Iqtisodiyot



Yüklə 320,5 Kb.
səhifə2/6
tarix05.04.2023
ölçüsü320,5 Kb.
#104264
1   2   3   4   5   6
KURS ISHI

KIRISH


Ta'lim psixologiyasi shaxsning bilimlarni egallash, mustahkamlash uslublaridan iborat faoliyat jarayonini qamrab oluvchi qator savollarning tuzilishini o'rganadi, shuningdek, ularning natijasida s 'amning individual tajriba, bilim, malaka va ko'nikmalari shakllanadi. Inson dunyo bilan hamkorlikdan nimadir yangi narsa o'rganish va o'z ehtiyojlarini qondirish uslublarini takomillashtirib borganligi sababli ham bilim olishga bo'lgan intilish insonning butun umri davomida ta'qib etib boradi, chunki odam har bir amaliy bilimini hayotdan o'rganadi. Boshqacha qilib aytganda, ta'lim olish har bir faoliyatda mavjud bo'Iib, u subyektning shakllanish jarayonini o'z ichiga qamrab oladi. Shunday qilib, ta'lim olish yetarli darajada keng tushunchadir, u o'z ichiga nafaqat ta'lim olishning uyushtirilgan shakllarini, (maktab, kurslar, oliygoh), balki inson tomonidan kundalik hayotda egallanayotgan bilim va malakalarni ham o'z ichiga oladi.
Boshqa faoliyat turlari bo'lmish o'yin va mehnatdan o'zining maxsusligi mohiyati bilan ajralib turuvchi bu faoliyatni psixologik faoliyat sifatida yondashilganda, o'qish faoliyatining uyushgan shakllarini ko'riladi. Uning eng muhim jihati shuki, u istalgan boshqa bir faoliyatga insonni tayyorlaydi va uning asosi boiib hisoblanadi.
Psixologlarning bu boradagi izlanishlariga ko'p bo'lgani yo'q (taxminan 50 yillardan boshlangan) va bu sohada hali u darajada sezilarli ishlar qilingan emas. Ammo o'qish faoliyatini tashkil qilish uchun asos yetarli darajada shakllangan va ular o'qitish nazariyasining aniq savol-muammolariga psixologiyaning bir yoqlama yondashishiga yo'l qo'yadi.
O'quv faoliyati nazariyasining asosi nima va u psixologiya o'qitish metodikalarini ishlab chiqishda qanday ahamiyatga ega?
Awalambor, psixologiyaning qaysi sohasida ishlashdan qat'i nazar, o'qituvchi o'qish faoliyati nazariyalarining asosiy qonun qoidalarini bilishi zarur. Bu bilim egallab olish qoidalari va o'qitish metodikalarini to'g'ri tuzish uchun juda muhim. O'qish faoliyati psixologiyada ilmiy tushuncha sifatida bir yaqqol ifodaga ega erpas. Rus pedagogikasi va psixologiyasining «klassik» nazariyalarida — bu «kichik maktab yoshdagi yetakchi faoliyat», «ijtimoiy faollikning asosiy shakli» sifatida e'tirof etiladi.
D.B.Elkonin va V.Davidovning ta'kidlashicha, o'qish faoliyati — bu o'quvchining nazariy bilimlar—o'zlashtirishga qaratilgan va fikrlashning o'sishini ta'minlaydigan faoliyatlaridan bin sifatida ko'rsatiladi. O'qish faoliyati o'quvchining o'zi amalga oshirib o'zini o'zgartirish uchun maxsus tashkil qilingan faoliyat bo'lagidir. O'qish faoliyatining muhim qismi o'quv topshiriq hisoblanadi. Topshiriq yechilish jarayonida, har bir amaliy mashg'ulotdagi kabi, o'quvchi tomonidan o'rganilayotgan obyektda yoki bu haqdagi tasawurda ma'lum bir o'zgarishlar yuzaga keladi, ammo natijada subyektning o'zi o'zgaradi. O'quv topshirig'i subyektda oldindan berilgan o'zgarish sodir bo'lgandagina yechimi topilgan deb hisoblash mumkin. O'qish faoliyati jarayonida (yosh avlod) o'quvchilar kattalarning tarbiyasiga tayanadi, o'rganadi. Har bir yosh avlod dunyo haqidagi bilimlarni bevosita uni o'rab turgan borliqdan oladi, ammo yoshlar bu bilimlarni o'zi yaratmaydi, balki ularni katta avlodlardan «narsa (buyumlar), maxsus tashkilot va yangi avlodning bu narsalar bilan bog'liq faoliyati orqali» oladi.
Aynan mana shu «buyumlar bilan» maxsus uyushtirilgan faoliyati, insoniyat tajribasi, katta avlodning ana shu buyum - mahsulotni yaratish bo'yicha tajribasining egallashi o'qish faoliyatidir.
O'qish faoliyatining ahamiyati - bu «o'quvchilarni tashqi olam bilan bog'lovchi faoliyati»ning bevosita natijasidir. Bu o'quvchilar faoliyati bo'lib o'qituvchi tomonidan tashkil qilingan va u bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
O'quv faoliyati quyidagi umumiy tuzilishga ega: ehtiyoj -topshiriq-motivlar-harakat-operatsiya.
Ehtiyoj o'quvchining u yoki bu predmetni nazariy o'zlashtirishga qaratilgan o'quv faolligidir. Nazariy bilimlarga aniq bir predmet rivoji va kelib chiqishi haqidagi qonun-qoidalar kiradi. Bularni faqat uyushtirilgan ta'lim-nazariy o'rganish faoliyatida o'zlashtirish mumkin.
O'qish faoliyati tuzilishining muhim elementlaridan bin o'quv topshirig'idir. Uni bajarishda o'quvchilar aniq bir harakat va operatsiyalarni bajaradilan O'quv faoliyatlari har xil bo'lishi mumkin, ammo asosiy motiv bo'lib (maxsus) o'rganishga qiziqish hisoblanadi. O'qish faoliyatining amalga oshirilishini o'quvchi tomonidan bajarilayotgan, ma'lum bir motiv bilan boshqarilayotgan o'quv faoliyati yoki o'quv topshirig'ini yechishga qaratilgan operatsiya tashkil etadi. Bu faoliyatning maqsadi — nazariy bilimni egallashdir.
Xullas, o'quv topshiriqlarini yechish va o'quv faoliyatini maxsus tarkib topishi, uning tuzilish xususiyatlariga bogiiq bo'ladi. O'quv topshirig'ining mohiyati nimada? Psixologlar o'quv topshirig'ining qat'iy farqlanishi xilma-xilligi va hayot davomida yuzaga keladigan amaliy mashg'ulotlarning turli-tumanligi haqida ko'p yozishgan. Agar har bir amaliy mashg'ulot yechilishi alohida fanlarning o'zgarishiga olib kelsa va bu maqsad boisa, unda o'quv topshirig'ini yechishdan maqsad predmetni o'zlashtirish emas, balki bu o'zgarishlarni kiritish orqali uslublarini o'zlashtirishdir. Masalan, texnik televizor buzilganida tuzatsa, politexnika instituti talabasi bu ishni amaliy mashg'ulotda bajarar ekan, u nafaqat buni tuzata oladi, balki uni bartaraf etish usullarini ham o'rganib oladi. Natijada, ish bilan birga o'qish faoliyatida subyekt sifatida yangilik oladi va o'zgaradi. Ammo teleapparatura sozlovchisi boiish uchun birgina buning o'zi kifoya emas, u har tomonlama mutaxassis bo'lish uchun bu ishni yana bir necha bor takrorlashi zarur va aynan o'qish faoliyatining vazifasi shundaki, o'quvchi topshiriqning qandaydir bir-biriga o'xshash javobini emas, balki, har qanday turli bosqichdagi topshiriqlardan prinsipial javobini topa olishni bilishdir. O'qituvchi esa, o'quvchi oldiga shunday topshiriq qo'yishi kerakki, u turli umumiy va aniq vaziyatlarda o'quvchini muammoni umumiy yechimini topishga yo'naltirishi kerak.
Maktab va oliygoh talabalari amaliyotda nazariy bilimlarni tajriba asosida o'rganib borishadi. Jumladan, matematik masala misolida xususiy masalaning aniq bir yechimidan, o'quv topshirig'ini umumiy yechim yoii bilan ishlashni ko'rishimiz mumkin.


Yüklə 320,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə