Iqtisodiyot va turizm


IV Bob. Bronlash xizmati………………………………………………………



Yüklə 193,68 Kb.
səhifə2/16
tarix30.12.2023
ölçüsü193,68 Kb.
#167962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Asian plasa Yusupbayev Sardor

IV Bob. Bronlash xizmati………………………………………………………..
4.1. Bronlash haqida umumiy ma`lumot………………………………………….
4.2. Turistik dasturni bron qilish sistemasi va uni boshqarish usullari……………


V Bob. Buxg’alteriya……………………………………………………………..
5.1. Mehmonxonaning buxgalteriya faoliyati bilan tanishish va uni tahlil qilish……………………………………………………………………………….
5.2. Mehmonxonaga kelgan turistlarning xarajati hisobini olib borish…………....
5.3. Mehmonxonaning bo`limlari………………………………………………….
5.4. Doimiy mijozlarga chegirmalar berish………………………………………...
5.5. Buyurtma bergan mijozlar kelmagan taqdirda jarima qo’yish texnologiyasi (qoidalari)…………………………………………………………………………...


VI Bob. Narxni shakllantirish……………………………………………………
6.1. Mehmonxona tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarga narx belgilash usuli….
6.2. Mavsum va mavsum bo’lmagan vaqtlarda narxlar klassifikatsiyasi………….
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Turizm – iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur. 
Qadrdon diyorimiz O’zbekiston geografik yaxshi joylashuvga ega shuningdek butun dunyoga tanilgan ajdodlarga egamiz, xalqaro nufuzga ega tarixiy yodgorliklar va maskanlarga egamiz. Bu joylar UNESCO (United Nations Educational , Scientific and Cultural Organisation) ro’yhatiga kiritilgan bo’lib ular soni 200 dan ortiqni tashkil etadi.
Mamlakatimizda turizmning yangi istiqbollari ochilib, turli yo‘nalishlarda keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, keyingi yillarda alpinizm, otda, tuyada, velosipedda sayohat qilish, off-road sayyohatlari, baliq ovi, rafting, xeliski, geoturizm, ta’lim turizmi, tibbiy turizm kabi yangi sayyohlik yo‘nalishlari ommalashmoqda. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishni ta’minlash, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, mintaqalarda turizm salohiyatidan samarali foydalanishda muhim omil bo‘lmoqda.
  Mamlakatimiz turizm tarmog‘ini Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) talablariga mos kelishini ta’minlash maqsadida turizm terminologiyasi va mehmonxona xo‘jaliklari xavfsizligi talablari bo‘yicha yangi 2 ta davlat standarti ishlab chiqildi va ro‘yxatdan o‘tkazildi. 
Bulardan tashqari, Prezidentimizning tegishli qarori bilan hududlarda turizm sohasining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hamda Xiva va Shahrisabz shaharlari hokimlarining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi joriy etildi.
O‘tgan davr mobaynida davlatimiz rahbari topshiriqlari asosida Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash, yangi sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etish hamda hududlarning turizm salohiyatini keng targ‘ibot qilishga qaratilgan dasturlar qabul qilindi. Jumladan, Buxoro va Samarqand shaharlarida sayyohlar uchun kun-tun faoliyat ko‘rsatuvchi, har birining hududi 10 gektardan iborat "Qadimiy Buxoro" va "Samarqand city" turizm hududlarini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. 
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron-Angren turizm klasterlari hududlarida mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha komlpeks chora-tadbirlar ishlab chiqildi va bugungi kunda amaliyotga joriy etilmoqda.
  Prezidentimizning 2021-yil 16-avgustdagi “2021-2022-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. 
Zamonaviy turizm istiqbollaridan biri – noyob tabiiy maskanlar hisoblanadi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ekoturizm eng rivojlangan yetakchi davlatdir. Yurtimiz boy hayvonot va o‘simlik dunyosi, betakror landshaft manzarasi, milliy an’analar va taomlar oshxonasi bilan sayyohlar e’tiborini qozonib keladi. Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i, uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonalarida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari doirasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston katta tarixiy-madaniy merosga – 7300 dan ortiq qadimiy-me`moriy va arxeologik obidalarga ega. Ularning ko'pchiligi Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo'qon va Toshkent shaharlarida joylashgan. Yurtimizdagi 200 dan ziyod tarixiy yodgorlik va obidalar YuNeSKOning madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan.
Bugungi kunga kelib turizm sohasini rivojlantirish uchun va O’zbekiston iqtisodiy o’sishida uning rolini ko’kaytirish maqsadida hukumatimiz tomonidan kerakli chora-tadbirlar olib borilyapti. Xususan, ta’lim sohasida ham turizmga doir yangi kadrlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilyapti.
  Mamlakatimizda turizm yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi 5 oliy o‘quv yurti, jumladan, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda o‘ndan ortiq o‘rta maxsus bilim yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sayyohlik sohasida ta’lim olayotgan yoshlar, sohada mehnat qilayotgan mutaxassislarning Yevropa hamda Osiyoning yirik sayyohlik markazlari va o‘quv yurtlarida malaka oshirishiga ko‘maklashmoqda.
Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari ham birinchi kursdan boshlab, nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy bilimlarga ega bo’lish, tajriba orttirish maqsadida amaliyotga yuboriladi.
Men Marketing sohasi yo’nalishi talabasi ekanman, o’z amaliyotimni “Asian Plaza” mehmonxonasida o’tashni afzal ko’rdim.
Amaliyot davomida “Asian Plaza” mehmonxonasi kompleks xo’jaligini o’rganib, nazariy bilimlarimni amaliyotda o’z aksini ko’rib, kelajakda o’rgangan bilim va tajribalarim orqali o’z sohamizni yetuk mutaxassisi bo’lib yetishaman degan umiddaman.





Yüklə 193,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə