazolarga sarflaydilar. Aholi kasb tarkibining talabga bulgan 



ta'siri  pul  daromadlari  orqali  ko'zga  tashlanadi.  Bunda  turli  kasb  guruhlarining 

iqtisodiy imkoniyatlarini chuqur o'rganish zarur. 

Respublikamiz qishloq aholisi talabining xajmi va tarkibi ko'p jihatdan natural 

(notovar)  iste'moli  xajmi  bilan,  ya'ni  shaxsiy  foydalanishga  bozor  vositasisiz 

keltiriladigan  mahsulotlar  bilan  belgilanadi.  Iqtisodiyotni  diversifikatsiyalash 

sharoitida  natural  iste'molning  solishtirma  sig'imi  o'tgan  yillardagiga  nisbatan 

o'smoqda. Bunday o'sish kartoshka, tuxum, sabzavotlar, sut, go'sht mahsulotlarida 

ancha yuqori. 

Talabga ta'sir etuvchi omillar o'rtasida demografik xususiyatlar ham  muhim 

ahamiyatga  ega.  Ularning  ta'siri  bevosita  hamda  boshqa  omillar  orqali  bo'lishi 

mumkin. Aholining yosh tarkibi va oila a'zolarining soni singari demografik omillar 

talabning  xajmi  va  tarkibi  bo'yicha  shakllanishiga  ta'sir  kursatadi.  Talab  tarkibiga 

shahar  va  qishloq  aholisi  soni  o'rtasidagi  nisbat  jiddiy  darajada  ta'sir  kursatadi, 

chunki aholi bu toifalarining iste'mol darajasi bir-biridan farq qiladi. 

Talabga ta'sir etuvchi demografik omillar qatorida oila tarkibi alohida ajralib 

turishi  bejiz  emas.  Shuni  ta'kidlab  o'tish  joizki,  oila  kattalashgan  sari  iste'mol 

tovarlarini xarid qilish harajatlari oshib boradi. Shu bilan birga oila a'zolari soni ortib 

borgani  bilan  umumoilaviy  foydalaniladigan  tovarlarni  xarid  qilish  uchun 

sarflanadigan  xarajatlar  ulushi  ko'paymay,  aksincha  kamayadi.  Oilani  talabni 

shakllantiruvchi omil sifatida tahlil qilganda oila tarkibiga e'tibor berish muhimdir. 

Ishlovchilar  va  ularning  qaramog'ida  bo'lganlar,  bolalar,  ayollar  va  erkaklarning 

ulushi,  ayniqsa  ayollarning  oladigan  daromadlari  talabning  xajmi  va  tarkibini 

belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yangi  ish  o'rinlarini  yaratish  2008-2012  yillarda  aholi  farovonligini 

yuksaltirish  strategiyasini  amalga  oshirishda  muhim  hayotiy  ahamiyatga  egadir. 



 

26

 

Ushbu  keng  qamrovli  strategiya  iqtisodiy  o'sish  xususiyatlarini  o'zgartirish,  aholi 



bandligini,  jumladan  iste'mol,  mahsulotlarni  qayta  ishlash  sanoati,  engil  sanoat 

tarmoqlarini  jadal  rivojlantirish,  kichik  korxonalarda  mashinasozlik  sanoati  uchun 

ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chikarishni mahalliylashtirish, xizmat kursatish 

va  kasanachilik  sohasini  rivojlantirish  hisobidan  kengaytirish,  shuningdek,  ayni 

paytda  ijtimoiy  hamda  iqtisodiy  infratuzilmaga,  jumladan,  qishloq  joylarga  davlat 

investitsiyalarini  yo'naltirishni  ko'paytirish  hisobidan  qayta  taqsimlash  siyosatini 

mustahkamlash  (faqat  maqsadli  ijtimoiy  transferlar  shaklidagina  emas)  imkonini 

beradigan qator strategik choralarni nazarda tutadi. 

Yuqorida  qayd  etilganidek,  so'nggi  yillarda  mamlakatda  yuqori  iqtisodiy 

o'sish  sur'atlari  ko'zga  tashlanmoqda.  Respublikamizda  2000-2012  yillarda  YAIM 

2,3  barobar  ko'paygan  bo'lsa,  sanoat  ishlab  chikarish  xajmi  2,7  barobar,  jumladan 

iste'mol  mollari  ishlab  chikarish  esa  4,4  barobar  oshdi.  Ushbu  yillarda  sanoat 

mahsulotlari  eksport  xajmi  4,6  barobar  oshdi.  Jami  eksport  tarkibida  sanoat 

mahsulotlarining ulushi 56,1 %dan 60,4 %ga ko'tarildi. Sanoatning jadal rivojlanishi 

hisobiga YAIM tarkibida uning ulushi 14,2 %dan 24 %gacha ko'tarildi. 

Barqaror  yuqori  iqtisodiy  o'sish  sur'atlarini  ta'minlashda  sanoatning  hissasi 

oxirgi  yillarda  mavjud  salohiyatdan  orqada  qolmoqda.  Prognozlashtirish  va 

makroiktisodiy  tadqiqotlar  instituti  hisob-kitoblariga  ko'ra,  2005  yilda  YAIM 

o'sishini  ta'minlashda  sanoatning  ulushi  13,2  %  bulgan  bo'lsa, 2012  yilda  9,6  %ni 

tashkil  etdi.  Buning  asosiy  sababi  2010-2013  yillarda  sanoat  mahsulotlari  ishlab 

chikarish  o'sish  sur'atlari  YAIM  o'sish  sur'atlaridan  orqada  qola  boshladi.  Agar 

ushbu yillarda YAIM o'rtacha yiliga 8,3 %dan oshgan bo'lsa, sanoatda bu kursatkich 

7,5  %  bo'ldi.  Respublikamizda  2011-2015  yillarda  sanoatni  rivojlantirish  bo'yicha 

qabul  qilingan  dasturda  2015  yilda  YAIM  tarkibida  sanoatning  ulushini  28  %ga 

etkazish  nazarda  tutilgan.  Bu  kursatkichga  erishish  uchun  tarmoqda  o'sish  sur'ati 



 

27

 

yiliga  10-12  %dan  kam  bo'lmasligi  lozim.  Yuqori  o'sish  sur'atlarini  ta'minlashda 



tarmoqda,  ayniqsa  gaz-kimyo,  kimyo  va  neft-  kimyo,  elektrotexnika,  oziq-ovqat 

tarmoqlarida katta foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjud. 

Yuqorida qayd etilgan ijobiy natijalar aholi jon boshiga o'rtacha daromadning 

o'sishida o'z ifodasini topgan. Mamlakatimizda aholi daromadlarining oshib borishi 

bilan uning tarkibi o'zgarib, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad barqaror 

o'sib borayotgani alohida e'tiborga molikdir. O'tgan 2012 yilda ushbu kursatkich 51 

%ni  tashkil  qildi,  boshqacha  aytganda,  odamlar  daromadining  yarmidan  ko'pi 

birinchi navbatda tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes hisobidan shakllanmoqda. 

Ana  shu  davrda  aholining  banklardagi  omonatlari  o'sishi  34,6  %ni  tashkil 

qildi, so'nggi o'n yilda esa 40 barobardan ziyod oshdi. 2013 yilda mamlakatimizdagi 

barcha investitsiyalarning 22 % dan ortig'ini aholi investitsiyalari tashkil etdi. 

O'zbekistonda aholining eng ko'p ta'minlangan 10 %i va eng kam ta'minlangan 

10 % qatlami daromadlari o'rtasidagi tafovut 2012 yilda atigi 8,0 barobarni tashkil 

etdi.  Bu  jahondagi  eng  past  kursatkichlardan  biri  bo'lib,  mamlakatimizda 

jamiyatning  keskin  tabaqalanishiga  yo'l  qo'ymaslik  borasida  olib  borilayotgan 

ijtimoiy siyosatning samarasidir. 

Har  yili  o'tkaziladigan  oilalar  byujetini  tekshirish  natijalariga  oid 

ma'lumotlarning  2013-yildagi  tahlili  shuni  kursatadiki,  kam  ta'minlanish  muayyan 

darajada  bandlik  darajasi  bilan  bog'liqdir.  Masalan,  byudjet  tekshiruvlari 

ma'lumotlariga ko'ra, kam ta'minlangan oilalarning mehnatga layoqatli a'zolarining 

atigi 15 %i ish bilan band. Boy oilalarda esa bu kursatkich 61 %ni tashkil etadi. Bu 

oilalar  turmush  darajasini  oshirishda  bandlik  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligidan 

dalolat beradi. Aynan shu bois mamlakat Prezidenti va hukumatining strategiyasiga 

muvofiq ish bilan bandlikni kengaytirish yaqin davrda mamlakatni rivojlantirishga 

doir muhim ustuvor vazifalardan hisoblanadi. 



 

28

 

2.3.1-jadval 



 

Manba: O'zR. Davlat statistika Qo'mitasi ma'lumotlari 

Biroq  daromadlar  miqdori  o'sishining  o'rtacha  kursatkichi  mamlakatdagi 

turmush  darajasini  to'la  aks  ettira  olmaydi.  Birinchidan, bu kursatkich  daromadlar 

o'rtasidagi tengsizlikni va daromadlarning o'sish sur'atidagi tafovutlarni (hududlar va 

aholi  qatlamlari  o'rtasidagi)  ifoda  etmaydi.  Ikkinchidan,  ma'lumki,  daromad  o'tish 

davri  iqtisodiyotini  boshdan  kechirayotgan  mamlakatlarda  turmush  darajasining 

nisbatan pastroq kursatkichi hisoblanadi va ushbu mamlakatlarda daromad ko'pincha 

norasmiy  xo'jaliklarda  shakllanadi,  ya'ni  deklaratsiya  qilinmaydi.  2001-2012 


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə