Iqtisodiyot predmeti o'rganish metodlari Reja: Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 45 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü45 Kb.
#136862
Iqtisodiyot predmeti o\'rganish metodlari


Iqtisodiyot predmeti o'rganish metodlari
Reja:
1.Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
2.Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o’rganish uslubi.
3.Iqtisodiy fan tarixida ilmiy davrlash, maktablar va yo‗nalishlar tushunchasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanning predmeti bo‗lib- bu ma‘lum davrlardagi u yoki bu sinflar, ijtimoy qatlamlar, insonlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy g‗oyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashuvining tarixiy jarayonini o‗rganadigan fandir.
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi iqtisodiy jarayonlarga bo‗lgan iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi, iqtisodiy g‗oya va nazariyalarning shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini o‗rganadi. ITT vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro etilgan quldorlik davridan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini, barcha tarixiy davrlarni o‗z ichiga oladi.
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab, to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‗oya, qarash. nazariya va ta‘limotlarni o‗z ichiga oladi.
Bu g‗oyalar ayrim iqgisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va yo‗nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab to xrzirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‗oya, qarash, nazariya va ta‘limotlarni o‗z ichiga oladi.
«Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o‗rganish uslubi.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy fanlar, ayniqsa iqtisodiy nazariyasi fani bilan bevosita bog‗liq. Iqtisodiy tarix ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil harakterga ega. Bu fanni o‗rganish orqali ekonomiks, xalq xujaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalari hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o‗zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‗zgarishlarni shart-sharoitlari va oqibatlarini taxlil etishga katta ko‗mak beradi.
Masalan: bizga bugun yangidek tuyilgan bozor iqtisodiyoti to‗g‗risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Halqlar boyligi» asarida asosan to‗la tahlil etib berilgan. Ba‘zi iqtisodiy g‗oyalar esa qadimdan ma‘lum, ularni o‗rganishda eng muhimi hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko‗p xollarda Amerikani yangidan kashf etishga xojat qolmaydi.1
Uslubiy jihatdan bu fan iqtisodiy taxlilning ilg‗or uslublari yig‗indisidan iborat bo‗lib, tarixiy, induksiya, deduksiya, mantiqiy abstraksiya kabi usullardan keng foydalanadi.
«Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi» fani «Iqisodiy nazariya» fani bilan chambarchas bog‗liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» fanida eng‗ muhim iqtisodiy kategoriyalarning so‗nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo bu nazariyalar har doim ham turg‗un bo‗lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa, keskin o‗zgarishlar davrida evolyutsiyada bo‗ladi. «Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‗oya, qarash, nazariya, qonun, ta‘limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqgai nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Iqgisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo‗jalik ob‘ekti bilan chambarchas bog‗liqpigini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi sababli tamoyilda ilmiy emas deyish mumkin emas», deb yozadi taniqli iqgisodchi T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yeki inkor etish natijasida paydo bo‗lgan. Ba‘zi mutaxassislar faqat yangi nazariyalarnigina o‗rganishni taklif etishadi, ammo bu so‗nggi nazariya avvalgi ko‗p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi sifatida namoyon bo‗ladi yoki bugun biz «yangi», degan fikr ma‘lum vaqgdan keyin o‗zgarishi mumkin.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqgisodiyot nazariyasi fani bilan bevosita bog‗liq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil xususiyatga ega. Bu fanni o‗rganish orqali ekonomiks, xalq xo‗jalig‗i tarixi, iqgisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o‗zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‗zgarishning shart-sharoitlari va oqibatlarini tahlil etishga katta ko‗mak beradi.


Xulosa:
Mark Sitseron (m.o. 106-43y.) taniqli davlat arbobi va mashhur notiq. U yuqorida aytilgan olimlardan farqli ravishda yirik savdoni qo‗llab-quvvatlaydi, mayda savdoni esa mensimadi. Sitseronning sudxo‗rlikka bo‗lgan munosabati ziddiyatli bo‗lgan. Bir asarida sudxo‗rlikni ma‘qullasa, ikkinchi bir asarida uni qoralaydi. Shu Bilan birga u xususiy mulkchilikni, ekspluatatsiyani kuchaytirishni tarafdori bo‗lgan. U bozorni tovar bilan ta‘minlashda dehqonchilikning ahamiyati katta deb tushungan.
Shunday qilib, Rim (hozirgi Italiya)da quldorlik munosabatlari yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi.Osiyoda feodalizm munosabat o‗zgardi. Erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo‗lib qoldi, dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo sudxo‗rlik jamiyati qo‗llangan (sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o‗tish jarayoni, islohotlar (Grakxlar) yo‗li boshlandi.
Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato ravishda qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan. Undan tashqari Rimning iqtisodiy g‗oyalari Varron, Kolummela, Sitseron va boshqalarning asarida ham ko‗rsatilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q. T., Sharq, 1998.

  2. Aristotel. Soch. v 4-x t. M.; Misl, 1975-83.

  3. Artxashastra ili Nauka politiki. M-L, Izdatelstvo AN., 1959.

  4. Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. 7-37b.

  5. Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. O‗quv qo‗llanma. T., O‗zbekiston, 2003. 5-22b.

Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə