Iqtisodiyot va menejment


Savdo siyosatining yashirin metodlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə22/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

4.4. Savdo siyosatining yashirin metodlari


Tashqi savdoni tartibga solishning miqdoriy cheklash usullari bilash bir qatorda yashirin protektsionizm usullari ham muhim ahamiyatga ega. Ba’zi: xisob-kitoblarga qaraganda yashirin protektsionizmning bir necha yuz xil: turlari mavjud. Davlat ular yordamida eksport yoki importni bir tomonlama cheklashi mumkin.
YAshirin protektsionizm turlari:
texnik to’siqlar (milliy standartlarga rioya qilish, import qilinayotgan maxsulotlarning sifat sertifikatini talab qilish, tovarlarni maxsus upakovkalash va markalash, sanitariya-epidemologiya qoidalariga rioya qilish);
ichki soliqlar va yig’imlar - mazkur usul import qilinayotgan tovarlarning ichki bahosini oshirishga qaratilgan bo’lib, shu orqali import qilinayotgan tovarning raqobatbardoshligini tushirishga qaratilgan (qo’shilgan qiymat solig’i, savdo solig’i, aktsiz solig’i, bojxonada rasmiylashtirish uchun yig’imlar, port solig’i, registratsiya solig’i va b.);
davlat xaridi doirasidagi siyosat - davlat organlari va korxonalaridan ma’lum tovarlarni qimmat bo’lishiga qaramasdan faqat milliy firmalardan sotib olishga yo’naltirilgan siyosat;
mahalliy komponentlarni ushlab turish talabi - ichki bozorga mo’ljallangan tovarlarning ma’lum bir qismini mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqargan bo’lishi kerak.
YAshirin protektsionizm usullari mohiyati jihatdan markaziy hukumat va xatto mahalliy xokimiyat organlari tomonidan tashqi savdo yo’liga bojxona tabiatiga ega bo’lmagan turli to’siqlarni o’rnatishini anglatadi. YAshi­rin protektsionizm usullarining ko’pchiligi halqaro savdo muvofiqlashtirilgan tamoyillarini buzishning yaqqol namunasidir. Alohida mamlakat import yoki eksportni bir tomonlama chegaralashida foydalanadigan yashirin protektsionizm usullarining yuzdan oshiq turi mavjud.
Texnik to’siqlar - bu yashirin protektsionizm usuli bo’lib, milliy texnik, ma’muriy me’yorlar va qoidalar shunday ishlab chiqiladiki, ular tovarlarni tashqaridan olib kirishga to’sqinlik qiladi. Texnik xarakterdagi to’siqlarning eng keng tarqalganlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
milliy standartlarga rioya etishning talab qilinishi;
import maxsulotning sifati haqida sertifikat olinishining talab qilinishi;
maxsus qadoqlash va markirovkalashning talab qilinishi;
ma’lum sanitariya va gigiena qoidalariga rioya etishning talab qilinishi;
atrof-muhitni himoyalash bo’yicha tadbirlar o’tkazishning talab qilinishi;
murakkablashtirilgan bojxona rasmiyatchiliklariga rioya etilishining talab qilinishi;
iste’molchilar huquqlarini himoyalash to’g’risidagi qonunlarga rioya etishning talab qilinishi va xokazolar.
Ichki soliqlar va yig’imlar - bu yashirin protektsionizm usuli bo’lib, ular import tovarning ichki narxini ko’tarishga va bu orqali uning ichki bozordagi raqobatbardoshligini pasaytirishga yo’naltirilgan. Ular markaziy hukumat va mahalliy xokimiyat organlari tomonidan joriy qilinishi mumkin. Import tovarlardan olinadigan soliqlar to’g’ri soliqlar (qo’shimcha kiyomat solig’i, aktsiz solig’i, sotishdan olinadigan soliq) yoki egri soliqlar (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig’imlar, registratsiya uchun va boshqa rasmiyatchiliklar uchun yig’imlar, port yig’imlari) ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Davlat xaridlari doirasida siyosat - bu yashirin protektsionizm usuli bo’lib, unga ko’ra davlat organlari va korxonalardan faqat milliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini (bu tovarlar import tovarlardan qimmat bo’lsa ham) sotib olish talab qilinadi.
Mahalliy komponentlarning tovar tarkibida bo’lishligiga talablar - bu davlat siyosatining yashirin usuli bo’lib, unga ko’ra ichki bozorda sotiladigan pirovard tovarda milliy ishlab chiqaruvchilarning ulushi qonuniy ravishda belgilab qo’yiladi.
Savdo siyosatining yashirin usullarining ko’pchiligini va oqibatlarini miqdoran baholash juda qiyin. Quyida mahalliy komponentlarning tovar tarkibida bo’lishligiga talablar misolida yashirin usullarning iqtisodiy samarasini ko’rib chiqamiz (11.4.1 -rasm).

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə