Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə20/23
tarix27.02.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#101572
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
mustaqil ta\'lim Iqtisodiyot nazariyasi

15-mavzu

NARX VA UNING SHAKLLANISHI


Talaba bilimini nazorat qilish hamda mustahkamlashga oid savol va
topshiriqlar

      1. Narxning ahamiyati nimada va u qanday vazifalarni bajaradi?











      1. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida narx qanday shakllanadi?











      1. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davridagi narx siyosatiningo‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.








Topshiriqlar

        1. Agar iqtisodiy adabiyotlarini o‘qisak narxlar o‘sishi bilan sotishga borgan sari ko‘proq tovarlar chiqadi. Unda nima sababdan 1992-yilga kelib, narxlarni erkinlashtirilishi natijasida ularning ortishiga qaramay tovarlar ko‘payib ketmadi. Bunga sabab nima?

Boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda narxning o‘sishi taklifning ortishiga olib kelishi, ya’ni taklif qonuni o‘sha paytda amal qilmaganmi?

        1. Quyidagi jadval ma’lumotlariga e’tibor bering.






2012 y.

2013 y.

2014y.

2015 y.

2016y.

2017

Liverpul birjasida paxta tolasining o‘rtacha narxi
t/dollar


1389


1014


1410


1350


1374


1340

Dollarning so‘mga nisbatan
o‘rtacha kursi

140

506

975

1618

1717

1825

Paxta tolasining o‘rtacha narxi
t/so‘m

194460

513084

1374750

2184300

2359158

2445500

Paxta xomashyosining o‘r- tacha sotish bahosi (davlat xarid narxlari) t/so‘m


56000


137000


209000


532973


657874


801000

Paxta tolasini (paxta xom- ashyosidan 30% tola chiqi- shni hisobga olgan holda) davlat xarid narxlari bo‘yi-cha bahosi t/so‘m


184800


452100


689700


1758810


2170984


2403000

Jahon narxlaridan farqi t/so‘m



















Jadval, muallif tomonidan shartli narxilar asosida abstraksiya usulini qo‘llab hisoblangan.

Jadvalda qaysi narxlar jahon narxlari, qaysi birlari davlat xarid narxlari. Milliy narxlarni ko‘rsating. Paxta tolasiga jahon narxlaridan paxta xomashyosi (30% tola olinadi desak) xarid narxlari farqini, 2000-yilga nisbatan narxlar qanday o‘zgarganini hisoblang. Narxlar haqida o‘z fikringizni bayon qiling. Jadvalni keyingi yil ma’lumotlari bilan to‘ldiring.



        1. Quyidagilarni diqqat bilan o‘qing. Tushunchalar ichida guruhga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlang va uni ro‘yxatdan chiqaring. Sababini izohlang.


Testlar

  1. Narx diskriminatsiyasi bu ...

  1. bir mahsulotni turli xaridorlarga har xil bahoda sotish;

  2. millati yoki jinsiga qarab mehnat haqi to‘lashdagi farq;

  3. iste’mol tovarlariga baland narx belgilash orqali mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilish;

  4. sifati yuqori bo‘lgan tovarga yuqoriroq narx o‘rnatilishi;

  5. tovarlarni sifatiga ko‘ra guruhlarga ajratib turlicha narx belgilash.

  1. Monopolistda me’yoriy xarajatlar odatda mahsulot bahosidan past bo‘ladi, sababi:

  1. narx me’yoriy daromaddan past;

  2. narx me’yoriy daromaddan yuqori;

  3. me’yoriy xarajatlar o‘rtacha xarajatlardan past;

  4. me’yoriy xarajatlar o‘rtacha xarajatlardan yuqori;

  5. o‘rtacha xarajatlar me’yoriy xarajatlardan yuqori.

  1. Quyida sanab o‘tilgan mahsulotlardan qaysi biri hech qachon kartel bitimi doirasida ishlab chiqarilmagan?

  1. neft;

  2. banan;

  3. shakar;

  4. bug‘doy;

  5. kofe.

  1. Nomukammal raqobat sharoitida qachon maksimal foyda olish mumkin?

  1. MR=AC;

  2. MC=TC;

  3. TC=P;

MC=P;

  1. MC=MR.

  1. Mukammal raqobat sharoitida firmalar xohlagancha bozorda tovar sotishi mumkin, ular

  1. tovar narxini sotilgan miqdorga qarab ko‘taradi;

  2. tovar narxini pasaytiradi;

  3. narxga ta’sir o‘tkaza olmaydi;

  4. narxga uzoq muddatli davrda ta’sir ko‘rsata oladi;

  5. taklif egri chizig‘i vertikal bo‘ladi.

  1. O‘zbekistonda narxlarni erkinlashtirish

  1. uch bosqichda: (1992-yil boshidan, 1993-yil, 1994-yil oktyabr-noyabr);

  2. ikki bosqichda (1992–1993, 1993–1994-yillarda);

c) uch bosqichda (1992–1993, 1993–1994, 1994–1995);
d) to‘rt bosqichda (1991-1992, 1992–1993, 1993–1994, 1994–1995);
e) ikki bosqichda (1992–1995, 1995 dan hozirgacha) amalga oshirildi

  1. Narx oshib borishi bilan talabning asta-sekin pasayib borishini nima bilan izohlanadi7

  1. iste’molchi didining o‘zgarishi bilan;

  2. ehtiyojning to‘laroq qondirilganligi bilan;

  3. iste’molchi pul daromadining cheklanganligi bilan;

  4. talabda ro‘y bergan o‘zgarishlar bilan;

  5. o‘rnini bosuvchi tovarlar mavjudligi bilan.

  1. Narxning qaysi vazifasi talab va taklifning mos kelishi orqali amalga oshadi?

  1. qiymatni yoki iqtisodiy xarajatlarni hisobga olish;

  2. muvozanatlikni ta’minlash;

  3. tartibga solish ;

  4. ijtimoiy himoyalash;

  5. raqobat vositasi.

  1. Davlat budjeti mablaglari hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlar qanday nom bilan ataladi?

  1. ulgurji narx;

  2. demping narx;

  3. dotatsiyalangan narx;

  4. nufuzli narx;

  5. xarid narxi.

  1. Narxlar oralig‘idagi farqlarning puldagi miqdoriy ifodasi qanday nom bilan ataladi?

  1. narx pariteti (nisbati);

  2. narx ko‘rsatkichi;

  3. narx chegarasi;

  4. narx diapozoni.

  5. narx siyosati.




Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə