«iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix27.03.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#84774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
istemol va unga tasir etuvchi omillar

4

 

KIRISH 

Mamlakatimizda  mustaqillik  yillarida  olib  borilgan  oqilona  va  izchil  iqtisodiy 

siyosat  orqali  katta  muvaffaqiyat  va  natijalarga  erishilmoqda.  Jumladan,  o'tgan  davr 

mobaynida  milliy  xo'jaligimiz  iqtisodiy  jihatdan  bir  tomonlamalik  va  inqiroz  holatidan 

chiqarildi;  iqtisodiyotning  barqaror  o'sishi  ta'minlandi,  makroiqtisodiy  va  moliyaviy 

barqarorlik  mustahkamlandi,  iqtisodiyot  va  uning  ayrim  sohalaridagi  mutanosiblik 

kuchaydi;  bozor  mexanizmining  tarkibiy  qismlari  qaror  topdi  va  uning  infratuzilmalari 

vujudga keltirilib, rivojlantirildi. 

Bundan  ko'rinib  turibdiki  kurs  ishi  sifatida  bu  mavzuning  tanlanishi  bejiz  emas. 

Chunki o'zgarib borayotgan jug'rofiy-siyosiy strukturaning barcha mintaqalarda iqtisodiy 

ko'rsatkichlardan  biri  bo'lgan  iste'molning  ahamiyati  juda  katta  desak  mubolag'aga  yo'l 

qo'ymagan bo'lamiz. Umuman olgandaiqtisodiyotning iste'mol sohasida faoliyat qiluvchi 

asosiy  tarkibiy  birligi  sifatida  uy  xo'jaliklari  kiritiladi.  Uy  xo'jaliklari  doirasida  moddiy 

ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko'rsatish  sohalarida  yaratilgan  tovar  va  xizmatlar  iste'mol 

qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo'jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini 

etkazib beruvchilar  hisoblanadi.  Iqtisodiy  resurslarni  sotishdan  olingan  pul  daromadlari 

shaxsiy  ehtiyojni  qondirish  uchun  sarflanadi.  Demak  iste'mol  va  unga  ta'sir  etuvchi 

omillar mavzusini yoritishda uy xo'jaliklarining daromad, xarajat va joriy yildagi iste'mol 

ko'rsatkichlarining bazis yildagi iste'mol ko'rsatkichlari bilan o'zaro taqqoslanishi orqali 

ko'rsatilib  beriladi.  Mavzuning  dolzarbligi  tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirish  bozor 

iqtisodiyotining  asosiy  harakatlantiruvchi  kuchi  hisoblangan  kichik  mulkdorlar  sinfini 

shakllantirishga, mamlakatimiz bozorini iste'mol tovarlari va turli xizmatlar bilan boyitish 

imkoniyatini  yaratadi.  Tijorat  banklari  tomonidan  iste'mol  tovarlari  ishlab  chikaruvchi 

korxonalarga,  xususan,  ularning  modernizatsiya  qilinishi  va  texnologik  yangilanishiga 

moliyaviy  ko'mak  berish,  yangi  ish  o'rinlari  yaratilishi  va  aholining  bandligi 

ta'minlanishida, ichki iste'mol tovarlari ishlab chikarish xajmining ko'payishi va minglab 

oilalar daromadlari ortishida muhim ahamiyat kasb etadi. Buning natijasi o'laroq quyidagi 

raqamlarga murojaat qiladigan bo'lsak, iste'mol tovarlari ishlab chiqarish xajmi 2011 yilda 

11,2  %ga  o'sdi,  1991  yilga  nisbatan  esa  bu  kursatkich  6,7  barobardan  ziyod  oshdi. 

Bugungi  kunda  iste'mol  bozorini  sifatli  iste'mol  tovarlari  bilan  to'ldirish,  aholining 

iste'mol  tovarlariga  bulgan  talabining  shakllanishi  va  unga  ta'sir  etuvchi  omillami 




5

 

o'rganish  hamda  savdoni  shu  asosda  tashkil  etib,  iste'molchilarning  talablarini  to'laroq 



qondirilishini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. 

Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, "Jahon moliyaviy-iqisodiy inqirozi sharoitida 

iqtisodiyotning  real  sektori  korxonalarini  qo'llab-quwatlash  bo'yicha  birinchi  navbatda 

ishlab  chikarishni  modernizatsiya  qilish,  kooperatsiya  aloqalarini  kengaytirish, 

mustahkam hamkorlikni yo'lga qo'yish, mamlakatimizda ishlab chikarilgan mahsulotlarga 

ichki talabni rag'batlantirish masalalari alohida o'rin tutadi. Qolaversa, "... ichki bozorda 

talabni rag'batlantirish orqali mahalliy ishlab chikaruvchilarni qo'llab-quwatlash iqtisodiy 

o'sishning yuqori sur'atlarini saqlab qolishda g'oyat muhim ahamiyatga ega. 

Bugungi kunda iste'mol bozorini sifatli iste'mol tovarlari bilan to'ldirish, aholining 

iste'mol  tovarlariga  bo'lgan  talabining  shakllanishi  va  unga  ta'sir  etuvchi  omillarni 

o'rganish  hamda  savdoni  shu  asosda  tashkil  etib,  iste'molchilarning  talablarini  to'laroq 

qondirilishini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. 

Qisqa  vaqt  ichida  iqtisodiyotda  chuqur  tarkibiy  o'zgarishlarni  amalga  oshirish, 

aholi  daromadlarining  o'sishini  ta'minlash,  samarali  tashqi  savdo  hamda  investitsiya 

jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo'jaligini isloh qilish, iste'mol bozori, kichik biznes va 

xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishda  ijobiy  yutuqlar  qo'lga  kiritildi.  Chunki 

respublikamiz o'z  mustaqilligiga erishish jarayonida  muhim ahamiyatga ega bo'lgan bir 

qator siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda chuqur islohotlarni bosqichma-bosqich amalga 

oshirishni  belgilab  oldi.  Iqtisodiy  islohotlarning  birinchi  bosqichida  davlat  tomonidan 

xalq  iste'molidagi  asosiy  oziq-ovqat  tovarlari  -  iste'mol  mahsulotlari,  go'sht  va  go'sht 

mahsulotlari,  sut,  qand-shakar,  o'simlik  yog'i,  xo'jalik  sovuni,  bolalarga  kerakli  ayrim 

tovarlarga  belgilangan  narx-navoni  boshqarib  turishni  zarur  deb  topdi.  Bunda 

respublikaning  ichki  iste'mol  bozorini  tartibga  solish  va  iste'moldagi  oziq-ovqat 

mahsulotlarining  ma'lum  bir  turlari  iste'molini  muayyan  darajada  saqlab  turish  orqali, 

aholini  ijtimoiy  himoyalash  davlatimizning  iqtisodiy  islohotlarini  amalga  oshirishdagi 

ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblandi.. 

Fikrimizni  aniq  ifodalaydigan  bo'lsak  ushbu  mavzuda  milliy  daromad  tarkibiy 

qismlari  tahlili  davom  ettirilib,  uning  iste'mol,  hamda  ishlab  chiqarishni  kengaytirishga 

ketadigan qismi bo'lgan jamg'arishning iste'molga bevosita bog'liqligi ularning iqtisodiy 



6

 

mazmunini  qarab  chiqiladi.  Iste'molning  darajasini  aniqlovchi  asosiy  omillarni  ko'rsatib 



beriladi.  Shu  bilan  birga  shaxsiy  daromadning  iste'moldan  ortiqcha  boshqa  qismi  - 

jamg'armaning  iqtisodiy  mazmuni  va  omillarini  ko'rsatib  berishga  ham  alohida  e'tibor 

qaratiladi.

 


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə