Iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish



Yüklə 94,44 Kb.
səhifə13/14
tarix12.05.2023
ölçüsü94,44 Kb.
#109997
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi33

Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish, Bu yo‘nalish quyidagi jarayonlaming amalga oshirilishini taqozo etadi:

  • barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;

  • bozorga xorijiy raqobatchilaming ham kirishi uchun imkon berilishi;

  • kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to’siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to‘siqlami pasaytirish;

  • tabiiy monopoliyalaming narx va mahsulot sotish siyosatini tar­tibga solish va boshqalar.

  1. Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalami qamrab oladi:

  • mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;

  • bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investitsiya fondlari va h.k.) shakllantirish;

  • iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;

  • bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.

  1. Tarkibiy o‘zgarishIar. Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda to’lovga qodir talabga mos bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.

  2. Iqtisodiyotni modemizatsiyalash, diversifikatsiyalash. Ish­lab chiqarishni modernizatsiyalash - ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. Diversifikatsiya - ishlab chiqarish­ning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlami sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish, ulaming sifatini takomillashtirish.

  3. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o‘tkazilib turadi. Bu yo‘nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida namoyon boiadi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud boiishi bozor munosabatlarining me’yorda qaror topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.

  4. Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo‘jaligiga mos bo’lgan tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qoilab-quvvatlashga o’tishga yo‘naltirilgan.

Bozor tizimining ko‘rsatib o’tilgan asosiy unsurlari shakllanishining yakuniga yetishi o‘tish davri tugaganligidan darak beradi.
Xulosa.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir. O'tish davri quyidagi me'zonlar bilan tavsiflanadi: sikllilik (jamiyatda u yoki bu tarkibiy o'zgarishlarni qaytarilib turishligi), beqarorlik (turli xil jamiyat kuchlarining kurashi va o'zaro ta'siri), muqobillik (islohotlar va rivojlanish yo'llarining tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimning yo'qolib ketishi, o'rniga boshqa tizimning vujudga kelishi, uning rivojlanishi).
Iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotda tub o'zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Iqtisodiy uklad - turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yu-ritishning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish - nima va qancha ishlab chiqarishni, qayerga, qanday narx sotishni tadbirkorning o'zi belgilashi uchun imkon berish. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta'minlash, tadbirkor-lik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
Islohotlar konsepsiyasi -- ijtimoiy—iqtisodiy islohot-larning asosiy maqsad va yo'nalishlari, uni amalga oshirishning vazifa-lari va strategik yo'llarining umumiy g'oyasidir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - tanglik holatlariga bar-ham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.


Yüklə 94,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə