Iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə25/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

Nazorat savollari:
Tashqi savdoni tartibga solishning notarif metodlari?
Notarif usullarning saqlanib qolishining asosiy sabablari nimada?
Tashqi savdoni miqdoriy jihatdan cheklashning qanday usullari mavjud?
Kvotalash bilan kontingentlashtirish o’rtasida qanday farq mavjud?
Litsenziyalash nima va u qanday usullar yordamida tarqatiladi?
Savdo siyosatining moliyaviy metodlariga qaysi usullar kiradi?
Ichki va eksport subsidiyalarining milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday?
Savdo siyosatining yashirin metodlari qanday usullardan iborat?
Dunyo amaliyotida tashqi savdoni tartibga solishning yashirin usullari nima uchun keng tarqalgan?
Tartibga solishning noiqtisodiy metodlari nima va ular qanday tartibda joriy etiladi?


5-Mavzu: Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi
Reja:
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi va unga ta’sir etuvchi omillar
Xalqaro mehnat migratsiyasi samaradorligi bo’yicha iqtisodiy nazariyalar.
Xalqaro mehnat bozori
Tashqi mehnat migratsiyasining tashkiliy huquqiy asoslari


Tayanch atamalar
Ishchi kuchi, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi, xalqaro mehnat bozori, ishchi kuchi eksporti, importi, assimetriya nazariyasi, xalqaro mehnat tashkiloti


5.1. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi va unga ta’sir etuvchi omillar


Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi, ya’ni mehnatga layoqatli aholini ish qidirib bir mamlakatdan boshqa mamlakatlarga ko’chib yurishi tashqi iqtisodiy aloqalarniig muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Insoniyat tarixi odamlarning katta-katta guruhlarini u yoki bu mamlakatga ko’chishlari bilan bog’liq voqea-hodisalarga boy: G’arbiy Yevropa mamlakatlari tomonidan SHimoliy Amerikaning o’zlashtirilishi, Britaniya orollaridan chiqqanlarning Avstraliya qit’asini egallashlari, Xitoydan Janubiy Osiyo mamlakatlariga ommaviy ko’chishlar, SHimoliy va Janubiy Amerikaga Afrikadan qora tanli qullarni tashib keltirilishi bir qator hozirgi rivojlangan davlatlarning vujudga kelishi va yuksalishiga sabab bo’lgan (AQSH, Kanada, Avstraliya, yangi sanoatlashgan mamlakatlar va boshqalar). Jahon iqtisodiyoti rivojlanishinipg barcha bosqichlarida ish­chi kuchi migratsiyasi jarayoni yuz berib keldi, ayniqsa u ikkinchi jahon urushidan so’ng yanada kuchaydi.
Hozirgi paytda statistik ma’lumotlarga qaraganda dunyoda har o’n oiladan biri ko’chib yuradi, ularning to’rtdan uch qismi ishchi kuchi migratsiyasiga to’g’ri keladi. Dunyo bo’yicha bunday ishchi kuchlarining umumiy soni 25 mln. kishiga yaqin.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining hozirgi darajasi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarida ishchi kuchining o’rni va ahamiyatini tubdan o’zgartirib yubordi, davlatlararo aloqalar madaniyatini sifat jihatdan yangi pog’onaga ko’tardi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə