Iqtisodiyot nazariyasi Tayyorlagan: Urazimatova G



Yüklə 1 Mb.
səhifə1/3
tarix16.09.2023
ölçüsü1 Mb.
#122109
  1   2   3
Iqtisodiyot nazariyasi. Guli pptx

Iqtisodiyot nazariyasi

Tayyorlagan: Urazimatova G

Fan o’qituvchisi: Madraximova G


Mavzu: Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy barqarorlik
Reja:
  • Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi
  • Sikllarning retsessiya va yuksalish orqali ro‘y berishi
  • Inqirozlarning mazmuni va turlari
  • Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi

Iqtisodiy tebranishlar - bu muhim
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zlarining barqaror holatidan farqlanishidir.
Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sishga, iqtisodiy resurslaming to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida milliy ishlab chiqarish va uning ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sish milliy xo‘jalikda hal qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni tavsiflovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar - YAIM, milliy daromad, bandlik va narx darajasidagi iqtisodiy tebranishlar bilan birga ro‘y beradi.
Iqtisodiy tebranishlar - bu muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zlarining barqaror holatidan farqlanishidir. Davriy o‘sish ishlab chiqarishdagi tanazzullik bilan almashinadi va iqtisodiy sikllar vujudga keladi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
Iqtisodiy cikl fazalari
Turg’unlik yoki inqiroz girdobida ishlab chiqarish va ish bilan ta’minlanish o’zining eng past ko’rsatkichiga yetadi. Bu davr uzoq vaqt yoki qisqa vaqt mobaynida kechishib Inqirozdan keyin odatda jonlanish yoki tiklanish alomatlari sodir bo’ladi ya’ni daromad, ish bilan ta’minlanish darajasida ko’tarilishlar seziladi. Ba’zi vaqtlarda, iqtisodiyot yana o’zini avvalgi to’liq quvvat bilan imkoniyatlarini erisha boshlaydi. Agar iqtisodiy o’sish imkoniyatlati xarajatlardan oshib ketsa, deyarli barcha mahsulot va tovarlarning narxlari ko’tarilib ketadi. Boshqaga qilib aytganda, in fl yatsiya sodir bo’ladi. Garchi ish faoliyati sikllari bir davrni o’zida o’tib ketsa, ular davomiylik va ishlab chiqarish imkoniyati jihatidan juda katta o’zgarishlarga yuz tutadi. Ba’zi iqtisodchilar bu holatni ish faoliyatidagi davrlar deyishdan ko’ra ‘pasayibtushishlar’ deb ataydilar, chunki davrlar doimiylik xarakteriga ega‘pasayibtushishlar’ esa unday xarakterga ega emas. 1930 yillardagi ulkan iqtisodiy inqiroz AQShda 3 yil vaqt mobaynida real YIMni 40 foiz pasayishiga olib keldi va o’n yilga biznes faoliyatida jiddiy zarar ko’rsatdi. Qiyosan aytganda, 7.2 jadvalda berilganidek keying paytlarda bo’lib o’tgan inqirozlar kuch va davomiylik jihatidan nisbatan zararsizroq bo’ldi. Bu kabi iqtisodiy tanazzullar boshqa mamlakatlarda ham sodir bo’lib turadi, albatta.
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko‘rinishdagi nazariyalarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
Ko‘pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob’ektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o‘rganishni tavsiya qiladi. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariya eksternal nazariya deb ataladi.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalaming davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
  • urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
  • oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
  • yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, er shari aholisi sonining o‘zgarib turishi;
  • ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar.

  • Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə