«iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/21
tarix27.03.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#84774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
istemol va unga tasir etuvchi omillar

9

 

Birinchidan,

 daromadlarning qandaydir qismini jamg'armaga qo'yish oqibatida u 

tovarlarda  bo'lgan  talabda  o'z  aksini  topmaydi.  Jamg'arma,  yuqorida  ta'kidlanganidek, 

daromadlarning  ma'lum  bir  qismini  iste'mol  qilishdan  chegirib  qo'yishni  bildirib, 

natijada iste'mol sarflari hajmi barcha ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni sotib 

olish  uchun  yetarli  bo'lmay  qoladi.  Aholi  daromadining  jamg'arilgan  qismi  o'zining 

xususiy  talabini  vujudga  keltirmaydi.  Buning  natijasida  sotilmay  qolgan  tovarlarning 

ko'payishi,  ishlab  chiqarishning  qisqarishi,  ishsizlik  va  daromadlarning  pasayishi  ro'y 

berishi  mumkin.  Boshqacha  tarzda  ifodalaydigan  bo'lsak  jamg'armaga  bo'lgan 

moyillikning o'sishi o'z navbatida iste'molga bo'lgan moyillikning pasayishini anglatadi. 

Iste'mol  sarflarining  qisqarishi  esa  mavjud  tovar  va  xizmatlarning  sotilmay  qolishiga, 

ya'ni  ishlab  chiqarish  zahirasining  ko'payishiga  olib  keladi.  Oqibatda  yangi  kapital 

qo'yilmalar  amalga  oshirilmaydi,  ishlab  chiqarish  qisqaradi,  ishsizlikning  o'sishi  va 

daromadlarning  pasayishi  ro'y  beradi.  Aholi  tomonidan  jamg'armaning  haddan  ortiq 

ko'paytirib yuborilishi oqibatida kelib chiquvchi salbiy jarayonlar, ya'ni - «tejamkorlik 

paradoksi» shunday tarzda namoyon bo'ladi. 

Ikkinchidan,

  jamg'arma  talabning  etishmasligiga  olib  kelmasligi  ham  mumkin, 

chunki 

jamg'arilgan 

mablag'lar 

tadbirkorlar 

tomonidan 

investitsion 

maqsadlardaishlatiladi. Bu esa jamg'arma keltirib chiqaradigan iste'mol sarflaridagi har 

qanday etishmaslikni to'ldiradi. 



Uchinchidan,

 

korxonalar 



ham 

o'zining 

barcha 

mahsulotini 

pirovard 

iste'molchilarga  sotishni  ko'zda  tutmaydi,  balki  uning  bir  qismidan  o'z  ishlab 

chiqarishida  foydalanishi  mumkin.  Shunday  qilib,  agar  tadbirkorlar  aholining 

jamg'armalariga  teng  miqdordagi  mablag'larni  investitsiyalarga  qo'yishni  ko'zda  tutsa, 

ishlab chiqarish darajasi doimiy bo'lib qoladi. 

Iste'mol  va  jamg'arma  darajasini  aniqlab  beruvchi  asosiy  omil




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə