«iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/21
tarix27.03.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#84774
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
istemol va unga tasir etuvchi omillar

 


 

31

 

3. MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN IQTISODIY 



ISLOHATLARNI ISTE'MOLGA TA'SIRI. 

 

3.1 Iste'mol tavarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning qo'llab quvatlashda 

"Mikrokriditbank" ning tutgan o'rni. 

 

Prezidentimiz rahbarligida iste'mol tovarlari ishlab chikaruvchi 



korxonalar  rivojiga  keng  yo'l  ochilgani  aholi  bandligining  oshishi  va  daromadlari 

o'sishida muhim omil bo'lmoqda. Hozir mamlakatimizda ish bilan band aholining 75 

%dan ortig'i aynan kichik biznes sohasida mehnat qilmoqda, tarmoqning yalpi ichki 

mahsulotdagi  ulushi  esa  54,6  %ga  etdi.  Bu  nainki  xalqimiz  farovonligi 

oshayotganidan,  balki  mamlakatimiz  bank-moliya  tizimi  barqaror  ishlayotganidan 

ham dalolatdir. 

Chunki  bugun  ko'plab  rivojlangan  davlatlar  jahon  moliyaviy  inqirozining  salbiy 

oqibatlari bilan kurashayotgan bir paytda O'zbekiston bank-moliya tizimi ishonchli 

faoliyat  yuritib,  mamlakatimizni  taraqqiyot  va  demokratik  o'zgarishlar  sari  faol 

harakatlantiruvchi  kuch  -  o'ziga  to'q  ijtimoiy  qatlamni  shakllantirishga  faol  va 

salmoqli hissa qo'shmoqda. 

2012


 

yilda  O'zbekiston  bank  tiziminingjami  kapitali  24,3  %ga,  so'nggi  uch 

yilda esa ikki barobar ko'paydi. Hozir kapitalning yetarlilik darajasi 24 %dan oshdi, 

bu qabul  qilingan umumiy  xalqaro standardardan  uch barobar  ortiqdir. 2012  yilda 

bank tizimining likvidligi 65 %dan ortdi, bu talab etiladigan minimal darajadan ikki 

barobar ko'pdir. 

2013

 

yilning  I  choragi  davomida  O'zbekiston  banklari  tomonidan  kichik 



biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar xajmi 2012 yilning 

shu davriga nisbatan 1,4 barobar oshib, 1,6 trillion so'mni tashkil etdi. Ayni vaqtda 




 

32

 

jami  moliyaviy  xizmatlar  tarkibida  bevosita  bank  xizmatlarining  ulushi  87,1  %ni 



tashkil  etayotgani  ham  bu  borada  izchillik  bilan  amalga  oshirilayotgan  ishlar 

ko'lamining naqadar kengligini kursatib turibdi. 

Tadqiqotlar  natijalari  xususiy  tadbirkorlar  tomonidan  banklarning  umumiy 

faoliyati yuqori baholanayotganini ko'rsatdi. Deyarli barcha ishtirokchi buni jahon 

moliyaviy inqirozining salbiy ta'sirlariga qaramay, O'zbekiston bank tizimi ishonchli 

va barqaror rivojlanayotgani, xorijiy moliyalashtirish manbalariga qaram emasligi, 

davlat qarzining kamligi va tashqaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish 

kabi xususiyatlari bilan izohlagan. 

Banklaming  mikromoliyaviy  xizmatlaridan  foydalanish  darajasini  aniqlash 

maqsadida  berilgan  savollar  dehqon  va  fermer  xo'jaliklariga  "Agrobank",  yakka 

tartibdagi va oilaviy tadbirkorlar, mikrofirma va kichik korxonalar uchun esa "Xalq 

banki"  va  "Mikrokreditbank"  filiallarining  bu  boradagi  xizmatlaridan  foydalanish 

afzal ekanini ko'rsatdi. 

Mamlakatimiz  banklari  tomonidan  kasb-hunar  kollejlari  bitiruvchilarining 

biznes-loyihalarini  moliyalashtirishga  ajratilayotgan  imtiyozli  kreditlar  yoshlarga 

tadbirkorlik  faoliyatini  yo'lga  qo'yishlariga,  qo'shimcha  ish  o'rinlari  yaratilishiga 

katta hissa qo'shayotganini 92,4 % ishtirokchi ta'kidlagan. 

Tadqiqotlar  tijorat  banklari  tomonidan  ayollarning  biznes-loyihalari  izchil 

moliyalashtirilayotgani  mamlakatimiz  xotin-qizlarining  oila  va  jamiyatdagi  o'rni 

mustahkamlanishiga xizmat qilayotganini ko'rsatdi. Bugungi kunda tijorat banklari 

tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklariga ajratilayotgan mikrokreditlar 

qishloq  taraqqiyoti  va  farovonligida  muhim  omil  bo'layotgani  so'rovda  alohida 

ta'kidlangan. Ishtirokchilarning  aksariyati (96,5  %i) buning natijasida qishloqlarda 

yashayotgan  minglab  odamlar  shaxsiy  tomorqasida  aholi  iste'moli  uchun 

mo'ljallangan  mevali  daraxtlar  va  uzum  ko'chatlari  ekib,  ixcham  issiqxonalar, 



 

33

 

parrandachilik va asalarichilik xo'jaliklari tashkil etayotgani hududlarda aholini ish 



bilan  ta'minlash  va  oilalar  turmushini  yanada  obod  etishda  katta  ahamiyatga  ega 

ekanini qayd etgan. 

So'rovda ishtirok etgan barcha tadbirkor iste'mol tovarlari ishlab chikaruvchi 

korxonalarni  qo'llab-quvvatlashga  oid  huquqiy  hujjatlarda  belgilangan  imtiyoz  va 

qulayliklar,  kredit  ajratish  tartib-qoidalarini  tushuntirish  yuzasidan  joylarda 

o'tkazilayotgan  amaliy  uchrashuv  va  seminarlarda  muntazam  qatnashib 

kelayotganini aytgan. 

Ishtirokchilar  banklarda  tashkil  etilgan  "Ishonch  telefon"larining  faoliyatiga 

ham  ijobiy  baho  bergan.  Bu  iste'mol  tovarlari  ishlab  chikaruvchi  korxonalarda 

yuzaga  kelayotgan  masalalarni  tezkor  hal  etish,  tegishli  maslahatlar  olish  imkoni 

sifatida baholangan. 

"Ijtimoiy fikr" markazi so'rovi natijalari O'zbekiston bank tizimining iste'mol 

tovarlari  ishlab  chikaruvchi  korxonalarni  rivojlantirish  yo'lida  olib  borayotgan 

faoliyatiga jamoatchilik yuqori baho berayotganini kursatdi. Bu zamonaviy va qulay 

bank xizmatlarini keng joriy etish, sohadagi faoliyatni yanada samarali tashkil etish 

yuzasidan  aniq  taklif  va  tavsiyalar  ishlab  chiqishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Zero, 

xalqimiz  bunyodkorlik  salohiyatining  izchil  qo'llab-  quwatlanishi  mamlakatimizni 

yanada jadal rivojlantirishga, O'zbekistonda har bir oila, har bir fuqaro farovonligini 

ta'minlashga xizmat qiladi. 

Ma'lumki, mamlakatimizda 2013 yilga «Obod turmush yili» deya nom berilib, 

bu borada qabul qilingan Umumdavlat dasturiga asosan tijorat banklari zimmasiga 

iste'mol tovarlari ishlab chikaruvchi korxonalarni, fermerlikni yanada rivojlantirish, 

ish  bilan  bandlikni,  aholi  farovonligi  va  real  daromadlarining  izchil  o'sishini 

ta'minlash,  xalq  turmush  darajasi  va  sifatini  oshirish,  munosib  uy-joylar  va 

ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish bilan bog'liq mas'uliyatli vazifalar yuklatildi. 



 

34

 

Bugungi kunda iste'mol tovarlari ishlab chikaruvchi korxonalar mamlakatimiz 



taraqqiyotida, awalambor, xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, murakkab va 

mas'uliyatli  vazifalarni  amalga  oshirishda  hal  qiluvchi  o'rin  va  ta'sirga  ega  bo'lib 

bormoqda. E'tiborlisi, ishbilarmonlar o'z mehnati ortidan munosib turmush sharoitini 

yaratib,  jamiyat  farovonligini  ta'minlashda  salmoqli  ulush  qo'shmoqda.  Zero, 

iste'mol  tovarlari  ishlab  chikaruvchi  korxonalar  iqtisodiyotning  tez  o'zgaruvchan 

bozor  talablariga  javob  beradigan  zamonaviy  tuzilmalarini  shakllantirishda,  yangi 

ish o'rinlari tashkil qilish va aholi daromadlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega 

ekani bilan e'tiborlidir. 

Tijorat  banklari  doimiy  ravishda  iste'mol  tovarlari  ishlab  chikaruvchi 

korxonalarni,  ayniqsa,  oilaviy  tadbirkorlikni  moliyaviy  qo'llab-quwatlash,  ta'lim 

muassasalari bitiruvchi yoshlarining biznes rejalarini moliyalashtirish masalalariga 

katta e'tibor qaratib kelmoqda. 

Ushbu tamoyil  joriy  yilda  ham  davom  ettirilmoqda. Iste'mol  tovarlari  ishlab 

chikaruvchi  korxonalarni  moliyaviy  qo'llab-quvvatlashga,  avvalambor,  ularning 

biznes  loyihalarini  imtiyozli  shartlar  asosida  kreditlashga  yuksak  ahamiyat 

berilyapti. 

Joriy  yilda  iste'mol  tovarlari  ishlab  chikaruvchi  korxonalarga  barcha 

moliyalashtirish manbalari hisobidan 6 trln. so'm miqdorida mablag'lar yo'naltirish 

yuzasidan  zarur  choralar  ko'rilmoqda.  Mazkur  resurslarning  1,2  trln.  so'mini 

mikrokreditlar  tashkil  etib,  bunda  kasb-hunar  kollejlari  bitiruvchilarining  biznes 

rejalarini imtiyozli shartlar asosida moliyalashtirish uchun 53,5 mlrd. so'mdan ortiq 

mablag'lar yo'naltiriladi. 

Oilaviy  biznes,  xususiy  tadbirkorlik  va  hunarmandchilikni  rivojlantirishga 

ajratiladigan mikromoliyaviy xizmatlar miqdori 110,1 mlrd. so'mni tashkil etadi. Shu 

bilan birga, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish va qoramol sotib olish uchun 



 

35

 

shaxsiy  yordamchi  hamda  dehqon  xo'jaliklariga  106  mlrd.  so'm,  ayollar 



tadbirkorligini har  tomonlama  rivojlantirish  va  moliyaviy  qo'llab-quwatlash  uchun 

540 mlrd. so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratish rejalashtirilmoqda. 

Joriy yilda tijorat banklarining 155,3 mlrd. so'mlik kredit mablag'lari evaziga 

respublikamizning ishchi kuchi ko'p bo'lgan 8 ta tumanida xomashyoni chuqur qayta 

ishlagan  holda,  to'liq  ishlab  chikarish  sikli  bilan  to'qimachilik  komplekslari  barpo 

etiladi, 45 ta tumanida esa tikuvchilik-trikotaj mahsulotlari tayyorlaydigan ixcham 

zamonaviy  ishlab  chikarishlar  tashkil  qilinadi.  O'tkan  yil  respublikamiz  bo'yicha 

qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi va iste'mol oziq-ovqat tovarlari ishlab 

chikarishni 

ko'paytiruvchi 

yangi 

korxonalar 



barpo 

etish, 


mavjudlarini 

rekonstruktsiya  va  modernizatsiya  qilish  bo'yicha  288  loyiha  amalga  oshirildi. 

Ushbu maqsadlarga tijorat banklari 47 mlrd. so'm ajratgan. 

Bundan  tashqari,  tijorat  banklarining  145,9  mlrd.  so'm  kreditlari  hisobiga 

respublikaning har bir qishloq tumanida kamida 10 ta parrandachilik xo'jaligi, 500 

asalari oilasi, har bir mintaqada kamida 30-40 ta baliqchilik xo'jaligi tashkil etiladi. 

Natijada o'n minglab qishloq aholisi doimiy ish bilan ta'minlanadi. 

Banklar so'nggi paytda qishloq infratuzilmasini o'zgartirish jarayonlarida ham 

faol  ishtirok  etmoqda.  2014  yil  uchun  qishloq  mavzelarida  zamonaviy  savdo- 

maishiy  va  boshqa  turdagi  xizmat  kursatish  obyektlarini  yaratish  uchun  16  mlrd. 

so'm  atrofida  kredit  ajratish  mo'ljallanmoqda.  Shu  bilan  birga,  qishloqlarda 

yashovchi aholining uzoq muddat foydalaniladigan mahalliy uy-ro'zg'or buyumlarini 

sotib  olishi  uchun  ajratiladigan  iste'mol  kreditlari  miqdori  1,3  barobar  oshirish 

rejalashtirilgan. 

Bir  so'z  bilan  aytganda,  tijorat  banklari  keng  ko'lamli  iqtisodiy  islohotlarda 

faol  ishtirok  etish  hamda  iste'mol  tovarlari  ishlab  chikaruvchi  korxonalarni 

moliyaviy  qo'llab-quvvatlash  orqali  mamlakatimizda  aholi  turmush  farovonligini 



 

36

 

oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosiga, aholi bandligini ta'minlash va yangi 



ish o'rinlari tashkil qilishga munosib hissa qo'shib kelmoqda. 

3.2 Joriy yildagi iste'mol ko'rsatkichlari 

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  mamlakatimizni 

2013-yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2014-yilga  moijallangan 

iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo'nalishlariga  bag'ishlangan  Vazirlar 

Mahkamasining  majlisidagi  ma'ruzasida  joriy 

yildagi  umumiy  iste'mol 

ko'rsatkichlari to'grisida ham alohida to'htalish qilganligi ham iste'molning nafaqat 

makroiqtisodiy  ko'rsatkichlar  ichida,  balki  mamlakatimiz  iqtisodiy  ko'rsatkichlari 

ichida ham salmoqli o'rin egallaganini ko'rsatib beradi. 

Mamlakatimizda iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni tubdan oshirish bo'yicha 

o'z vaqtida ko'rilgan chora-tadbirlar ham amaliy samarasini bermoqda. 

O'tgan yili ana shunday tovarlar ishlab chiqarishning o'sish hajmi 14,4 foizni 

tashkil  etdi  va  yalpi  sanoat  hajmida  ularning  ulushi  35,5  foizga  yetdi.  Bunday 

tovarlarning  raqobatdoshligi  nafaqat  ichki  bozorda,  balki  tashqi  bozorda  ham 

tobora ortib bormoqda. 

Hech  shubhasiz,  bu  borada  sanoat  kooperatsiyasi  asosida  tayyor 

mahsulotlar, 

butlovchi 

buyumlar 

va 

materiallar 



ishlab 

chiqarishni 

mahalliylashtirish ko'lamini kengaytirish bo'yicha bajargan ishlarimiz muhim rol 

o'ynadi. 

So'nggi  3-yilda  mamlakatimizda  mahalliylashtirilgan  mahsulotlar  ishlab 

chiqarish  hajmi  qariyb  ikki  barobar  oshdi.  Faqat  o'tgan  yilning  o'zida  455  ta 

korxonada mahalliylashtirish dasturi asosida 1 ming 140 ta loyiha amalga oshirildi. 

Buning  natijasida  ishlab  chiqarish  hajmi  1,2  barobar  ko'paydi  va  import  o'rnini 

bosish bo'yicha yakuniy samara 5 milliard 300 million AQSh dollarini tashkil etdi.  

3.3.1-jadvaI 




 


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə