Iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə24/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

Asosiy tushunchalar
Notarif usullar - tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan maxsulot hajmi va nomenklaturasini cheklashni bildiradi.
Halqaro savdoni miqdoriy jihatdan cheklash - davlat tomonidan savdo aylanmasi notarif metodlarini qo’llagan holda tartibga solishning ma’muriy metodi.
Kvotalash - tovarlar eksporta yoki importini muayyan vaqt mobaynida ma’lum miqdor yoki summa bilan miqdoriy jihatdan cheklash.
Litsenziyalash - davlat organlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatga ruxsat berish orqali eksport yoki import qilinayotgan tovarlarni muayyan vaqt mobaynida ma’lum bir miqdorda eksport yoki import kmlishga ruxsat berish.
«Eksportni ixtiyoriy cheklash» - rasmiy davlatlararo yoki tovar esportiga norasmiy kvota belgilash to’g’risida savdodagi hamkor tomonidan savdoni cheklash yoki eksportni kengaytirmaslik to’g’risidagi majburiyatiga asoslangan eksportni miqdor jihatidan cheklash.
Subsidiyalar - milliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash va importni bilvosita kamsitishga qaratilgan davlat byudjetidan ajratiladigan pulli to’lovlar.
Eksportni kreditlash - tashqi savdoning notarif moliyaviy metodi bo’lib, davlat tomonidan milliy firmalar eksportini rivojlantirish uchun moliyaviy rag’batlantirishni ko’zda tutadi.
Demping - savdo siyosatining moliyaviy metodi bo’lib, tovarni tashqi bozorga mamlakatda mavjud normal bahoga qaraganda past baholarda eksportga chiqarish.
Sporadik demping - tashqi bozorga ortiqcha tovar zahiralarini past baholarda epizodik sotish.
Oldindan o’ylangan yoki ataylab qilingan demping - bozordagi raqibni siqib chiqarish va keiinchalik monopol baho o’rnatish maqsadida eksport baholarini vaqtinchalik pasaytirish.
Doimiy demping - doimiy ravishda tovarlarning eksport bahosini normal bahoga nisbatan past baholarda sotish.
Teskari demping - tovarlar eksport bahosining mamlakat ichki bozoridagi baholarga nisbatan oshib ketishi.
O’zaro demping - ikkita mamlakatning bir xil tovarlar bo’yicha past baholarda o’zaro savdoga kirishishi.
Texnik to’siqlar - yashirin protektsionizm usuli bo’lib, milliy texnik, ma’muriy me’yorlar va qoidalar shunday ishlab chiqiladiki, ular tovarlarni xorijdan mamlakat ichki bozoriga olib kirishga to’sqinlik qiladi.
Ichki soliqlar va yig’imlar - bu yashirin protektsionizm usuli bo’lib, ular import tovarning ichki narxini ko’tarishga va bu orqali uning bozordagi raqobatbardoshligini pasaytirishgan yo’naltirilgan.
Davlat xaridlari doirasida siyosat - bu yashirin protektsionizm usuli bo’lib, unga ko’ra davlat organlari va korxonalardan faqat milliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini (bu tovarlar import tovarlardan qimmat bo’lsa ham) sotib olish talab qilinadi.
Mahalliy komponentlarning tovar tarkibida bo’lishligiga talablar - bu davlat siyosatining yashirin usuli bo’lib. Unga ko’ra ichki bozorda sotiladigan pirovard tovarda milliy ishlab chiqaruvchilarning ulushi qonuniy ravishda belgilab qo’yiladi.
Eng qulay savdo rejimni yaratish - bu halqaro savdo shartnomalarda qat’iy belgilangan shart bo’lib, shartnoma tuzuvchi shartnomalarning bir-biriga barcha huquq, afzallik va imtiyozlarni taqdim etish ko’zda tutilgan hamda bu mamlakatlar ularda foydalanilishi mumkin yoki uchinchi davlat foydalana oladi.
Milliy rejim – mamlakat o’zining yuridik va jismoniy shaxslarigsh yaratib beradigan qulaylikdan kam bo’lmagan rejimni taqdim etadigan davlatlararo iqtisodiy aloqalar rejimi.
Mumkin qadar qulaylik yaratish rejimi - bir mamlakat tomonidan uchinchi mamlakatga (savdo kelishuvida aks ettarilmagan mamlakatga) yaratgan qulay shart-sharoitlarni, afzallik va imtiyozlarni o’z hamkor mamlakatiga ham taqdim etishni nazarda tutuvchi huquqiy rejim.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə