Iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiyotni erkinlashtirish



Yüklə 94,44 Kb.
səhifə3/14
tarix12.05.2023
ölçüsü94,44 Kb.
#109997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi33

1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik hayotining barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli-yasini bekor qilish;

  • resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish;

  • narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida

shakllantirilishiga o'tish;

  • ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.
    Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish.

Bu yo'nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:

  • barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;

  • bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;

  • kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma'muriy to'siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo'llab-quwatlash va tarmoqqa kirishidagi to'siqlarni pasaytirish;

  • tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyo-satini tartibga solish va boshqalar.


3. Institusional o'zgarishlar. Mazkur o'zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi:

  • mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;

  • bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investisiya fondlari va h.k.) shakllantirish;

  • iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;

  • bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo'jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.


  1. Yüklə 94,44 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə